Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə13/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong 
darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har 
qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi narsa va 
hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi. 
Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi 
dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini 
ifodalaydi. 
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday 
dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali 
ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, 
dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks 
ettirishiga putur yetadi. 
Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash 
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har 
qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 
Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo‘lib, inson manfaatlariga 
mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan 
yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi. 
Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida 
muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. 
Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy 
mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol 
g‘oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani 
e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi. 
Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya 
va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi 
ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini 
belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning 
amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim 
ahamiyatga ega. 
Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini 
belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi 
maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa 
dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. 
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai 
nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi 


 29
tarzida ko‘zga tashlanadi. Bu – falsafiy dunyoqarashning baholash 
vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib 
chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, 
oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. 
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning 
ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki 
jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan omillarga 
(ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari
vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi. 
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, 
huquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali 
boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning 
o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos 
boshqarish usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish 
uchun axloq uning aql-zakovatiga; din – iymon-e’tiqodiga; huquq – 
qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va 
o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi. 
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi 
ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi 
nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va 
ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti 
tarzida faoliyat ko‘rsatgan. 
Darhaqiqat, o‘zbek mahallalarida bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat, 
hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning uchun ham 
Islom Karimov uni «O‘zini o‘zi boshqarish maktabi... demokratiya 
darsxonasi», – deb ta’riflaydi1.
Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli 
dunyoqarash yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy g‘oyalar atrofida 
uyg‘unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog‘liq 
bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi 
tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga 
keltirishga xizmat qiladi. 
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy 
tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega 
bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi. 
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muayyan davrlarda 
falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lganligini, 
millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g‘oyasi atrofida kishilarni 


 30
birlashtirganini ko‘ramiz. Bu hol mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash 
davrida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ushbu g‘oya (ozodlik falsafasi) 
dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, 
e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan 
va umumiy kurashga safarbar qilgan. 
Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning 
manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash 
o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u 
turli ta’lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati 
natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, 
umuminsoniy tamaddun (sivilizatsiya) ta’siri o‘laroq shakllangan bo‘lsa, 
muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli 
imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. 
Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida 
zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu – 
kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida 
bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal 
qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin