Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. «Haqiqat» tushunchasi va uning asosiy shakllari: mutlaq


səhifə59/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. «Haqiqat» tushunchasi va uning asosiy shakllari: mutlaq, 
nisbiy, obyektiv va konkret haqiqatlar 
Inson bilishi dialektik xarakterga ega bo‘lib, uning moddiy olamni 
bilishi oddiydan murakkabga, qo‘yidan yuqoriga, aniq bo‘lmagan 
bilishlardan aniqroq bilishlarga, to‘liq bo‘lmagan bilishlardan to‘laroq 
bilishlarga borishdan iboratdir. Shu bilan birga, insonning bilish jarayoni 
ayrimlik (alohidalik)dan xususiylikka, xususiylikdan esa umumiylikka va 
nihoyat, umumiylikdan eng umumiylik tomon, hodisalardan 
mohiyatlarga tomon boradi. Inson bilish jarayoni hissiy bilishdan aqliy 
bilishga, jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga tomon va aksincha, 
borishdan iborat dialektik jarayondir. Borliqning inson ongida in’ikos 
etishi odatdagi narsalarning oynadagi yoki buyumning rasmdagi aks 
etishi kabi o‘lik, harakatsiz, mavhum, ziddiyatlarsiz holda bo‘lmay, balki 
jonli, konkret, harakat, o‘zgarish va rivojlanishda, ziddiyatlarning kelib 
chiqishi, ularning hal bo‘lishi, bir qo‘yi bosqichning o‘rnini unga 
nisbatan yuqoriroq yangi bosqichining o‘rin olib borishidan iboratdir. 
Xullas, insonning moddiy olamni bilishi hissiy bilishdan aqliy bilishga 
va aksincha, bilish tomon dialektik yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Hissiy va 
aqliy bilish bir butun inson bilishining bir-birlari bilan chambarchas 
bog‘liq ikki «qo‘yi» va «yuqori» bosqichlarini tashkil etadi. 
Biz qo‘yida Sizlar bilan hissiy va aqliy bilish bosqichlariga alohida-
alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Hissiy bilish – inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo‘lib, 
bilish jarayoni ayni shu hissiy bilishdan boshlanadi. Natijada, inson 
ongida narsa va hodisalarning belgilari va hissiy obrazlari hosil bo‘ladi. 
Inson bilishining hissiy bilish bosqichi: sezgi, idrok va tasavvur kabi 
shakllarda sodir bo‘ladi. Sezgi hissiy bilishning dastlabki bosqichlaridan 
bo‘lib, u insonning borliqni bilishning ma’lum ko‘rinishidir. Sezgilar 
insonning sezgi a’zolariga borliqdagi narsa va hodisalarning bevosita 
yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. 
Sezgilarni hosil qiluvchi bunday sezgi a’zolari insonda tashqi va ichki 
holatlarda joylashgan bo‘lib, ular: ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri va 
eshitish sezgi a’zolaridir. Bu sezgi a’zolari insonning borliqni bilishda 
o‘ziga xos bir vosita bo‘lib, ular orqali narsa va hodisalar haqidagi 
dastlabki ma’lumotlar inson miyasiga qabul qilinadi. Inson bu sezgi 
a’zolari orqali borliqdagi narsa va hodisalarning tashqi belgi va 
xususiyatlarini bilib oladi. 


 170
Sezgilar o‘z ifodalanish shakliga ko‘ra yakka-yakka, alohida, aniq, 
subyektiv bo‘lsalar ham, o‘zlari ifodalagan mazmunga ko‘ra obyektivdir. 
Sezgilar insonning moddiy borliqni bilish uchun hali yetarli emas. 
Buning uchun inson o‘zining hissiy bilishida sezgilar shakllarida hosil 
qilgan ma’lumotlarni to‘plab, umumlashtirib, ularni bir butun holda 
in’ikos ettirishi ham lozim bo‘ladi. Hissiy bilishning bunday yangi shakli 
idrokdir. 
Idrok sezgilardan farqli o‘laroq, borliqdagi narsa va hodisalarni 
yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda, ularning hamma asosiy belgi va 
xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning 
nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok narsa va hodisalarning bir butun 
yaxlit hissiy obrazidir. U o‘zida sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab 
ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq insonning hissiy bilishi idrok bilan 
cheklanib qolmay, sezgilar va idrok shakllarida yuzaga kelgan hissiy 
ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, 
yuqoriroq shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir. 
Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok 
etilmayotgan narsa va hodisalarning inson ongidagi qayta ishlanib, 
tiklangan hissiy obrazidir. Tasavvurning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
u borliqdagi narsa va hodisalar bilan ayni vaqtda bevosita bog‘lanishda 
bo‘lmagan holda, ularning ilgari paydo bo‘lmagan obrazlari asosida 
qayta tiklanishidir. Ammo inson o‘z tasavvurlarida, shu bilan birga, oldin 
idrok etilgan narsa va hodisaga, ularga o‘xshash yangi narsa va 
hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin. Masalan, 
hozir biz mustaqil O‘zbekistonning mavjud imkoniyatlari, shart-
sharoitlaridan kelib chiqib, uning kelajakda rivojlangan mamlakat 
safidan o‘rin olishi, ya’ni buyuk davlat bo‘lishini tasavvur qilmog‘imiz 
mumkin. 
Hissiy bilishning tasavvur shaklida narsa va hodisalarning ikkinchi 
darajali, muhim bo‘lmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim 
muhim xususiyatlarigina inkor etgan bo‘ladi. Shu tufayli tasavvur narsa 
va hodisalarni mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklda in’ikos 
ettiradi. Bu jihatdan tasavvurda, hech shubhasiz, tafakkurning ba’zi 
elementlari paydo bo‘ladi. Lekin u hali hissiy bilish chegarasidan chiqib 
ketmagan bo‘ladi. Bunga sabab, tasavvurning individual xarakterga 
egaligi, uning narsa va hodisalar tashqi tomonlari, tashqi aloqadorlik va 
bog‘lanishlarnigina o‘zida ifodalanib, ularning ichki tomonlarini, 
ulardagi o‘zgarish, rivojlanish qonunlarini in’ikos ettira olmasligidir. 


 171
Umuman olganda,insonning hissiy bilishi ma’lum darajada cheklangan, 
bir tomonlama, to‘liq bo‘lmagan bilishdir. 
Inson borliqdagi narsa va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning 
o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so‘z bilan aytganda, ularning 
mohiyatini faqat aqliy bilish orqaligina bila oladi. 
Aqli bilish, bilishning yuqori bosqichi bo‘lib, unda inson bilishi 
hissiy bilish orqali hosil bo‘lgan dalil va ma’lumotlarni tafakkurda qayta 
ishlash natijasida, borliqdagi narsa va hodisalarning inson ongidagi 
umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir. 
Aqliy bilishda inson tafakkuri borliqdagi narsa va hodisalarning 
izchil bog‘lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o‘zgarish va 
rivojlanish qonunlarini ma’lum fikr shakllari: tushuncha, hukm va xulosa 
chiqarish kabilarda ifodalanadi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur 
uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Tafakkur esa o‘zida hissiy bilish 
bergan ma’lumotlarni qayta ishlab, ularni umumlashtirib, mavhum-
lashtirib, ayni bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan 
mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma’lum tushuncha, hukm 
va xulosalarni hosil qiladi. Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu 
fikriy shakllari tilda va so‘zlar va gaplarda ifodalanadi. Aqliy bilishning 
dastlabki shakli tushunchadir. 
Tushuncha narsa va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va 
xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va ayni choqda 
aniqlashtirilgan fikriy obrazidir. Masalan, «inson» tushunchasini olaylik. 
Bu tushuncha hamma kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan mehnat qiluvchi, 
mehnat qurollari va mehnat vositalarini yaratuvchi hamda ular asosida 
moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi: ong, tafakkur, til va 
nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan bio-
ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir. Aqliy bilishning navbatdagi 
bosqichi hukmdir. 
Hukm aqliy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi 
muayyan narsa va hodisalar, ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklar 
haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi. Inson o‘z tafakkurida bir yoki 
birnecha hukmlarni mantiqiy o‘zaro bog‘lab, turli usullar asosida 
ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil 
qiladi. Aqliy bilishning navbatdagi yuqori shakli xulosa chiqarishdir. 
Xulosa chiqarish aqliy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki 
birnecha hukmlar asosida yangi hukm – yangi fikr hosil bo‘ladi. Xulosa 
chiqarish inson aqliy bilishining yuqori shakli bo‘lib, uning birnecha 
shakllari mavjud, uni «Mantiq» fani o‘rganadi. 


 172
Insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va 
tasavvurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: hukm, tushuncha va 
xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning «quyi» 
bosqichidan «yuqori» bosqichi tomon ko‘tarilib boradi. 
Falsafa tarixida bilishning yuqorida qayd qilingan ikkita bosqich-
larini bir-birlaridan ajratib talqin qiluvchi falsafiy oqim va yo‘nalishlar 
mavjud. 
Sensulizm (lot. his, sezgi degan ma’noni bildiradi) tarafdorlari 
Gassendi, Gobbs, Lokk va boshqalar bilish jarayonida hissiy bilish va 
uning shakllari haqiqiy bilim olishning manbai deb ta’kidlashib, butun 
bilish jarayoni mohiyatiga hissiy organ faoliyatini kiritishga harakat 
qilishadi.
Empirizm (yunon. tajriba) vakillari F.Bekon, Lokk va boshqalarning 
fikricha, hissiy bilish va tajriba bilishning manbai deb ta’kidlab, bilish 
jarayonida aqliy bilishning o‘rnini ikkinchi darajali deb bilishadi. Har 
qanday bilim faqat tajribaga asoslanadi, tafakkur faqat tajriba orqali 
olingan ma’lumotlarni sistemalashtiradi, bir-biri bilan bog‘laydi, xolos, 
lekin ularga hech bir yangilik kirita olmaydi. 
Ratsionalizm (fran. aql) vakillari – Dekard, Spinoza va boshqalar 
bilish jarayonida tafakkurning rolini haddan tashqari bo‘rttiradilar va 
olamni bilishning yagona yo‘li tafakkur orqali bilish deb ta’kidlashadi. 
Ularning fikricha, sezgilar olamni buzib ko‘rsatadilar, sezgilarga 
asoslanib fikrlash haqiqatni bilishga to‘sqinlik qiladi. Epirizm va 
ratsionalizmning xatosi shundaki, bu oqimlar bilish jarayonining ikki 
bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining amaliy faoliyatida inson 
bilishining asosiy bosqichlari va ularning shakllari muhim ahamiyat kasb 
etadi. Har bir huquqni muhofaza qiluvchi xodim moddiy olam va undagi 
voqea hodisalar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni hissiy bilishning 
asosiy shakllari sezgi, idrok va tasavvurlar orqali oladi. Hissiy bilish 
orqali olingan bilimlarni aqliy bilish uning asosiy shakllari tushuncha, 
hukm va xulosa chiqarishlarda har taraflama tahlil qilib, ma’lum bir 
xulosalarga kelinadi. Masalan, biron-bir jinoyatning oldini olish yoki 
sodir etilgan jinoyatni fosh etishda har bir III xodimlaridan o‘ta sezgir va 
hushyor bo‘lishlik talab qilinadi, shuning bilan birgalikda hissiy bilish 
orqali olingan ma’lumotlarni har taraflama mushohada qilib, ma’lum 
dalillarga asoslangan holda tafakkur orqali ilmiy jihatdan asoslangan 
xulosalar qilish talab qilinadi. Bu o‘rinda ilmiy bilishning yuqorida qayd 
qilingan bosqichlari va ularning shakllari muhim ahamiyat kasb etadi. 


 173
Moddiy olamni bilish cheksizdir, chunki u har doim harakatda, 
o‘zgarishda va taraqqiyotda bo‘ladi. Har bir tarixiy davrda inson o‘zining 
amaliy faoliyati natijasida moddiy olamni to‘liq va aniq aks ettiruvchi 
bilimlarga ega bo‘lib boradi. Bilib olingan narsalar obyektiv reallikka 
mos keladimi yoki yo‘qmi? Bu masalaning hal qilinishida haqiqat 
to‘g‘risidagi ta’limot muhim ahamiyat kasb etadi. Endi bu to‘g‘risida 
rejamizdan o‘rin olgan uchinchi savol to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 
Insonning borliqni bilishdan asosiy maqsadlardan biri – haqiqatni 
bilishdir. Xo‘sh haqiqat nima? Haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot 
nimadan iborat? 
Haqiqat masalasini ilmiy asosda hal qilishning yagona yo‘li –inson 
bilimlari bilan obyektiv borliqdagi real narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ilmiy asosda yoritib berishdir. 
Haqiqat – bu inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, narsa 
va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularni inson o‘z miyasida xuddi shunday 
in’ikos ettirgan bilimlaridir. Haqiqat – bu borliqdagi narsa va hodisalar 
yoki ularning belgi va xususiyatlarining o‘zi emas, balki ular haqidagi 
inson bilimlarining o‘sha narsa va hodisalarga, ularning belgi va 
xususiyatlariga mos kelishidir. Bu jihatdan haqiqat o‘zi ifodalagan 
bilimlarning mazmuniga ko‘ra subyektga, ya’ni biluvchi inson va 
insoniyatga bog‘liq bo‘lmasa-da, lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatidan 
inson ongiga, subyektga bog‘liq bo‘ladi. 
Inson o‘z bilish jarayonida kashf etgan tabiat va jamiyat qonunlari 
haqiqatlardir. Ular o‘zlari ifodalagan mazmunlariga ko‘ra, bir jihatdan 
insonning ongiga bog‘liq bo‘lmasa ham, boshqa jihatdan, ya’ni inson 
fikrida ifodalanganiga ko‘ra subyektivdir, inson ularni o‘z ongida aks 
ettiradi. Haqiqatan ham, bizning sezgi, idrok va tasavvurlarimiz, 
tafakkurimiz va bir butun ongimiz obyektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarni to‘g‘ri in’ikos ettiradi, ular o‘z mazmunlari jihatidan shu 
narsa va hodisalarga mos keladi. 
Haqiqat – obyektivdir. Har bir bilimning haqiqatligi obyektiv 
voqelikni to‘g‘ri aks ettirishi bilan belgilanadi. Obyektiv haqiqat inson 
va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv borliqning kishilar ongida 
to‘g‘ri in’ikos etishidir. Tabiat iqlimining yer insoniyatdan burun mavjud 
edi, degan fikri obyektiv haqiqatdir. Tabiat va jamiyat qonunlari ham 
obyektiv haqiqatdir. Bu qonunlar insonga bog‘liq bo‘lmagan, undan 
tashqarida mavjud bo‘lgan ichki, zaruriy, muhim bog‘lanishlarni 
ifodalaydi. Bu qonunlarni inson bekor qila olmaydi va o‘z ixtiyori bilan 
o‘zgartira olmaydi. 


 174
Haqiqatni bilish murakkab jarayondir. Bizning borliq haqidagi 
bilimlarimiz birdaniga, tayyor holda yuzaga kelmaydi. Biz borliqdagi 
narsa va hodisalarning avval tashqi, so‘ngra esa ichki tomonlarini bilib 
boramiz. Bunda bizning bilimlarimiz nisbiy haqiqatlardan mutlaq 
haqiqatga tomon boradi. 
Nisbiy haqiqat – bizning borliqdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi 
taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonida tuzatilib, 
to‘ldirilib borilishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir. Masalan, buni biz 
elementar zarralar haqidagi bilimlarimiz rivojlanishida ko‘rishimiz 
mumkin. XIX asr oxirida elektromagnit jarayonlar haqidagi ta’limotlar 
rivojlanishi elektron va atom yadrosi kashf etilishiga olib keldi. Oradan 
ma’lum vaqt o‘tgach yadro ham murakkab tuzilishga ega ekanligi, unda 
proton va neytron singari zarralar mavjudligi kashf etildi. Hozirgi kunda 
esa elementar zarrachalarning juda ko‘p yangi turlari ochildi. Hozir 
ma’lum bo‘lgan elementar zarralar leptonlar va androplarga bo‘linadi. 
Androplarga mezonlar va barionlar kiradi. Leptonlar gruppasiga foton, 
elektron, neytrino va boshqalar kiradi. 
Mutlaq haqiqat esa bu borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi har 
tomonlama to‘liq, aniq, mukammal, kelgusida tuzatilmaydigan, to‘ldiril-
maydigan bilimlardir. Bunday bilimlar inson tafakkurining obyektga 
cheksiz yaqinlashib borishi asosida, cheksiz nisbiy haqiqatlarning jami 
sifatida qaror topadi. Bu jihatdan nisbiy va mutlaq haqiqatlar o‘zaro 
chambarchas bog‘liqdir, ular bir-birlaridan ajralmasdir, har qanday 
mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz birligidan yuzaga keladi, 
har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning donasi, zarrasi, ulushi 
mavjud bo‘ladi. Shu asosda inson bilishi nisbiy haqiqatlardan mutlaq 
haqiqatga boradi. Inson bilishi hech qachon mutlaq haqiqatga to‘liq ega 
bo‘lmaydi, balki unga cheksiz yaqinlashib boradi. 
Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida 
mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qo‘shib boradi. 
Borliq bepoyon va cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham 
cheksiz davom etadi. Nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga cheksiz 
yaqinlashib boruvchi chegaralari tarixan shartli bo‘lsa ham, lekin bu 
mutlaq haqiqatning mavjudligi shubhasizdir. 
Inson bilimlarining rivojlanish yo‘li hamma vaqt silliq va oson 
kechavermaydi. Bilishda haqiqat sari qo‘yilgan har bir qadam fikrlar va 
qarashlarning keskin kurashlari jarayonida ro‘y berib, bunda avvalgi 
erishilgan bilimlar va qarashlar har doim cheklangan holda topilib, 


 175
ularning o‘rnini to‘laroq, mukammalroq bilimlar va qarashlar egallab 
boradi.
Shuning bilan birga, haqiqat mavhum ham emas, balki u aniq 
bilimlardir. Chunki o‘zgarmas, qotib qolgan bilimlar yo‘q, inson 
bilimlari doimo o‘zgarib boradi. Ayni bir vaqtda, ayni bir nisbatda 
haqiqat bo‘lgan bilim boshqa bir vaqtda va boshqa bir nisbatda haqiqat 
bo‘lmasligi mumkin. Bu shuni ko‘rsatadiki, haqiqat har doim konkret, 
aniq bo‘ladi. Har bir konkret sharoit va real hayot konkret haqiqatni 
vujudga keltiradi. Bilimlarning haqiqatligi ma’lum joyga, o‘ringa, vaqt 
va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va darajasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Bilimning haqiqatligini aniqlashda unga ma’lum aloqadorlik va 
bog‘lanishlardan kelib, aniq sharoit, joy, vaqt va ma’lum vaziyatni 
hisobga olgan holda yondashmoq kerak. Agar haqiqatning aniqligini, 
ya’ni har bir bilimning to‘g‘riligi ma’lum vaqt va sharoit bilan 
bog‘liqligini hisobga olmasak obyektiv voqelikni to‘g‘ri, ilmiy bilish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolamiz. Ilmiy bilishning asosiy 
shartlaridan biri har bir bilimning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini abstrakt 
holatda emas, balki konkret sharoit bilan bog‘lab hal qilish lozimdir.
O‘tmishda va hozirgi kunda bilish jarayonidagi nisbiy va mutlaq 
haqiqatlar dialektikasini to‘g‘ri tushunmaslik, haqiqatning aniqligini 
hisobga olmaslik bilish nazariyasi sohasida ikkita yanglish qarashga, 
ya’ni dogmatizm va relyativizmga olib keladi. 
«Dogmatizm» tushunchasi fanga qadimgi yunon skeptik faylasuflari 
Pirron va Zenon tomonlaridan kiritilib, bilimlarning haqiqatligiga shuhba 
bilan qarashadi. Keyinchalik nemis faylasufi I.Kant o‘zining tadqiqot 
obyekti va asosiga ega bo‘lmagan har qanday bilim bu dogmatizm deb 
biladi. Gegelda esa bu – metafizik tafakkur qilishdir. Dogmatizm 
insonning borliqni bilishda bilimlarning mutlaq tomonlarini bo‘rttirib, 
ularning nisbiy tomonlarini inkor etishdir. Dogmatizm tarafdorlari faqat 
mutlaq haqiqatni e’tirof etib, bilimlarga o‘zgarmas, qotib qolgan holda 
qarashadi. Bunday qarash insonning moddiy olamni bilishga, uni amaliy 
va nazariy o‘zlashtirish va o‘zgartirishga to‘sqinlik qiladi. 
Relyativizm (yunon. relativus – nisbiy) inson bilishida hosil bo‘lgan 
bilimlarning nisbiy tomonlarini mutlaqlashtirib, inson bilimlari faqat 
nisbiy haqiqatlardan iborat deb qarashadi. Relyativizm tarafdorlari 
mutlaq haqiqatni butunlay inkor etishadi va bilishda yo agnostitsizmga, 
yoki subyektivizmga yo‘l ochib beradi. 
Yuqorida qayd qilingan haqiqat ko‘rinishlarining to‘g‘ri talqin 
qilinishi, nafaqat moddiy olamni falsafiy bilish uchun ahamiyatga ega 


 176
bo‘lib qolmasdan, balki III xodimlarining amaliy faoliyatida ham katta 
ahamiyat kasb etadi. Har bir III xodimi jinoyatlarning oldini olish va 
sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda vaqt va sharoit bilan, surishtiruv va 
tergov jarayonida erishilgan bilim va ma’lumotlarning qanchalik 
voqelikka mos kelish yoki mos kelmasligi bilan hisoblashmaslikka iloji 
yo‘q. Bunda qayd qilingan jihatlarning, ya’ni bilimlarning obyektivligi, 
aniqligi, nisbiy va mutlaqligi, ularni to‘g‘ri talqin qilinishi muhim 
ahamiyat kasb etib, huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning amali 
faoliyatida haqiqatga erishishning yagona yo‘lini ta’minlab beradi. 
Rejamizdagi uchinchi savolga yakun yasab, shuni ta’kidlashimiz 
mumkinki, haqiqat masalasi va unga erishish juda murakkab hamda 
mas’uliyatli jarayondir. Bilish jarayonida haqiqatga erishish uning shakl 
va ko‘rinishlari bilangina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki bilishning 
darajalari hamda usullari bilan ham bog‘liqdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin