235
ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa fuqaro-
larning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda
tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori madaniyatli bo‘lsa, huquq
normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni o‘qib, ularga amal
qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun
O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga
katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jamiyatda huquqiy
madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilindi. Unda mamlakat
miqyosida aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy
savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, ommabop yuridik
adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarini
oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini
rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, huquqiy madaniyati bir qancha
funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning regulyativ (tartibga
solish), normativ, sotsiologik, kommunikativ (aloqalar o‘rnatish),
prognostik funksiyalari shular jumlasidandir.
III xodimlari doimo fuqarolar bilan ishlaganliklari sababli yuksak
huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari lozim. Bu ulardan hamisha huquqni
yaxshi bilishlarini, bu bilimlarni amaliy faoliyatlarida namoyon
qilishlarini, fuqarolarga qonun talablarini tushuntira olishlarini taqozo
qiladi. Shuning uchun III xodimlari doimo uz bilimlarini o‘stirib
borishlarini, uz ustida ishlab yurishlarini, qonunlar o‘zgarishlari, yangi
qonunlar qabul qilinishidan xabardor bo‘lishlarini talab qiladi. Yuksak
huquqiy madaniyatga ega xodim jamiyatimiz taraqqiyotidan darak beradi
va uni mamlakatimiz fuqarolari hurmat qiladi.
4-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: