Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə17/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Improvizatsiya. Dars mashg’ulotlarida o’quvchilarning nostandart vaziyatlarni mustaqil hal eta olishlari.
Kuzatish va ma’lumotlarni yetkazish. Ta’lim oluvchilarning bir-birlarini kuzatishlari va qo’yilgan muammo bo’yicha ma’lumotlarni yetkazishi.
O’yinlar. Ishbilarmonlik yoki sahnalashtirilgan o’yinlar –muammoli vazifaning bir turi. Bunda matnli material o’rniga o’quvchilar tomonidan rollar o’ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
Loyihalash ishlari. Bu bilim va malakalarni tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi majmuaviy ta’lim usulidir. Loyiha usulida o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil etishda, tekshirishda, tahlil etishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtirok etadilar.
Kitob bilan ishlash. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o’quv materialini mustaqil o’zlashtirishi, o’z-o’zini tekshirish malakasini oshirishi, berilgan matnningmazmunini to’liq va ongli ravishda bayon eta bilishi bilan bog’liq..
Individual - amaliy usul. Ta’lim oluvchilar olgan bilimlari asosida amaliy vazifalarni hal qiladilar, ya’ni nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etadilar.
Ko’rgazmali materiallar (diagramma, karta, fotografiya, san’at asarlari, plakatlar) bilan ishlash. Ta’lim oluvchilar mustaqil holda ko’rgazmali materiallar bilan ishlashadi. Ularning o’zlari ham ko’rgazmali materiallarni tayyorlaydi.
Suhbat. Bu o’qitish va o’qishning muloqot, savol-javob usulidir. Suhbat individual holda yoki butun guruh bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Vaziyatlarni o’rganish. Ta’lim muassasalarida vujudga keladigan standart vaziyatlar o’rganiladi va ularni hal etish yo’llari ishlab chiqiladi.
Boshqalarni o’qitish. Bu usulda ta’lim oluvchilar qo’yilgan muammo bo’yicha bir-birlari bilan o’zaro axborot va ma’lumot almashadilar .
Baholash. Bunda ta’lim oluvchilar maqsadga qay darajada erishganini aniqlaydilar. Ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi orqali yoki o’zaro bir-birlarini baholashadi. Baholashning quyidagi turlari mavjud: tekshiruv, savol-javob, har xil savollarni tanlash, to’g’ri va noto’g’ri shakldagi javoblar, o’z-o’zini baholash, tengdoshining baholashi, ustozlarning fikrlari, harakatlar rejasi, har xil tavsiyalar, reyting, tadqimot, intervyu, testlar, videokamera yoki inson kuzatishi, mikrotopshiriqlar, loyihalar orqali baholash va h. k.
Yuqorida sanab o’tilgan noan’anaviy o’qitish usullari shubhasiz, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O’qitishning no’ananaviy modellarini shartli ravishda uchta turga ajratish mumkin:
- modellashtirish;
- hamkorlikda o’rganish modeli;
- o’rganishning tadqiqot modeli.
Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, ularni boshqacha tarzda markazda o’quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin