Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


VI BO‘LIM   INSON VA HAYOT FALSAFASI


səhifə62/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

VI BO‘LIM 
 INSON VA HAYOT FALSAFASI 
1-bob.
 INSON VA JAMIYAT FALSAFASI
1-§. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy 
 merosida inson muammosi 
Inson muammosini o‘rganishda falsafaning ahamiyatini ko‘rsatib 
berish uchun insonni falsafiy o‘rganishning asosini tashkil etuvchi 
muammolar majmuasini ajratib olishimiz zarur. Eng umumiy holda, 
bular insonning paydo bo‘lishi, mohiyati va kelajagi haqidagi 
masalalardir. Qo‘yilgan masalalarni yanada aniqlashtirsak, falsafada 
inson muammosining quyidagi jihatlarini tahlil qilishimiz mumkin: 1) 
inson moddiy olamning o‘ziga xos siri sifatida; 2) inson mohiyati va 
mavjudligi dialektikasi; 3) insonda biologik va ijtimoiy jihatlar 
munosabati; 4) erkinlik, ozodlik muammosi; 5) inson qobiliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan ijodiyot, maqsad va uni amalga oshira olish imkoniyati; 
6) insonda cheklilik va cheksizlik, hayot mazmuni va hokazo. 
Umumiylik, xususiylik va yakkalik dialektikasini to‘g‘ri qo‘llash bu 
masalalarni hal qilishning muhim uslubiy yo‘li hisoblanadi. Insonga 
nisbatan bu dialektika umuminsoniylik va konkret tarixiylik, mohiyat va 
mavjudlik, obyektivlik va subyektivlik, sababiylik va erkinlik kabi 
munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Falsafada mazkur aloqadorliklar doimo muayyan tarixiy davr bilan 
uyg‘unlikda ko‘rib chiqilgan. Jumladan, O‘rta Osiyo xalqlarining eng 
qadimgi madaniy yodgorliklaridan biri bo‘lmish zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi «Avesto»da inson, uning paydo bo‘lishi, mohiyati va 
kelajagi haqidagi masalalar jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda 
izohlangan. Avestoda aytilishicha, birinchi odam Yima (Iyyim) bo‘lib, 
boshqa odamlar undan tarqalganlar. Yima hukmronlik qilgan davr oltin 
davr hisoblanadi. U vaqtlarda odamlar o‘lim nimaligini bilmaganlar. 
Xudo Axuramazda abadiy bahorni yaratib, unda odamlar baxtli va 
farovon yashaganlar. Lekin bir payt kelib, odamlar gunoh ish qilib qo‘y-
ganlar, ya’ni taqiqlangan mol go‘shtini yeb qo‘yganlar. Shunda yovuzlik 
xudosi Axrimanning qahri kelib, odamlarga qor va sovuqni yuborgan. 


 185
Yima odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib, unga 
barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shunday qilib, 
tarixning birinchi – oltin davri tugab, ikkinchi – ezgulik va yovuzlik 
o‘rtasidagi kurash davri boshlangan. Bu kurashda yaxshilik xudosi 
Axuramazda yomonlik xudosi Axriman ustidan g‘alaba qozonadi va 
baxtli kunlar keladi. Shu tariqa uchinchi davr insonlar kelajagi davri 
boshlanadi.
Ko‘rib turganimizdek, Avestoda hayot va insonning paydo bo‘lish 
masalasi ilohiyot bilan bog‘lab tushuntirilgan. Bundan tashqari, 
Avestoda o‘sha davrning axloqiy va huquqiy qoidalari o‘z aksini topgan 
bo‘lib, inson va uning taqdiri masalalari aynan shu qonunlar doirasida 
yoritib beriladi. Avestoda ifodalangan axloqiy qoidalar asosini uchta 
narsa, ya’ni yaxshi fikr (gumata), yaxshi so‘z (gukta) va yaxshi ish 
(gvarishta) tashkil etadi. Ezgulik Axuramazda xudosining, yovuzlik fikr 
esa Axriman xudosining xislati hisoblanadi. Insonning kamolotga 
erishishi yomonlik ustidan g‘alaba qilishi bilan bog‘lanadi. Kitobda 
axloqiy qoidalar ilohiylashtiriladi, ya’ni yaxshi ishlari uchun insonlar 
narigi dunyoda taqdirlanishlari, gunohlari uchun esa jazolanishlari va’da 
qilinadi. Bunday saralashni bosh hakam – xudo Axuramazdaning o‘zi 
amalga oshiradi. Xullas, dastlabki yozma yodgorlik bo‘lmish Avestoda, 
diniy tusda bo‘lsa-da, inson va jamiyat munosabatlarini o‘sha davr nuqtai 
nazaridan yoritishga harakat qilingan.
Keyinchalik, VIII–XII asrlarda rasmiy islomga qarshi kurash 
jarayonida hurfikrlilik ramzi sifatida dunyoviy bilimlarga asoslangan 
ilg‘or ijtimoiy-falsafiy fikrlar ham rivojlangan. Sharqning bu davrda 
yetishib chiqqan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlari 
qarashlarida ham inson muammosi alohida o‘rin egallagan.
Forobiy (873–950) ta’limotida inson mavjudligi va uning paydo 
bo‘lishi, hayotning maqsadi kabi masalalarga e’tibor muhim o‘rin tutdi. 
Uning fikricha, moddiy olam inson, uning sezgisi, aqlidan avval mavjud 
bo‘lgan. Inson va uning aqli esa – moddiy olam rivojining oliy mahsuli 
bo‘lib, ijtimoiy hodisadir. Forobiy insonning faqat jamoadagina mavjud 
bo‘la olishini, o‘zining «Fozil shahar aholisining fikrlari» asarida 
quyidagicha tasvirlaydi: har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u 
yashashi va oliy darajadagi yetuklikka erishmog‘i uchun ko‘p narsalarga 
muhtoj bo‘ladi. Odamzod yolg‘iz o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita 
olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. 
Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib 


 186
beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi 
orqaligina odam o‘zi intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday 
jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash 
va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. 
Shu tariqa insonlar jamoasi vujudga kelgan
1
.
Forobiy jamoalarning mukammallik darajasini inson komilligi bilan 
bog‘laydi. Shuning uchun ham uning fikricha, jamoada aqlli, axloqan 
yetuk, vijdonan pok va bir-birlariga doimo yordam berishga tayyor 
insonlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bunday shahar shunchalik fazilatli va 
mukammal bo‘ladi. 
Shu o‘rinda aytish lozimki, insonlarning adolatli jamiyatga erishish 
yo‘llarini Forobiy adolatli shohning hukmronlik qilishi, ilm-fan ravnaqi 
va, eng asosiysi, insonning axloqli bo‘lishi, ruhiy mukammallikka 
erishishida ko‘radi. Mutafakkir o‘z asarlarida bu narsa insonning o‘z 
qo‘lida ekanligi, ya’ni inson o‘z taqdirini o‘zi belgilashi va yaratishi 
mumkinligini bir necha bor uqtiradi. Forobiy insonning baxt-saodati 
narigi dunyoda emas, balki o‘zi yashab turgan real dunyodadir, deb 
ta’kidlaydi.
O‘rta asr Sharqining yana bir ulkan allomasi mashhur qomuschi va 
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ham o‘z ijtimoiy-falsafiy 
qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan. U insonni eng oliy 
qadriyat sifatida tushuntirgan, inson va, umuman, insoniyat paydo 
bo‘lishi uzoq davom yotgan evolyutsion jarayon bo‘lib, bunda geografik 
muhitning roli borligini, shunga ko‘ra odamlarning rangi, tuzilishi bir-bi-
ridan farq qilishini ta’kidlagan. Beruniy insonning oliy mavjudot ekanligi 
va u boshqa hayvonlardan o‘zining aqli, nutqi bilan farq qilishini ilmiy 
jihatdan izohlasa-da, ikkinchi tomondan, insonni hayvondan farq 
qiladigan ayni shu xususiyatlarning qanday paydo bo‘lganligini ilohiy 
jihatdan tushuntirib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan, deydi. 
Beruniyning qarashlari Forobiyniki singari insonparvarlik g‘oyalari 
bilan sug‘orilgan. U insonni eng oliy qadriyat sifatida ulug‘lash bilan 
birga, uni umumbashariylik, odillik, ziyolilik, bilimdonlik, xalqparvarlik 
xislatlarini o‘zida shakllantirishga undaydi. Beruniy falsafasiga binoan, 
inson ichki dunyosi pokligining asosi yaxshi niyatdir. Yaxshi niyat 
insonga doimo ezgu ishlarida hamroh bo‘lib, ishining o‘ngidan kelishiga 
madadkor bo‘ladi.
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin