42
shaklda hind falsafasining navbatdagi mazmuni, taraqqiyot yo‘lini
belgilab bergan g‘oyalar bayon etilgan. Ularda «olami jon braxman va
yakka shaxs joni-atmanning birligi haqidagi, jonning o‘lmasligi, uning
tug‘ilishidan ikkinchi tug‘ilishga o‘tishi to‘g‘risidagi g‘oyalar ilgari
suriladi. Hozir ham hindlarda tirik maxluqlar o‘tgan ajdodlarning qayta
tirilib, shu maxluqlar qiyofasiga kirishidir, degan tasavvurlar bor. Bu
vedalardan eng muhimi «Rigveda» miloddan avval 500 yil oldin vujudga
kelgan. Rigveda (madhiyalar), «Yajurveda» (qurbonlik qilishlar),
«Samoveda» (qo‘shiqlar), «Atxorveda» (duolar)dan iborat. Bu vedalar
braxman
dinining asosini tashkil qilib, bu idealistik oqim yo‘nalishining
mazmuni shundan iboratki, birdan-bir real dunyoviy ruh braxman bo‘lib,
moddiy dunyo esa uning ijodiy mahsulidir, – deb ta’kidlashadi.
Vedalarni falsafa deb atash mushkul. Biz ular bilan tanishishda muayyan
afsonaviy olamga g‘arq bo‘lamiz. Agar hind ma’naviy hayotida
afsonadan logosga, ya’ni real ta’limotga o‘tish haqidagi qarashlar
«Upanishad»larga tegishli deyish mumkin. «Upanishad»lar» veda
dunyoqarashining tanqidiy jihatdan idrok etilishidir. Vedalar asosan
madhiyalardan iborat bo‘lsa, «Upanishad»larga dalil-asoslar muvofiq
keladi.
«Upanishad» atamasi donishmandning o‘z shogirdlariga ta’lim
berishi jarayonini anglatadi. Vaqt o‘tishi bilan
bu atama shu jarayonda
beriladigan mazmunni ifodalaydigan falsafiy matnni ham ifodalaydigan
bo‘ldi. Muayyan ma’noda «Upanishad»larni Platonning dialoglari bilan
o‘xshatish mumkin. Upanishadlarning markaziy mavzularidan biri
tug‘ilish va o‘limning abadiy «almashinuvi» g‘oyasidir. Bunday g‘oya
tirik mavjudotlarning o‘limdan keyin yana qayta tirilishini nazarda
tutadigan, ular ruhlarning ko‘chib yurishi (reinkarnatsiya) haqidagi
ta’limotga asos qilib olingan. Tug‘ilish bilan o‘lim o‘rtasidagi abadiy
qayta tiklanib turadigan sikl sansara deyiladi. Aynan ana shunday siklda
insonning eng teran «mohiyati» (atman) takror va takror qayta
tiklanaveradi.
Upanishadlarning boshqa yana bir muhim qoidasi atman bilan
braxmanning bir-biriga tenglashtirilishidir. Braxman absolut,
hamma
narsani qamrab oluvchi ilohiy sifatida tushunilgan. Atman bilan
braxmanning bir-biriga tenglashtirilishi natijasida atman (inson joni) ham
absalutdir degan tezis yuzaga keladi. Faqat ana shunday sharoitda individ
o‘limdan keyingi yangi qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi, deb ta’kidlanadi.
Upanishadlarning reinkarnatsiyaga qayta tug‘ilishga ishonch, axloqiy
43
sababiylik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sababiylik
deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Har bir kishi
o‘zi xizmat qilgan narsani oladigan olamda yashaydi, shuningdek, bu
yerda
yana keyingi hayotda yaxshiroq, holatga erishish imkoniyati ham
mavjuddir. Boshqacha aytganda, saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka,
gunohkor odamga esa yomonlikka tomon istiqbollar ochiladi. Dunyodagi
barcha nomukammalliklar va azob-uqubatlar odamning o‘z xatti-
harakatlarining oqibatidir. Biroq, muayyan tabaqaga mansublik odam
uchun yaxshi va yomon bo‘lib hisoblanadigan narsani jiddiy darajada
taqdim etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitim-
lashtiradi.
Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish huquqini o‘zlarining
bundan oldingi hayotida ishlab topgan. Shuningdek, vedalarda diniy
qarashlar bilan bir qatorda olam, odam va axloq
haqida ayrim masalalar
ham ilgari surilgan. Keyinchalik vedalarni turlicha talqin etuvchi
maktablar vujudga kela boshladi.
Hindistonda vujudga kelgan diniy-idealistik oqimlarga vedanta,
mimansa, sankkya, yoga, nyaya, vaysheshika maktablari kiradi.
Materialistik oqimlarga esa jaynizm, lokayata, chorvak maktablari
kiradi.
Miloddan oldingi VII asrlarda Hindistonda «Lokoyata» (faqat – bu
dunyoni e’tirof etuvchi kishilarning qarashlari) materialistik oqimi
vujudga keladi. Lokoyata uz davrining hukmron diniy prinsiplarini qattiq
tanqid qilib, din va idealizmning narigi dunyo to‘g‘risidagi davolarini rad
etib, bu moddiy dunyoning yagonaligini e’tirof etishadi. Bu ta’limotning
asoschisi Brixaspati bo‘lib, u Brixaspati o‘zining materialistik ta’limo-
tida asketizmga (tarkidunyochilikka) qarshi kurashib, kishilarni
yerdagi
baxtli hayot kechirish uchun kurashishga chaqiradi. Ular yerdagi
hayotdan boshqa hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari
suradilar.
Lokayata falsafiy oqimidan Chorvak falsafiy oqimi vujudga keladi.
Charvak falsafiy oqimi izchil materialistik oqimdir. Charvak (hindcha
«chor to‘rt, vak so‘z, ya’ni «to‘rt so‘z» demakdir) materialistik oqim
sifatida miloddan oldingi VI asrlarda vujudga keldi.
Charvak falsafiy oqimi vakillarining ta’limoticha, olam –moddiydir.
Moddiy olam to‘rt elementdan – suv, havo, tuproq va olovdan tashkil
topgan. Tirik tabiat shu jumladan inson ham shu moddiy elementlardan
tashkil topgan. Charvak vakillari bilish nazariyasi masalasini ham
44
materialistik hal qiladilar. Ularning fikricha,
moddiy dunyoni bilishning,
haqiqatning manbai sezgi va hissiy idrokdir. Inson va uning jamiyatdagi
o‘rni to‘g‘risida shunday fikrlarni ilgari surishadilar. Inson faqat bir
marta yashaydi. Shuning uchun, u baxtli hayot kechirishga, o‘zining
oqilona ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga intilishi kerak. Yomonlik
manbai jamiyatdagi shafqatsizlik va adolatsizlik bilan bog‘liq. Diniy
tasavvurlarning barcha tizimini, narigi dunyo va jonning ko‘chib
yurishini inkor etib, unga qarshi chiqadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: