Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida bashorat


səhifə86/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida bashorat 
Bashorat III xodimlari faoliyatida ham katta ahamiyatga egadir. III 
xodimlari o‘zlarining bilimlari, hayotiy tajribalari va yutuqlaridan 
foydalangan holda kelgusida jinoyatchilikni holati to‘g‘risida biron 
tasavvurga ega bo‘ladi. Qaysi sohalarda jinoyatchilikni o‘sishi yoki 
pasayishi, ularning xarakteri va ularga qarshi kurashishni yo‘llarini aytib 
bera olishi mumkin. Biron jinoyat haqida tergov yoki jinoyatchilikka 
qarshi kurash bo‘limi xodimi erkin tusmol keltirishi mumkin. Lekin 
tusmol bashoratdan farq qiladi, farqi tusmol o‘tmishga yoki bugungi 
kunga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bashorat esa faqat kelgusiga 
qaratilgan bo‘ladi. III xodimlari kelgusida jinoyatchilikka qarshi 
kurashishda zarur bo‘lgan vositalar va usullar haqida ham fikr 
bildirishlari mumkin. Qonunni himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi 
kurashni kelgusini bashorat qilishda III xodimlari bashoratning mavjud 
bo‘lgan usullari va turlaridan foydalanishadi. 
Jinoyatchilik o‘z qarama-qarshiliklariga ega bo‘lgan, hamisha 
o‘zgarib rivojlanib turuvchi jarayondir. Jinoyatchilik uchun xarakterli 
bo‘lgan narsa faqat uning mavjudligi, amal qilishi emas, balki uni 
rivojlanishi hamdir. Jinoyatchilikning rivojlanishini tushunmaslik, uni 
ertangi kundagi holatini baholay olmaslik, unga qarshi kurashni 
murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun IIIda jinoyatchilik oldindan 
bashorat qilinadi va u kriminologik bashorat deyiladi. Kriminologik 
bashorat yordamida jinoyatchilikni sabablari aniqlanadi, unga qarshi 
kurashning yo‘nalishlari, vositalari belgilanadi. Kriminologik bashoratni 
yuridik va ijtimoiy jihatdan ko‘rib chiqish lozim. 
Yuridik bashorat ijtimoiy bashoratning bir turi, uning tarkibiy 
qismidir. Yuridik bashoratning ijtimoiy bashorat tizimidagi o‘rni yuridik 


 251
fanlarning ijtimoiy fanlar tizimidagi tutgan o‘rni bilan aniqlanadi. 
Yuridik bashorat yuridik fanlarning sohalarida yanada konkretlashadi. 
Yuridik bashorat bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, jinoiy-huquqiy 
bashorat, kriminalistik bashorat, mehnat-ijroiya bashorat, kriminologik 
bashorat va boshqalar. Kriminologik bashorat ijtimoiy-huquqiy sohaga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. U ijtimoiy va huquqiy sohalardan erkin 
bo‘la olmaydi. Shunday qilib kriminologik bashorat ijtimoiy 
bashoratning bir turi va yuridik bashoratning bir tarmog‘idir.
Kriminologik bashorat o‘ziga xos vazifalarni amalga oshiradi, ular 
quyidagilar: o‘rganilayotgan kelajak haqida axborot olish,ushbu 
axborotlarni qayta ishlash, kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 
ko‘rsatkichlarini umumlashtirishdir. Kriminologik bashoratning asosiy 
vazifasi aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida jinoyatchilikka qarshi 
kurashishi eng zarur va samarali yo‘llarini, vositalarini belgilab 
berishdir. Kriminologik bashorat jinoyatchilikka qarshi kurashni 
boshqarishning bir atributidir. Jinoyatchilikni kriminologik bashorat 
qilish ikkiga bo‘linadi: dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish va retsidiv 
jinoyatlarni bashorat qilish. 
Dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish va retsidiv jinoyatlarni 
bashorat qilish o‘z navbatida yana bir necha turlarga bo‘lish mumkin. 
Masalan, dastlabki jinoyatlarning bashoratini – katta yoshlilar o‘rtasida 
dastlabki jinoyatni bashorati, balog‘atga yetmaganlar o‘rtasida dastlabki 
jinoyatlarni bashorati, erkaklar o‘rtasida dastlabki jinoyatlarni bashorat 
qilish, qishloq joyida dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish, shahardagi 
dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish va boshqalar. 
Retsidiv jinoyatlarni bashoratini ham xuddi yuqoridagidek turlarga 
bo‘lish mumkin. 
Kriminologik bashorat qancha vaqtni qamrab olishiga qarab ham bir 
necha turlarga bo‘linadi: qisqa davrli, o‘rta davrli, uzoq davrli. Qisqa 
davrli 5 yilgacha bo‘lgan vaqtni davrni qamrab oladi, o‘rta davrli 6 
yildan 10 yilgacha bo‘lgan vaqtni, uzoq davrli 10 yildan 15 yilgacha 
bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. 
Qisqa davrli kriminologik bashorat jinoyatchilikka qarshi 
kurashishning taktikasini aniqlashda katta ahamiyatga ega. 
Kriminologik bashoratda umumilmiy va xususiy ilmiy usullardan 
foydalanishadi. Xususiy ilmiy usullar uch xil bo‘ladi. Ular quyidagilar: 
ekstropolyatsiya, modellashtirish va ekspert bahosi.
Ekstropolyatsiya usulining mohiyati shundan iboratki bashorat 
qilinayotgan obyekt, ya’ni jinoyatchilikning tarixi o‘rganiladi va uning 


 252
o‘tmishdagi rivojlanish qonunlari kelgusiga nisbatan qo‘llaniladi. 
Boshqacha gapirganda ekstrapolyatsiya usuli kelgusini ko‘rsatkichlarini 
o‘rganishga mo‘ljallangan, kecha va bugun shunday bo‘lgan, demak 
kelgusida ham shunday bo‘ladi degan xulosaga asoslangan usuldir. 
Modellashtirish ilmiy bilish usullaridan biri hisoblanadi. Obyektiv 
tajriba natijalari asosida qurilgan va tekshirib ko‘rilgan kriminologik 
model har xil ijtimoiy va demografik omillarning jinoyatchilikni 
o‘sishiga ta’sirini to‘g‘ri tavsiflash imkoniyatini beradi. Kriminologik 
modellashtirish jinoyatchilikka qarshi kurashni konkret boshqarishning 
ilmiy asoslarini ishlab chiqarish qurolidir. Bashorat qilinayotgan 
jinoyatchilikni sifat jihatdan bayon qilib berishda modellashtirishdan 
foydalanishadi. 
Ekspert bahosi usulining mohiyati shundan iboratki, bashoratning 
asosi qilib mutaxassisning fikri olinadi. Bashoratda qo‘llaniladigan 
ekspert bahosi usuli norasmiy bashorat hisoblanadi va u katta amaliy va 
bilish ahamiyatiga ega. Yuqori malakali ekspert hodisani baholashda 
faqat rasmiy axborotdan emas, balki o‘z tajribalaridan kelib chiqqan 
natijalardan ham foydalanadi. Ekspert – olim yoki amaliy faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi xodim, konkret bir sohani chuqur egallab olgan yuqori 
malakali mutaxassisdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin