243
tuta bilish fazilatlarini mujassam etgan odamlarning g‘oyaviy-siyosiy
yetukligi, nazariy bilimlarni istiqbolni yorqin tasavvur etgan holda
amalda qo‘llay bilish, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
mafkuraviy muammolarni keng miqyosda hal etish mahorati demakdir.
Siyosiy madaniyat aytilganlardan tashqari, insondagi faollik va
tashabbuskorlikni, yuksak axloqiylik, qat’iy irodalik,
xushmuomalalik,
ziyraklik, uzoqni ko‘ra bilishni ham o‘z ichiga oladi.
Sharq mutafakkirlari jamiyatni ilmiy asosda boshqarish masalalariga
katta e’tibor berib kelganlar. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Amir Temur,
Ulug‘bek, Navoiy va boshqalarning asarlarida davlatning tuzilishi, uning
ichki va tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, davlat rahbarlarining
xususiyatlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilgan. Ularni sinchiklab
o‘rganib, hayotga ijobiy tatbiq etish mustaqil davlatimizning siyosiy
asosini yanada baquvvat qilishda katta zamin bo‘lishi shak-shubhasizdir.
Ta’lim – tarbiya oldida turgan asosiy maqsad yosh avlodga
ajdodlarimizning dono tajribalarini singdirish, insoniy fazilatlarni
shakllantirish va rivojlantirish vatan va millat oldidagi burch va
mas’uliyatni his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish xislatini qaror
toptirishdan iboratdir. Bu borada Sharq falsafasi va islom ta’limotidan
unumli foydalanmog‘imiz lozim, chunki ajdodlarimiz tomonidan
qonunga
rioya qilish, unga bo‘ysunish kabi masalalar chuqur va
atroflicha ishlab chiqilgan. Bunga islom ta’limotining durdonasi
hisoblangan «Shariat» va «Hidoya», Amir Temur «Tuzuklari» va boshqa
manbalar, huquq masalasiga oid fikr – mulohazalar misol bo‘la oladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki milliy qadriyatlarimiz jamiyatimiz
ma’naviy poklanishiga zamin bo‘lib xizmat qilayotgan ekan o‘z
navbatida hozirgi davrdagi milliy tiklanish jarayonlari ham qadriyatlarga
munosabatlarni o‘zgarishiga ham olib kelmoqda. Milliy
qadriyatlarimizni mohiyatini yangicha falsafiy anglash zaruratini keltirib
chiqarmoqda. Milliy qadriyatlarimizda transformatsiya yuz bermoqda va
ularni umuminsoniylik va milliylik nuqtai-nazaridan qarab chiqmog‘imiz
lozim. Bir tomondan shuni unutmasligimiz zarurki, har
qanday
jamiyatning qadriyatlar tizimi – fan, falsafa, adabiyot, san’at – faqat
milliy urf-odatlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu ayniqsa hozirgi yuqori
darajada rivojlanayotgan informatizatsiya, kompyuterizatsiya,
aloqa
vositalarining rivojlanishi jarayonidagi olamga xosdir. Fan, madaniyat
xodimlari va siyosatdonlar esdan chiqarmasliklari lozimki, inson faqat
biologik mavjudot emas, balki u ijtimoiy mavjudot hamdir. Barcha
244
mohiyatli munosabatlarda insonlarning qiziqish, manfaatlari birdir. Bu
nuqtai-nazardan barcha kontinentlarning asosiy muammolari bir xildir.
Umuminsoniy muammolar umuminsoniy qadriyatlar tizimini vujudga
kelishini taqozo qiladi.
Boshqa tomondan, yoshlarda milliy urf-odatlarga, rasm-rusumlarga,
milliy til va san’atga shakllantir zarur. Ko‘pgina milliy qadriyatlar
tizimimiz saqlanib qolishiga qaramasdan uning ko‘pgina elementlari
trasformatsiyaga uchrayapti. Ba’zi urf-odatlar o‘zining mohiyatini
o‘zgartirgan, ba’zilari umuman yo‘q bo‘lgan.
Markaziy Osiyo
xalqlarining tilida o‘zgarishlar yuz bermoqda, masalan o‘zbek tilida. Bir
necha bor o‘zbek alfaviti o‘zgardi. Leksikamizda eski turmush
tarzimizga xos bo‘lgan ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, yangi so‘zlar paydo
bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘zbeklarga xos qadriyatlar tizimi qadim-
qadimdan shakllanib kelgan. Uning asosida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan
dunyoqarash yotadi. O‘zbeklarning urf-odatlarga mos xatti-harakati etnik
va diniy ong shakllari bilan bog‘liqdir. Mehmonnavozlik o‘zbek xalqi
hayotining asosiy xususiyatlaridan biridir. Har bir oilada mehmon aziz
inson hisoblanadi. Shunga muvofiq mehmon qabul qilish rituali amalga
oshiriladi. Bu ritual to‘laligicha mehmon hurmati bilan
uning mehmonda
bo‘lish vaqti yoqimli bo‘lishi bilan sug‘orilgan. O‘zbek oilalarida doimo
atrofdagilarni fikrlari, ularni hurmati bilan hisoblashish qabul qilingan.
O‘zining xatti-harakatlari umumqabul qilingan xatti-harakatlar bilan
muvofiqligi hisobga olinadi. Bu o‘zbek mentalitetining asosiy
komponentidir. O‘zbek xalqining ko‘pgina a’zolari atrofdagilar bilan
maslahatlashmay kamdan-kam hollarda o‘zicha qaror qabul qiladi.
5-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: