Ўzbekiston respublikasi


 Diqqatning pedagogik psixologiyada o’rganilishi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/39
tarix22.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#89120
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob (1)

5. Diqqatning pedagogik psixologiyada o’rganilishi 
Uluq rus pedagogi K. D. Ushinskiy ishlarida diqqat to’qrisida juda iliq fikrlar 
aytilgan. Uning fikricha, diqqat rushiy shayotimizning shunday yagona eshigidirki, 
ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kradi. Diqqat 
ob'ektni to’la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega.
Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok qilingan ob'ekt izlarining 
ashamiyatidan tashqari, Ushinskiy "ta'sirotning kuchi va to’plangan aktlarni 
boshqara olishni ko’rsatadi. Bolaning rivojlanishi uning diqqatini to’qri yo’naltira 
bilishdaligini muallif ko’rsatadi. Diqqatning to’laligi, barqarorligini ta'minlovchi 
to’planishning psixologik mexanizmlarini mushokama qilish sham Ushinskiyning 
asarlarida uchraydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb shisoblaydi. 
Shuning uchun diqqatni maqsadga yo’naltirib boshqara olish qiyin va murakkab 
jarayondir.
K. D. Ushinskiyning ko’rsatishicha, kishi o’z shissiyotlarini diqqat orqali 
boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yo’naltiriladi. Muallif diqqat turlarini ixtiyorsiz yoki 
passiv, ixtiyoriy yoki aktiv kabilarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning 
tomonimizdan zo’r berish orqali o’ziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni 
ob'ektivlashtirish aktiv xarakteridan biridir. Chunki u kishining o’zi orqali 
qo’zqatiladi va qo’llaniladi.


152 
K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga 
ko’ra shosil bo’ladi. Tashqi sabablar, qo’zqatuvchining kuchiga, organizmning 
ayni vaqtdagi sholatiga boqliq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning 
sezgilarimiz izlarini boqlanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini 
diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob'ekt 
ma'lum o’lchovda bo’lishi kerak.
Diqqatning psixologik tashlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muammosi bilan 
boqladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun 
asosiy omil deb shisobladi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish-idrok qilish 
paytida 
va 
asosiy 
ishdan 
tashqaridagilarga 
chalqimaslik 
tushuniladi. 
Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to’qri yo’nalishda ko’rish va 
ularning diqqatini o’zlari boshqarishga o’rgatishdan iboratdir.
K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o’tkazilgan tekshirishlar 
shuni ko’rsatib turibdiki, u ongni to’planish qobiliyatini diqqat bilan tushundi, u 
diqqatni o’rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqdi. Tabiiy-ilmiy 
tushuntirishda o’z davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi. 40-yillarda 
psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Psixologiya fani nazariya va 
tajribaga asoslangan sholda, juda ko’p muammolarni echishga muvaffaq bo’ldi. 
Nazariy jishatdan katta o’rin olgan masalalardan biri "oliy psixik funksiyalarining 
rivojlanishi va strukturasi" to’qrisidagi L. S. Vigotskiy ilgari surgan 
konsepsiyalardir. Buning asosida ikkita gipoteza yotadi.
A) psixik faoliyatning xarakteri shaqida.
B) birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlarining 
namoyon bo’lishi.
L. S. Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o’rgana borib, shular ichiga 
ixtiyoriy diqqatni sham kiritadi.
Uning fikricha, bola diqqatning tarixi-bu bola xulqining paydo bo’lishi 
tarixidir. L. S. Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda 
tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o’rganishga sham tatbiq qilgan va 
diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita 
yo’nalishini ko’rsatadi.
1. Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif mumorganik 
rivojlanishi tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimsining strukturaviy va 
funksional jishatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun shayot davomida 
bo’ladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlar mavjud.
2. 
Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatni namoyon 
bo’lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan boqliq deb tushuntiriladi.
Katta yoshdagi odamlar diqqatning psixologik mexanizmi shaqida gapirib, 
tashqi operasiya, organzmning xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi.
Madaniy rivojlanish bola tashqi mushit bilan aloqa qila boshlagandan o’sa 
boshlaydi.
Madaniy rivojlanish nazariyasining bir necha bashsbop tomonlari mavjud. 
Bulardan biri-bu bola diqqatini rivojlanishning "natural" fazasidir. L. S. Vigotskiy 
"interiorizasiya" fikrini ilgari surib, ya'ni ichki psixik faoliyatini tashqi amaliy 


153 
faoliyatidan kelib chiqishi, tashqi sharakatlarning ichki sharakatlarga, narsalarning 
obrazlariga va ular shaqidagi tushunchalarga aylanish jarayoni. Bu bilan psixik 
rivojlanishning bitta qonuniyatini ochdi, lekin bu to’la xarakteristika bo’la 
olmaydi, ya'ni bunda bu jarayon bilan birga "eksteriorizasiya" jarayoni mavjud 
ekanligi diqqat markazidan chetda qoldi.
L. S. Vigotskiyning ilmiy yutuqi shundan iboratki, u diqqat muammosini 
o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni 
tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.
L. S. Vigotskiy ishlarini A. N. Leontev ijodiy davom ettirib, ixtiyoriy diqqat 
rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqatni xatti-sharakatni boshqarishni oliy 
shaklsi va tarixiy rivojlanish mashsuli deb tushundi. Bolalarda diqqat formalarini 
tashlil qilib, 3 ta bosqich mavjud ekanligin ko’rsatadi: 
1. Natural bevosita, to’qridan-to’qri aktlardan iborat.
Bunda to’planish ixtiyorsiz namoyon bo’lib, asosan maktabgacha bo’lgan 
bolalarda vujudga keladi. Ya'ni bu bolalar o’z xulq-atvorlarini o’zlari boshqara 
boshlaydilar.
2. Tashqi belgining ashamiyatini egallash, tushuna bilishlar turadi. Bu 
bosqich boshlanqich ta'limda asosiy rol o’ynaydi.
3. 
Tashqi taassurotlarning ichki ta'sirlariga aylanish jarayoni bilan boqliq 
bo’lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo’ladi.
Uzoq vaqt A. N. Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. 
Chunonchi idrok bilan diqqat aloqasini o’rgandi. Diqqat shodisasi shunday 
shodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntiradi. A. N. 
Leontev keyingi ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni 
boshqarish, ko’rish, eshitish, qo’yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egallash 
mushim rol o’ynashini ko’rsatdi.
N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron bir obektga yo’naltirish 
va to’plash bilan boshqa obektlardan chalqish orqali tushuntirdi. Agar yo’nalish va 
to’planish ixtiyorsiz bo’lsa, ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan 
maqsadga muvofiq bo’lsa, u sholda ixtiyoriy diqqat namoyon bo’ladi. Bular 
qatorida N. F. Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning 
uchinchi turi "ixtiyoriydan keyingi diqqat"deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi 
maqsadga qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’qrisida 
N. F. Dobrinin shunday deydi:
"Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o’rin bor, lekin bu qiziqish 
faoliyatning natijasiga qiziqishdir.
Faoliyatning o’zi esa qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib 
xususiyati shundan iboratki, ya'ni natijaga qiziqish, jarayonga qiziqishga aylanadi.
Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanganda bo’ladi" 
(Dobrinin N. F. Vnimanie i yego vospitanie. Izd-vo "Pravda". M. : 1951, str. 22).
B. G. Ananev "O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash" (Vospitanie vnimanie u 
shkolnikov) nomli asarida diqqatni shamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak, 
deydi. Buning uchun mana bunday momentlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi: 
darsni to’qri tashkil qilish, ta'limning puxtaligi, o’qituvchining pedagogik 


154 
mashorati, o’quvchilarning darslardagi faoliyatini to’qri tashkil qila bilish kabilarni 
ta'kidlaydi.
B. G. Ananev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir obekt ustida to’play bilish 
kerakligini uqtiradi. Diqqat muammosini tadqiq qilish I. V. Straxov asarlarida o’z 
aksini topgan. quyida ularni asosiy moshiyatiga to’xtalib o’tamiz. Kishi diqqati 
kelib chiqishiga va ishlash uslubiga ko’ra ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning 
meshnat faoliyatiga sabab bo’ladi va meshnat jarayonining asosiy psixologik 
kompanentlardan biri bo’lib sanaladi. Diqqatning mushim belgisi faoliyat 
jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining to’planishidir. 
Psixologiyada o’rganilgan diqqatning xususiyatlari-to’planishi shar bil sifatlarda va 
rivojlanishda aks etishidir. Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda 
bo’ladi: u predmet va shodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya'ni diqqat ob'ektini ongli 
ajratish, bu vaqtda boshqa ko’p ob'ektlardan chalqish vositasi bilan aktlar tizimsini 
tashkil qiladi, to’planish meshnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni 
sham diqqat ob'ekti shisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan 
sharakatga yo’naltiriladi.
Diqqat psixikaning aloshida tomoni va shaklsi shisoblanmaydi va qandaydir 
bironta funksiyani bajarishga ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan, intensiv-psixik 
faoliyatning strukturali va funksional asosini o’zgarishga, mashsuldorligining 
oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati meshnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, meshnatqurollariga 
yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki shar xil faoliyat turlarida shar 
xil bajariladigan meshnat operasiyalari va vositalri kishi meshnat predmetiga ta'sir 
qiladi.
Bularga boqliq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o’rganish va shar xil 
obrazli psixologik muammolar vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirishlar asosida 
diqqat ko’p funksiyali jarayondir, degan xudlosaga I. V. Straxov keladi. Bu 
funksiyalarni praktik bajarish-meshnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan 
birontasining shart-sharoiti mashsuldorligidir. Faoliyatning shar bir turi diqqatga 
aloshida mas'uliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyatning shu 
turiga to’qri kelishi juda mushimdir.
Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayonining tiniq va 
asosli bo’lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa ijodiy ilshomlanishning shisobga 
olmaganda, diqqatning qidirish orientirovkasi mushim ashamiyatga ega.
Diqqatning nazorat qilish-tuzatish funksiyasi sham kam ashamiyatli emas. 
Uning shakllari meshnat va o’quv faoliyatining shar xil davrlarida bir xil 
bo’lmaydi.
Diqqat aloshida kishilarning munosabatldarida, kollektivda xarakterli 
funksiya bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik 
sholatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (meshribonlikda, qamxo’rlikda, 
ishdagi yordamda) aks etadi.
Ziyraklikning meshnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixologik 
ashamiyatga ega bo’ladi. Bunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi o’rganiladi.


155 
Uning aks etishining yaqqol shakllari va tarbiyalash shaqida ko’rib chiqiladi. 
Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning tashlilida va shaxs psixologiyasida yangi 
yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini 
sintez qilishga sharakat qilishdir.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki, I. V. Straxov diqqatning 
bilish jarayonidagi ashamiyatiga, uning aktiv psixologik aks ettirish imkoniyatiga 
aloshida e'tibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan 
aloqasida keng va chuqur aks etishida mushim mexanizmdir.
Diqqat shaxsning yo’nalishida to’plangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng 
ma'noda bu so’z asosida eshtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar bor. 
Diqqat psixik jarayonlar strukturasida ko’rsatilgan omillardan xosil qilingan 
shodisa sifatidagina qatnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga 
munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Bunga misollardan biri - 
diqqat va ziyraklikning pedagogik takt (odob)ning shakllanishida psixologik shart-
sharoitligidir.
I. V. Straxov "Diqqat va nutq" muammos bo’yicha tadqiqot ishlarini olib 
borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini shamda tasviriy faoliyatni tashlil qiladi. 
U o’quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tashlil qiladi va o’rganadi.
Muallifning ta'kidlashicha, diqqatni nutqiy boshqarish quyidagi omillarda 
ko’rinadi: predmetni nomlashda yoki maqsadli sharakatlarga to’plashda, faoliyatni 
rejalarshtirishda, diqqatni ilgarilab ketish aktlarida, qidirish faoliyatida, diqqatni 
ko’chish jarayonining verbalizasiyasida, diqqatni nazorat qilish funksiyasini 
aktivlashtirishda, ziyraklikning aks etishida va uning axloqiy-psixologik 
ashamiyatida.
Diqqatni va butun faoliyat jarayonini boshqarish nutqning ichki va tashqi 
turlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, bu boshqarishda muallif fikricha, integral (yuqoridagi ikki nutq 
turi oraliqidagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, grafik 
sharakatlarni amalga oshirish, aqliy-nutqiy jarayonlar ularni anglash va yo’naltirish 
bilan birga boradi.
Shunday qilib, diqqatni boshqarish va uni tarbiyalash, o’quvchilarda 
rivojlantirish masalasi I. V. Staxov tomonidan atroflicha o’rganilgan (Straxov I. V
Vospitanie vnimanie u shkolnikov. M. :Uchpedgiz, 1958).
Psixolog N. V. Kuzmini fikricha, o’qituvchilarning dars davomida 
berilayotgan bilimini qanchalik o’zlashtira olishini tekshirib, bunda asosiy va
etakchi rol diqqat jarayoni o’ynaydi. Shuning uchun sham ta'lim-tarbiya 
jarayonida shammadan avval tarbiyachi o’quvchining diqqatini torta bilishlik 
tarbiyachining asosiy maqsadi bo’lishi kerak. Bu esa o’tiladigan materialni 
o’qituvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatning 
tarbiyalanishi va shakllanishi sham vujudga keladi.
F. N. Gonobolin, M. R. Raxmanova, D. T. Elkin, V. V. Repkin va boshqa 
qator tadqiqotchilar ta'lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda diqqatning namoyon 
bo’lishi, kechishi, rivojlanishi, o’ziga xos xossalari, individualligi kabi jishatlar 
o’rganilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarga baqishlangan ijodiy 


156 
izlanishlar miqdori undan sham ko’pdir. Biz bu o’rinda ularga o’z 
munosabatimizni bildirmaymiz.
Shunday qilib, biz yuqorida ko’pgina adabiyotlar bilan tanishib, ularda 
diqqat kateoriyasi qay tarzda qo’yilganligini ko’zdan kechirdik. Ob'ektiv 
voqelikdagi narsa va shodisalar, sub'ektiv kechinmalar diqqat ob'ekti bo’lib 
shisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqelikka nisbatan tanlab munosabatda 
bo’lish xususiyati namoyon bo’ladi. O’quvchi biror ob'ektga diqqat qilar ekan, ayni 
bir paytda qolgan narsa va shodisalarni ong doirasidan chetda qoldirmaydi. To shu 
kunga qadar ko’pgina psixologlar (xosh chet el, xosh sobiq sovet bo’lishidan qat'i 
nazar) diqqatni maktab o’quvchilarida tarbiyalash, o’stirish va aktivlashtirish 
to’qrisida muloshaza yuritib kelmoqdalar. Bizningcha, diqqatni an'anaviy uslubga 
tayangan sholda maxsus vositalar yordamida darsdan tashqari qiziqarli materiallar 
shisobiga takomillashtirish yuzasidan muloshaza yuritishdan ko’ra, balki ta'lim 
jarayonida o’quvchilar tomonidan fan asoslarini o’zlashtirish kezida uni (diqqatni) 
shakllantirib borish zarur. Buning uchun diqqatni shakllantirishga bevosita ta'sir 
qiluvchi quyidagi usullardan ayni muddao bo’lar edi. (E. /. /oziev): materiallarga 
ko’z yugurtirish, materiallarni tasavvur qilish, ko’rgazmali materiallarni o’qish, 
chuqur tashlil qilish, gaplardan xato topish, mantiqiy urquga e'tibor berish, 
mantiqiy nuqsonni topish.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin