256
Shuning uchun ham respublikamizda mustaqilligimizdan keyin Oliy
Majlis sessiyasida qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish», «Suv va
suvdan foydalanish», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar»,
«Yer osti boyliklari», «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydala-
nish», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Yer kodeksi»,»Yer
kadastri», «O‘rmon to‘g‘risida»gi kodeks va qonunlar ushbu
muammoni
hal etishga qaratilgandir.
Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni muhofaza qilishga oid
qonunchilik rivojlanmoqda. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari
boshliqlarining 1993-yil mart oyida Qizilo‘rdada, 1994-yil yanvarda
Nukus shahrida, 1994-yil mart oyida Toshhovuzda bo‘lgan
uchrashuvlarida Orol dengizi tangligini hal etish, ekologik vaziyatni
yaxshilash masalalariga qaratildi.
1991-yilda «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi
tashkil etildi. Bu jamg‘arma O‘zbekiston
va umuman butun Markaziy
Osiyo mintaqasi ekologik holatini yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza
etishga, aholining salomatligini himoya qilish va sog‘lom zurriyotni
saqlab qolishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» nomli asarida ekologik muammoga alohida e’tiborni
qaratgan. Asarda ta’kidlanishicha, «insonning tabiat imkoniyatlarini va
uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay jadal yuritilgan xo‘jalik
faoliyati... Yer yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan mahrum bo‘lish,
baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar, atmosfera
ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib
keldi. Mutaxassislarning baholashlaricha, 2000-yilga borib o‘rmonlar
egallab turgan maydon quruqlikning oltidan bir qisminigina tashkil etadi,
holbuki 50-yillarda ular
Yüklə
Dostları ilə paylaş: