Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə16/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Aqliy hujum. Bu usulda o’qituvchi o’quvchilarga topshiriq (savol) beradi, o’quvchilarning topshiriqlar borasida berilgan fikr-mulohazalari jamlanadi. O’quvchilar hamkorlikda murakkab muommoni yechishga harakat qiladilar. Uni hal etish uchun o’z shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar.
Guruh (juft) bo’lib ishlash. Darsda ishtirok etayotgan o’quvchilar guruhlarga (4 - 6 o’quvchi) bo’linib yoki juft - juft bo’lib o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajaradi.
Bahs. O’quv guruhi ikki komandaga bo’linadi. Tegishli mavzu bo’yicha bahs, munozara yuritiladi, o’zaro fikr almashiniladi .
Mehmon mashqlari. Bunda dars biron mutaxassis ishtirokida o’tkaziladi. Mutaxassis taklif etish, kutib olish, dars jarayonini tashkil etib, uni kuzatib qo’yish kabi barcha tashkiliy ishlarni o’quvchilarning o’zlari bajaradilar.
So’rovnoma o’tkazish. Fanni o’qitish davomida har bir bo’lim, bob yakunlanganidan so’ng o’qituvchi so’rovnoma o’tkazadi.
Og’zaki va yozma mashqlar. Og’zaki mashqlar ta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy fikrlashini, ularning bilish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Yozma mashqlar orqali esa o’quvchilarda tegishli ko’nikma va malakalar shakillantiriladi, chuqurlashtiriladi va mustahkamlanadi
O’z-o’zini attestatsiya qilish. Har bir ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’z faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan usuldir.
Natijalarni tahlil qilish. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga qo’ygan baholar natijasi va dars-mashg’ulotda qo’yilgan maqsadga qay darajada erishganlik tahlil etiladi.
Video materiallardan foydalanish. Dars jarayonida multimedia tizimidan, videoyozuvlardan, o’quv televideniesi, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompterlardan foydalanish.
Tadqiqot. Ta’lim oluvchilarning ayrim tadqiqot ishlarini, ya’ni diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, ularni yozish va qo’yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin