*zbekiston respublikasi


 Faoliyatni interiorizasiyalash va ekstreoriozasiyalash



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix14.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#97782
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
zbekiston respublikasi

3. Faoliyatni interiorizasiyalash va ekstreoriozasiyalash 
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish 
imkoniyati va shali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay 
tarzda in'ikos etilishi kuchli qiziqish uyg’otadi. Bu hodisani izoshlashning yagona 
yo’li - u ham bo’lsa borliqning muhim shususiyati shisoblanmish qonuniyatning 
mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera shisobga olinmaganda) barcha narsalar, 
munosabatlar, xususiyatlar, hart-haroitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy 
bog’liqlikka ega bo’lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bu holatdan 
ikkinchisiga o’tadi.
Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug’ga aylanadi, harorat pasaysa, u 
muzlaydi, shavo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bashor ketidan yoz keladi, 
narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois ob'ekt bilan hodisa 


o’rtasidagi o’zgarmas, barqaror munosabatlar, ob'ektning muhim xususiyatlari 
hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning 
mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish 
imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki 
timsoliy (psixik) faoliyat tarzida shis etiladi. Ob'ektlarga yo’naltirilgan yaqqol 
harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo’ljallangan timsoliy jarayon bilan 
almashtiriladi.
Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga 
mana shu tarzda o’tish jarayoni interiorizasiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. 
Interiorizasiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin 
va ularning shogirdlari tomonidan turli jabshalarda tadqiqot qilingan. 
Interiorizasiya harofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok 
maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo’ldi. 
Shu narsa ma'lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib so’z, o’zgarish 
vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so’zlarni to’g’ri 
ishlatishga 
odatlanish 
favqulodda 
buyumlarning 
muhim 
xususiyatlarini 
axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir. 
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki 
eshtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va 
talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning 
anglanilganligi va unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va 
unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog’liq ekanligi inson 
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi. 
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) 
tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko’zga tashlanadi. Inson faoliyatining 
tashqi jabshasi uning atrof mushitga ta'sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa'i-harakatlar 
ichki (psixik) jishatiga bog’liq bo’lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va 
boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabsha o’z navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va 
jarayonlar xususiyatlarini o’zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq 
tarzda qayta o’zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini, 
natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni 
uzluksiz ravishda yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda 
tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriozasiyalashuvi 
(tashqi tarzga aylanishi) deb basholash maqsadga muvofiq. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin