258
dorilar yaratilyapti. Shu bilan birga yangi kasalliklar vujudga kelyapti va
dunyo bo‘yicha tez tarqalib bormoqda. Hozircha insoniyat ko‘pgina
kasalliklarni davosini topolmay, oldini ololmayapti. Masalan, SPID, rak,
ebola, infarkt va hokazo. Respublikamizda hozir gripp ko‘p tarqalgan,
ya’ni aziatskiy virus 1915-yillarda bu xil gripp 20 mln kishini yostig‘ini
quritgan.
Hozirgi vaqtda jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kishilarni sog‘ligini
saqlash borasida ko‘p ishlar olib boryapti. VOZ sog‘liqni saqlash 12 ta
umumbashariy muammosini ishlab chiqqan. Unga muvofiq masalan har
bir davlat jami milliy mahsulotini 5% dan kam bo‘lmagan mablag‘ni har
yili sog‘liqni saqlashga ajratish lozim. Har bir kishiga har yili jami milliy
mahsulotdan 500% dan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratishi lozim. Har bir
kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olinishi zarur. Bu degani,
har bir
uyda ichimlik suvi bo‘lishi yoki 15 minutlik masofada bo‘lishi lozim.
Aholi yuqimli kasalliklariga qarshi immunizatsiya qilinishi (ayniqsa
difteriya, tuberkuloz) lozim. Aholiga
tibbiy yordam, demak har bir
aptekada 20 xil dori albatta bo‘lishi zarur (ularni ro‘yxati har bir
aptekada bor), ularni bahosi davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Hozirgi zamon umumbashariy muammolari yangi siyosiy tafakkur,
yuksak axloqiy mas’uliyat va misli ko‘rilmagan birlashgan amaliy
harakatni taqozo etmoqda.
Demografik muammo. Jamiyat rivojlanishining tabiiy omillaridan
biri aholining o‘sishi hisoblanadi. Aholining o‘sishi jamiyat iqtisodi
bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida aholi
o‘sishi (tug‘ilish)
nisbatan past darajada edi, o‘lish ko‘rsatkichlari juda
yuqori edi, kishilar umri juda qisqa edi. Quldorlik tuzumida aholi o‘sishi
biroz oshdi, feodalizmda yanada oshdi. Aholi o‘sishiga iqtisodiy
omillardan tashqari fan, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, tarbiya,
madaniyat, ba’zi xalqlarning urf-odat va an’analari ham ta’sir qiladi.
Yuqorida aytilganlarni aholi o‘sish dinamikasi yana bir bor isbotlaydi.
Planetamizda 1000-yil 275 mln kishi, 1500-yil 450 mln, 1650-yil 550
mln, 1800-yil 906 mln, 1850-yil 1 mlrd 170 mln, 1900-yil 1 mlrd 617
mln, 1950-yil 2 mlrd 486 mln, 1970-yil 3 mlrd 635 mln, 1987-yil 5 mlrd,
1999-yil 6 mlrd kishiga yetdi.
Hozirgi vaqtda har bir sekundda 2-3 ta bola tug‘ilyapti. 1987-yil 11-
iyulda Yer yuzida 5 milliardinchi bola tug‘ildi.
U Xorvatiyalik Zagreb
shahridan Matey Gashpar edi. Uni tabriklash uchun BMTning bosh
kotibi Peresde Kuelyar kelgan edi. 1999-yil oktabr oyida 6 milliardinchi
bola tug‘ildi. U Bosniya-Gersegovinaning Sarayeva shahridan Annan