3-§. Huquq falsafasi – fan sifatida
Huquq falsafasi yangi fanlardan biri hisoblanadi. Huquq falsafasi
huquq to‘g‘risidagi haqiqatni, odamlar ijtimoiy borlig‘ining maxsus
shakli va ijtimoiy tartibga solishning alohida turi bo‘lgan huquq haqidagi
haqiqiy bilimlarni izlash va aniqlash bilan shug‘ullanadi. Huquq obyekt
219
sifatida turli fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ularning har biri huquqni
o‘ziga xos tushunishi va mazkur obyektni o‘rganishning o‘z usullari,
o‘zining maxsus predmeti va metodi nuqtai nazaridan qarab chiqadi.
Huquq falsafasida umuman huquq muayyan universal yaxlitlik sifatidagi
huquq, butun huquqiy universum, huquqning butun olami, huquqning
mohiyati tadqiq etiladi. Eng umumiy tarzda huquq falsafasining predmeti
– huquqdir. Huquq falsafasining predmetini yanada chuqurroq tahlil
qiladigan bo‘lsak aytish mumkinki, bu o‘zaro farqlanadigan,o‘zaro
nisbatda bo‘lgan va izlanayotgan birlik bo‘lgan huquq va qonun. Huquq
falsafasining predmetini aniqlashtirish huquq falsafasining u yoki bu
aniq konsepsiyasi asosida yotgan huquq mohiyatini tushunishga
bog‘liqdir.
Huquq falsafasining predmeti – bu rasman tenglik va uning
namoyon bo‘lish shaklidir. Ijtimoiy sohadagi har qanday tenglik – aynan
rasman tenglik bo‘lgani uchun yuqoridagi ta’rifni qisqaroq shaklda:
huquq falsafasining predmeti – bu tenglik va uning namoyon bo‘lishi
prinsipidir.
Huquqiy hodisalarga rasman tenglik prinsipiga muvofiq keluvchi,
mazkur prinsip talablarining zohiriy ifodasi va amalga oshirilishi
shakllaridan iborat bo‘lgan real hodisalar (rasman o‘rnatilgan qonun,
amalda mavjud bo‘lgan davlat, ijtimoiy turmushning turli subyektlari
xulq-atvori, ularning o‘zaro munosabati va hokazolar) tegishlidir.
Huquq falsafasi predmetiga boshqa huquqiy hodisalar bilan birga,
davlat ham alohida huquqiy hodisa sifatida kiradi.
Huquq falsafasi – bu huquqni falsafiy anglash va asoslashgina emas,
balki ayni vaqtda aksilhuquq (o‘zboshimchalik)ni uning barcha nazariy
va amaliy ko‘rinishlarida – aksilhuquqiy qonun, aksilhuquqiy hokimiyat,
munosabatlarning aksilhuquqiy shakllari va hokazolar sifatidagi
ko‘rinishlarini falsafiy fosh etish, tanqid qilish va inkor qilishdir. Biz
huquqni ham mohiyat ham hodisa sifatida qarab chiqyapmiz. Huquqning
mohiyati – bu uning tashqi va ichki birligidir. Huquqning mohiyati – bu
uning o‘zgarishlari qonunlarining tizimidir. Huquqning mohiyati – bu
uning universalligidadir. Huquqning mohiyati – bu uning konkretligi-
dadir. Huquq shu bilan birga nazariy izlanish predmetidir.
Huquq falsafasi ijtimoiy falsafaning tarkibiy qismidir.
Huquq falsafasi harakatdagi huquq tizimining nazariy dasturidir.
Huquq – bu ijtimoiy va ma’naviy borliqning shaklidir, ya’ni ijtimoiy
hayotni tashkil qilish shakli hisoblanadi.
220
Huquq – bu ijtimoiy va individual borliqning universal tavsifidir.
Huquq – bu konkret-tarixiy va madaniy o‘ziga xos hodisadir.
Huquq – bu hayotni estetik ifodalash shaklidir.
Huquq falsafasi – huquqning mohiyati, vujudga kelishi, huquqiy
qoidalarning axloqiy normalar bilan mutanosibligi va shu kabi boshqa
muammolarning falsafiy talqini. Huquq falsafasi huquqni mantiqiy
gnoseologik, psixologik, sotsiologik va axloqiy nuqtai nazardan tadqiq
etadi. Huquq falsafasi uzoq muddat davomida falsafiy ta’limotlarning
muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanib keldi. Antik falsafa
namoyandalari (Suqrot, Platon, Aristotel) huquq falsafasining qator
muammolariga qo‘l urgandilar. Ular huquq va adolat, huquq va qonun,
huquq va kuch-qudrat o‘rtasidagi munosabatlarni huquqni ijtimoiy
qadriyatlar iyerarxiyasidagi o‘rnini aniqlashga intildilar. Huquq falsafasi,
ayniqsa, ma’rifatparvarlik falsafasida (tabiiy huquqiy nazariyasi), nemis
klassik falsafasida (masalan, Gegelning «Huquq falsafasi» asari) katta
o‘rinni egalladi. XX asrning ikkinchi yarmida huquq falsafasi bilan
Gusserl, Sheler, Gartman va qator ekzistensializm namoyandalari
shug‘ullandilar. Mazkur mutafakkirlar huquq ontologiyasini yaratishga
intildilar. Ularning fikricha, huquqning o‘ziga xos borlig‘i mavjud,
huquqshunos esa turli huquqiy tushunchalar, me’yorlar va qadriyatlarni
kashf etib boradi. Bugungi kunda G‘arbda Huquq falsafasining tarixiy
huquqiy maktab avinyi) va neokantchilik (R.Shtamler) kabi yo‘nalishlari
obro‘ qozongan.
Huquq falsafasi qadimiy va boy tarixga egadir. Falsafiy – huquqiy
muammolar qadimgi davrda va o‘rta asrlarda umumiyroq mavzuning
bo‘lagi va bir jihati sifatida, XVIII asrdan boshlab esa alohida ilmiy fan
sifatida ishlab chiqildi.
«Huquq falsafasi» atamasi dastlab yuridik fanda paydo bo‘ldi.
Taniqli nemis huquqshunosi, huquqning tarixiy maktabi asoschisi
G.Gugo o‘zi «huquq to‘g‘risidagi ta’limotning falsafiy qismi» sifatida
ishlab chiqishga intilgan «pozitiv huquq falsafasi»ni lo‘nda tushuntirish
uchun ushbu atamadan foydalangan. Gugoning fikricha, huquqshunoslik
(yurisprudensiya) uch qismdan: yuridik dogmatika, huquq falsafasi
(pozitiv huquq falsafasi) va huquq tarixidan iborat. Uning fikricha,
amalda bo‘lgan (pozitiv) huquq bilan shug‘ullanuvchi va o‘zida «yuridik
hunar»ni ifodalovchi yuridik dogmatika uchun empirik bilim yetarlidir.
Huquq falsafasi va huquq tarixi tegishli ravishda «huquqni ilmiy
bilishning oqilona asosini» tashkil etadi va «ilmiy, liberal yurispru-
densiyani» («bashang» yurisprudensiyani) hosil qiladi. «Huquq
221
falsafasi» atamasining keng yoyilishi Gegelning «Huquq falsafasi»
(1820) bilan bog‘liqdir. Gegelning fikricha, huquq falsafasi tabiiy huquq
(yoki falsafiy huquq) to‘g‘risidagi chinakam falsafiy ta’limotdir. Shuni
ham aytish lozimki Gegelning «Huquq falsafasi» deb qabul qilingan
asari aslida «Tabiiy huquq va davlat to‘g‘risida fan ocherklari. Huquq
falsafasi asoslari» degan ikkita nom bilan chop etilgan. Gegelning
ta’kidlashicha, huquq falsafasi Gugoda bo‘lgani singari, yuridik fan
emas, balki falsafiy fandir. «Huquq to‘g‘risidagi fan, – deydi u, –
falsafaning bir qismidir». Shunga muvofiq Gegel huquq falsafasi
predmetini quyidagicha ifodalaydi: «Huquq to‘g‘risidagi falsafiy fan
predmeti huquq g‘oyasi – huquq tushunchasi va uning amalga
oshirilishidir». Gegelga ko‘ra, huquq falsafasining vazifasi huquq
asosida yotuvchi fikrni anglab yetishdan iborat. Bunga esa faqat to‘g‘ri
fikr yuritish, huquqni falsafiy bilib olish yordamida erishish mumkin.
«Huquqda, – deb qayd etadi Gegel, – inson o‘z aqlini topishi, binobarin,
huquqning oqilona ekanligini ko‘rib chiqishi kerak va bu bilan faqat
ziddiyatlar ila ish ko‘radigan pozitiv yurisprudensiyadan ko‘ra ko‘proq
bizning fanimiz shug‘ullanadi». XIX-XX asrlarda huquq falsafasini fan
sifatida xususiyatini ta’riflashga Gugo va Gegelning ikki xil yondashuvi
yanada rivojlantirildi.
Maxsus falsafiy fan sifatidagi huquq falsafasida (tabiat falsafasi, din
falsafasi, axloq falsafasi va shu kabi maxsus falsafiy fanlar bilan
birgalikda) bilish bilan bog‘liq qiziqish va tadqiqot e’tibori asosan
ishning falsafiy jihatiga, huquqning alohida sohasida falsafa
konsepsiyasini aniqlashda bilish imkoniyatlarini va evristik salohiyatni
namoyish qilishga qaratilgan. Bunda mazkur obyekt (huquq)ning
xususiyatlariga tatbiqan tegishli konsepsiyani mazmunli aniqlashtirishga,
uni anglab olishga, ushbu konsepsiyani uning metodologiyasi, gnoseolo-
giyasi va aksiologiyasi oqimida tushunarli izohlash va o‘zlashtirishga
jiddiy ahamiyat beriladi. Huquqshunoslik (yurisprudensiya) nuqtai
nazaridan ishlab chiqilgan huquq falsafasi konsepsiyalarida esa, ular
qanchalik farq qilishiga qaramay, odatda, tadqiqotning huquqiy
motivlari, yo‘nalishlari va mo‘ljallari ustunlik qiladi. Uning falsafiy
ixtisosi falsafiy asosga ega emas, balki falsafiy anglashda uni huquqiy
soha ehtiyoji taqozo qiladigan olam, inson to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmush
shakllari va normalari, bilishning yo‘llari va metodlari, qadriyatlar tizimi
to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot tizimida huquq va huquqiy tafakkurning
mazmuni, o‘rni va ahamiyati kabi falsafiy dunyoqarash nuqtai nazaridan,
muammolarga ustun darajadagi qiziqish shu tufaylidir. Yuridik fanda
222
falsafiy-huquqiy muammolarga, garchi yetarli darajada bo‘lmasa ham,
an’anaviy ravishda katta e’tibor beriladi. Huquq falsafasi
huquqshunoslikning falsafa va boshqa bir qancha gumanitar fanlar bilan
fanlararo aloqalari jihatidan ham, yuridik fanlar tizimining o‘zidagi
aloqalar jihatidan ham bir qancha muhim metodologik, gnoseologik va
aksiologik tusdagi umumilmiy funksiyalarni bajarishga da’vat etilgan.
3-bob.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |