188
So‘fiylar fikricha, inson tanasida biri-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
rahmoniy va shaytoniy kuchlar mavjud. Inson barkamollik darajasiga
ko‘tarilmog‘i uchun rahmoniy kuchning o‘z tanasidagi shaytoniy
kuchdan g‘olib chiqishini ta’minlash malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor.
Inson tanasidagi barcha shaytoniy qiliqlar, nafs, g‘azab, bilimsizlik bilan
aloqadorlikda sodir bo‘ladi. Nafsni jilovlay olmaslik, mol-dunyo
to‘plashga hirs qo‘yish, ya’ni boylik to‘plashga uzluksiz intilish inson
tanasini o‘tkinchi lazzatu farog‘at bilan ardoqlaydi. Bunday lazzat va
farog‘at qarmog‘iga ilingan inson yirtqich hayvonlardek qutira
boshlaydi, g‘azabi ortib boradi. Nafs va g‘azabning birlashib ketishi
insondagi shaytoniy xislatlarni yanada rivojlantiradi va rahmoniy
fazilatlarni yemiradi. Natijada bunday kishilar ma’naviy jihatdan
qashshoqlasha boshlaydilar. Xuddi shuning uchun ham so‘fiylarning
fikriga muvofiq, inson nafsiga erk bermasligi, uni o‘z vaqtida jilovlay
bilishi zarur. Nafsiga erk bermaslik, uni jilovlay olish – ma’naviy
yetuklik garovidir
1
.
Tasavvuf talablariga ko‘ra, inson barkamollik darajasiga ko‘taril-
mog‘i uchun to‘rtta murakkab bosqichni – shariat, tariqat, ma’rifat va
haqiqat bosqichlarini bosib o‘tmog‘i zarur. Ushbu bosqichlardagi talablar
bir-biridan murakkab bo‘lib, oxir oqibatda vijdonan pok, axloqan yetuk
komil insonni tarbiyalashga yo‘naltirilgandir.
Tasavvuf falsafasining Najmiddin Kubro (1145–1221) asos solgan
eng yirik yo‘nalishlaridan biri – kubraviylikda (kubraviya) inson
tarkidunyochilikka berilgan va o‘zini butunlay unutib qo‘ygan mavjudot
emas, balki o‘zini qayta qurish uchun real ijtimoiy imkoniyatlarga ega
bo‘lgan bunyodkor sifatida talqin qilinadi. Boshqa tadqiqotlarda bo‘lgani
singari, kubraviylikda ham insonga xudo vasliga yetish talabi qo‘yilsa-
da, bu asosan axloqiy talab bo‘lib, insonni ruhan pok va ma’naviy
yetuk bo‘lishga undaydi. Kubraviylikning o‘ziga xos jihatlaridan eng
muhimi shundaki, u insonni uni qurshab olgan olamni va o‘zini
anglashga undaydi. Komil inson bo‘lmoq uchun nafaqat axloqan yetuk
bo‘lish, balki, eng avvalo, o‘zligini anglash zarur. Inson o‘zligini
anglagandagina butun olam sirlarini, demakki, ilohiy haqiqatni ham
bilishga yaqinlashadi. Ilohiy haqiqatga erishgan inson esa, xudo vasliga
yetgan va u bilan uyg‘unlashib ketgan bo‘ladi.
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: