238
Qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli
belgilanadi. Baholash esa
insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari,
maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining
ehtiyojlari, manfaatlari, qiziqishlari turli-tuman bo‘lib, ko‘pincha ular
bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun muayyan ijtimoiy
guruhlar, millat va sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib hisoblanib kelingan
tabiat va jamiyat hodisalari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham
mumkin va aksincha. Demak, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat
turkumiga kiritish, yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyoj, manfaat maqsad
qiziqishlari bilan belgilanar ekan deyishimiz mumkin.
Modomiki shunday ekan, u holda qadriyat deyilganda inson va
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat
va ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari
majmui tushunilmog‘i lozim bo‘ladi.
Bu esa, o‘z navbatida, G.Tulenovaning «Barkamol yosh avlod –
istiqlol tayanchi» deb nomlangan kitobida to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bu
ta’riflarni hammasini umumlashtirgan holda «qadriyat – inson va
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, ayrim xalq, millat, elat yoki ijtimoiy
guruhlarning o‘zlarining tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan o‘z
manfaatlari va maqsadlari yo‘lida xizmat qiladigan barcha qimmat-
dorliklar majmuini ifodalovchi tushuncha»
1
sifatida ta’rif berishimizga
asos bo‘la oladi.
Yuqorida qadriyatlarga berilgan ta’riflarni umumlashtirish maqsa-
dida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovni ta’rifini keltirish
o‘rinli deb hisoblayman. I.Karimov o‘zbekona milliy qadriyatlarni asrab-
avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish xususida fikr bildirar ekan,
«qadriyat» so‘zining ma’nosini ochib beradi: «Biz tarix sinovlaridan
o‘tgan,
milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga,
taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib
boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz»
2
Qadriyatlar sermazmun va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga
tabiiy, ijtimoiy siyosiy, huquqiy, moddiy, ma’naviy, axloqiy, estetik va
shu kabilarni oladilar. Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli,
uning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatining ifodasidir
3
.
1
Ɍɭɥɟɧɨɜɚ Ƚ. Ȼɚɪɤɚɦɨɥ ɺɲ ɚɜɥɨɞ – ɢɫɬɢԕɥɨɥ ɬɚɹɧɱɢ. – Ɍ., 2004. – Ȼ.45.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ɘɤɫɚɤ ɦɚɴɧɚɜɢɹɬ – ɟɧɝɢɥɦɚɫ ɤɭɱ. – Ɍ., 2008. – Ȼ.82.
3
ɇɚɡɚɪɨɜ Θ. Ԕɚɞɪɢɹɬɥɚɪ ɬɢɡɢɦɢɧɢɧɝ ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɝɢ ɜɚ ʆɡɝɚɪɢɲɥɚɪɢ. – Ɍ.,
1992;
ɏɚɣɪɭɥɥɚɟɜ Ɇ. ɋɨɰɢɚɥɶɧɨɟ ɪɚɡɜɢɬɢɟ ɢ ɞɭɯɨɜɧɵɣ ɩɪɨɰɟɫɫ. – Ɍ.,1986.
239
Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy
mahsulidir. Har bir qadriyat muayyan bir davr sharoit
va ehtiyojining
mahsuli bo‘lishi bilan birga, uning ko‘zgusi hamdir.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy
faoliyati jarayonida paydo bo‘ladilar va rivojlanadilar. Inson yo‘q joyda
biron narsaning qadr-qimmati bo‘lmaydi. Qadriyatlar insonning turli
sohadagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan va foyda keltiradigan narsalar,
hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Qadriyatlar ichida eng oliysi bu inson va uning hayotidir. Shuning
uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash,
bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini
himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil qiladi.
Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning
barchasi insonlar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam
erkini his etishi, o‘z mehnati
natijasining, o‘z taqdirining, o‘z
mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb
etadi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer
osti boyliklari, suv, havo,
o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Tabiiy
resurslar, ya’ni yonilg‘i, har xil metallar, rudalar, havo, suv, o‘simliklar,
hayvonot dunyosi bo‘lmasa insoniyat yashay olmaydi. Tabiat biz uchun
moddiy ne’matlarning bosh manbai sifatida ham, sog‘liq, shodlik,
turmushga mehr-muhabbatning va har bir kishidagi ma’naviy
boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. O‘zbekiston yerlari turli foydali
qazilmalarga boy. Qariyib 90 turdagi
mineral xom ashyo borligi
aniqlangan. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin, ruh, volfram, radioaktiv elementlar,
tabiiy gaz, neft va boshqa qazilmalar miqdori bo‘yicha ko‘pgina
davlatlar orasida yetakchi o‘rinda turadi. Surxondaryo, Qashqadaryo,
Buxoro viloyatlarida ochilgan (Kakaydi, Lalmikor, Ko‘kdumaloq,
Muborak, Namanganda Mingbuloq kabi) neft konlari boy zaxiraga ega
ekanligi aniqlangan. O‘zbekiston hududida Uchqur, O‘rtabuloq,
Chaqmoqli, Qorovulbozor, Setyalantepa kabi gaz konlari faoliyat
ko‘rsatishmoqda. Angren, Sharg‘un va Boysun kabi yirik va bir qancha
mayda ko‘mir konlari mavjud. Ko‘mir konlarining zaxiralari boy bo‘lib,
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirining miqdori 2 mlrd tonnaga yaqindir. Agar
yiliga 10 mln tonnadan qazib olinishini nazarda tutilsa, Angren ko‘miri
200 yilga yetadi.
Shuningdek, O‘zbekiston yerining qo‘rg‘oshin, ruh va
240
nodir metall rudalari konlari, mineral tuzlar, shifobaxsh mineral suvlar
kabi yana bir qancha tabiiy boyliklari mavjud.
Rang-barang tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan ona yerimiz biz uchun
g‘oyat darajada muhim va zarur bo‘lgan hayot manbaidir. Shuning uchun
ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yozib
qo‘yilganidek, – «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, va hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, ulardan oqilona foydalanish
zarur va ular davlat muhofazasidadir».
1
Inson mehnati, xatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan turli
tuman moddiy boyliklar, me’moriy obidalar, inshootlar, zavod va
fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari,
asbob-
uskunalar, turar-joy, mol-mulk, noz-ne’mat va shu kabilar
moddiy
Yüklə
Dostları ilə paylaş: