Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə85/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ɍɚɞɠɢɯɨɧɨɜ ɍ., ɋɚɢɞɨɜ Ⱥ. Ԟɭԕɭԕɢɣ ɦɚɞɚɧɢɹɬ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ɍ.1. – Ɍ. 1998. 
Ȼ.34-35.


 247
boshqacha talqini ham mavjud. «Yev» – takomillashgan, yaxshi 
va»topas» – joy,ya’ni takomillashgan joy, takomillashgan mamlakat 
degan ma’noni ham bildiradi. Ushbu termin utopiyaga bag‘ishlangan 
ko‘pgina adabiyotlarda ikki xil ma’noda ishlatiladi. Masalan, Uilyam 
Morisning «Hech joydan axborot», Kampanellaning «Quyosh shahri» va 
boshqalar. Bu terminni qanday ma’noda ishlatilishdan qat’i nazar, uning 
vazifasi biz xohlagan kelgusini ifodalashdir. Utopiyani ijtimoiy 
bashoratdan farqi, u maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan. Bashoratning 
maqsadi rivojlanishning ma’lum bosqichida jamiyat rivojlanishining real 
imkoniyatlarini, ularning ehtimolligini aniqlashdir. Utopiya esa kelgusini 
qanday bo‘lishi imkoniyatlari, ehtimolini ochib bermaydi, balki kelgusi 
to‘g‘risidagi xohishimizdir, xolos. Utopiya adabiy ijodning bir turi 
sifatida o‘tmishni va bugungi kunni ideallashtiradi, u borliqni tahlil qilish 
asosida kelgusini tasvirlaydi. 
Utopiyaning asosiy belgisi voqelikka yondashish. Sobiq Sovet 
Ittifoqida kelgusi to‘g‘risida utopiya yaratish 1930-yillardan boshlab 
bekor qilingan, tanqid qilingan. Masalan, akademik A.D.Saxarov 
o‘zining «Razmɵshleniya o progresse, mirnom sosushestovovanii i 
intellektualnoy svobode» nomli futurologik maqolasini chop qilgandan 
so‘ng ta’qib qilina boshlangan. Uning ko‘pgina g‘oyalari utopiya sifatida 
qabul qilingan. Utopiya kelgusini qanday bo‘lishini chuqur asoslab 
bermaydi. Kelgusini chuqur tahlil qilmaslik utopiyani nisbatan erkin 
qilib qo‘yadi, qadriyatlarga erkin yondashadi. Utopiya birorta qadriyatni 
biroz bo‘rttirishi yoki mutlaqlashtirishi mumkin. Ijtimoiy bashoratni 
utopiyaga yaqinligidan uning chinligiga ishonmaslik ham kuchayadi. 
O‘tmish yoki hozirgi vaqtdagi bilimlarni chinligini aniqlash uchun uni 
dalillar bilan taqqoslash yetarlidir. Kelgusi to‘g‘risidagi bilimlarni 
dalillar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki kelgusi to‘g‘risidagi hali 
dalillar, hujjatlar yo‘qdir. Kelgusining faqat kurtakchalari, real 
rivojlanish yo‘nalishlari va jamiyat, insonlar taraqqiyotining nazariya 
bilan asoslangan qonunlari bo‘lishi mumkin. Lekin kelgusining 
ko‘rtakchalari, real rivojlanish yo‘nalishlari va nazariyaga asoslangan 
taraqqiyot qonunlari kelgusini qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib 
bera olmaydi. Shundan bashoratning haqiqatligi muammosi kelib 
chiqadi. Ko‘pgina adabiyotlarda bashoratning qisman haqiqatligi 
to‘g‘risida gapiriladi. Masalan, G.I.Ruzavinning «Rol teorii v protsesse 
nauchnogo obyasneniye i predvideniya» // Materilisticheskaya dialektika 
– metodologiya yestestvennɵx, obshestvennɵx i texnicheskix nauk. – 


 248
M., 1963. S.196-197; V.G.Vinogradov, S.I.Goncharukning «Zakonɵ
obɳyestva i nauchnoye predvideniye» (M., 1972); «Metodologicheskiye 
problemɵ sotsialnogo prognozirovaniya» (L., 1975). Hozircha fanda 
bashoratning haqiqatligi muammosi yetarlicha o‘rganilmagan. 
Bizningcha bashoratning haqiqatligi dastavval qanday bilimlar asosida 
kelgusi to‘g‘risida fikr bildirilyapti, ya’ni haqiqiy bilimlarmi yoki 
haqiqiyligi isbotlanmagan bilimlar asosida fikr bildirilishiga bog‘liq. 
Ikkinchidan, bashorat qancha vaqtni o‘zida qamrab olayotganligiga 
bog‘liqdir. Ijtimoiy bashorat qancha vaqtni qamrab olishiga nisbatan 
uchga bo‘linadi: bevosita, yaqin kelajak va uzoq kelajak. Bevosita 
ijtimoiy bashorat – jamiyatni kelajakdagi 20-30 yilini, yaqin kelajak 
ijtimoiy bashorati – kelajakdagi 100-150 yillarni, uzoq kelajakni ijtimoiy 
bashorati – kelajakdagi 150 yildan keyingi davrlarni qamrab oladi. 
Shundan kelib chiqqan holda agar ijtimoiy bashorat qisqa vaqtni qamrab 
olgan bo‘lsa bashorat aniq, haqiqatga yaqin bo‘ladi agar ijtimoiy 
bashorat uzoq vaqtni qamrab olsa unda bashorat noaniqroq va ehtimolga 
yaqin bo‘ladi. 
Hozirgi davrda fan bevosita kelajakni bashorat qilish uchun zarur 
bo‘lgan ko‘pgina aniq ma’lumotlarga ega. Masalan, demograflarning 
fikricha, sayyoramizda 2025-yilda 8 mlrd kishi yashaydi. Hatto o‘sha 
davrgacha ayrim davlatlarda aholining soni, ularning yoshiga ko‘ra 
tarkibi, tug‘ilishi, o‘rtacha umr ko‘rishi ham hisoblab chiqilgan. Mineral 
xom ashyo zaxiralari, ularni qazib olish 20-30 yil oldin bashorat 
qilinyapti va ularga asoslangan holda keng ko‘lamli xalqaro dasturlar 
tuzilyapti, shartnoma-bitimlar qabul qilinyapti. Ilmiy kashfiyotlarni 
ishlab chiqarishga tatbiq qilguncha o‘rtacha 20 yil o‘tadigan bo‘lsa, biz 
XXI asr boshlaridagi iqtisodning texnologik darajasi haqida hozirdan 
aytishimiz mumkin. 
Yaqin kelajak to‘g‘risida gapirganimizda bizning bilimlarimiz 
haqiqatga o‘xshash xarakterga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra aholining 
o‘sishi 2100-yillarga borib to‘xtaydi. Ishlab chiqarishning texnologik 
darajasi o‘sha davrlardagi amalga oshadigan ilmiy kashfiyotlar bilan 
aniqlanadi. Yaqin kelajak davomida demografik revolutsiya tugashi, 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqlikni yengishi, insonparvar va 
demokratik jamiyatga o‘tishi mumkin. 
Uzoq kelajakni real imkoniyatlarga zid kelmaydigan har xil farazlar 
asosida bashorat qilishimiz mumkin. Bizni uzoq kelajak to‘g‘risidagi 
bilimlarimizdan bilmaydigan narsalarimiz ustun bo‘ladi. Bu vaqtga borib 
ijtimoiy hayot tubdan o‘zgarib ketadi.


 249
Shunday qilib ijtimoiy bashorat bu bilimlarimiz, hayotiy 
tajribalarimiz asosida va fan yutuqlariga suyangan holda vujudga 
keladigan kelgusi haqidagi tasavvurlarimizdir. 
Kelgusini bashorat qilishda fanning ilmiy va maxsus usullaridan, 
bilishning mantiqiy va texnik vositalaridan foydalaniladi. Avstriyalik 
futrolog Erix Yanchning fikricha, ijtimoiy bashoratning 200dan ortiq 
usuli mavjud. Fanda, kundalik turmushda ijtimoiy bashoratning asosan 
beshta usulidan foydalaniladi. Ular quyidagilar: 
1) ekstropolyatsiya; 
2) tarixiy qiyoslash; 
3) kompyuterda modellashtirish; 
4) kelgusining rejasi (ssenariysi); 
5) ekspert bahosi. 
Bu usullarning har biri o‘ziga xos ustunlikka va kamchiliklarga 
egadir. Ijtimoiy bashoratda eng ishonarli usullardan biri ekspert bahosi 
hisoblanadi, albatta u to‘g‘ri nazariy tasavvurlarga suyangan bo‘lsa. 
Ekspert bahosi usuli boshqa usullar natijasidan ham foydalanishi 
mumkin. 
Kelajakni bashorat qilishda boshqa usullardan ham foydalanish 
mumkin. Amerikalik mashhur ijtimoiy-iqtisodiy bashoratchi Jon Nesbit 
o‘zining 1990-yilda chop etilgan «Megatendensii 2000: desyat novɵx
napravleniy dlya 1990-x» nomli asarini yaratishda kontent tahlil usulidan 
foydalangan. J.Nesbit kelgusini bashorat qilishdan oldin AQSHda 12 yil 
davomida gazeta va jurnallarda e’lon qilingan kelgusi haqidagi 2 
milliondan ortiq maqolalarni tahlil qilib chiqqan. Bu usul J.Nesbitga 
kelgusini qaysi yo‘nalishlarda rivojlanishini aniq aytishga imkon bergan. 
Kelgusini bashorati insonlarni ongi va xatti-harakatiga ta’sir qilishi 
ham mumkin. Kelgusini bashoratining mohiyatiga qarab insonlar unga 
tezroq intilishi mumkin yoki uni kelishini xohlashmaydilar. Shuning 
uchun har qanday ijtimoiy bashorat bilishda va mafkurada o‘ziga xos 
ahamiyatga ega. Ijtimoiy bashoratni mazmuni va maqsadidan kelib 
chiqib uni turlarga bo‘lishadi. Ijtimoiy bashoratning quyidagi turlari 
mavjud: 
1) qidiruv; 
2) qoidaviy; 
3) tahliliy; 
4) ogohlantiruvchi. 
Qidiruv bashorati kelgusi qanday bo‘lishini aniqlash uchun 
yo‘naltirilgan bo‘ladi, qoidaviy bashorat kelgusida aniq maqsadlarga 


 250
erishishga qaratilgan bo‘ladi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan 
tavsiyalarni ham keltirishi mumkin. 
Tahliliy bashorat ilmiy maqsadlarda qaysi usul foydali ekanligini 
aniqlashga qaratilgan. Ogohlantiruvchi bashorat insonlarni ongi va xatti-
harakatiga ta’sir qilib, kelgusi salbiy bo‘ladigan bo‘lsa uni oldini olishga 
undaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki bashoratning turlari o‘rtasidagi 
tafovutlar nisbiydir, bitta ijtimoiy bashorat turida boshqa turlarning 
belgilari ham bo‘lishi mumkin. Bashorat qanday sohalarda amalga 
oshirilmasin, u ilmiy-nazariy va amaliy yaratuvchanlik faoliyatidir. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin