Zoologiya har bir bob bo’yicha testlar



Yüklə 361,34 Kb.
səhifə41/45
tarix03.12.2022
ölçüsü361,34 Kb.
#72066
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
7 Zoologiya 101219193047

8-VARIANT.

1.. Nerv tugunlari tarqoq holda joylashgan hayvonlarda ko’rsating?


A) Tok shillig’I, bitiniya, gidra
B) Evglena, meduza
C) Baqachanoq, qisqichbaqa
D) O’rgimchak, chayon, aktiniya
2. Evolyutsiya jarayonda tuban xordalilarda nima bo’lishi natijasida lansetnikka o’xshash tuban xordalilardan baliqlar kelib chiqqan?
A) muskullari bo’g’im bo’lib joylashishi, qon aylanish sistemasida yurak paydo bo’lgan
B) xordasi bo’lishi, ayirish sistemasi sirtmoqqa o’xshash naychadan iborat bo’lishi
C) xordasi umurtqa pog’onaga aylanishi, qon aylanish sistemasida yurak paydo bo’lishi
D) jabra bilan nafas olishi, muskullarining bo’g’im bo’lib joylashishi
3. Bit qaysi turkumga mansub hayvon?
A) to’g’ri qanotli B) pardaqanotli
C) bit D) ikki qanotli
4. Askaridaning og’iz teshigi qayerda joylashgan?
A) Tanasining keyingi tomonida
B) Tanasining oldingi tomonida
C) Tanasining o’rtasida
D) Og’iz teshigi bo’lmaydi
5. Maxsus sezgi organlari bo’lmaydigan hayvonlarni ko’rsating?
A) Yomg’ir chuvalchang, baqachanoq
B) Nereida, oq planariya
C) Sadafdor, suv shillig’i
D) Gidra, meduza, asalari, aktiniya
6. Paypaslagichlarning asosiy bo’gimlari pastki jag’lar vazifasini bajaradi – qaysi hayvonlarda?
A) O’rgimchak B) Kana
C) Hasharot D) Qisqichbaqa
7. Qo’ng’izning qaysi jag’lari va lablari bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’minlangan?
A) Yuqorigi jag’, pastki lab
B) Pastki jag’, yuqorigi lab
C) Pastki lab, pastki jag’
D) Yuqorigi lab, pastki lab
8. Amudaryo etaklarida va uning o’rta oqimlarida uchraydigan hayvonga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) eshitish organi o’rta va ichki quloqdan iborat 2) miyachasi harakatlanishni ta’minlaydi 3) karpsimonlar turkumiga mansub 4) jabrasi orqali nafas oladi 5) yuragi uch kamerali 6) qon aylanish doirasi ikkita 7) toq suzgichlari uchta 8) uzunligi 1 metr 9) bo’g’imoyoqlilar tipi vakili bilan oziqlanadi 10) juft suzgichlari ikkita 11) xordasi butun umri davomida saqlanib qoladi 12) ko’zlari orqali narsalarning rangi va shaklini farq qiladi 13) jabradan orqaroqda yuragi joylashgan, qon aylanish sistemasi ochiq 14) og’irligi ikki gr
A) 1.3.6.11. B) 2.4.10.11
C) 2.3.7.13. D) 2.7.9.12.
9. Quyidagi baliqlarga xos xususiyatni juftlab ko’rsating.
1) dengiz otchasi 2) tikandum 3) moybaliq 4) keta 5) oq amur 6) qilqo’yruq
a) daryo va ko’llarda uchraydi b) o’q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan c) yuragi uch kamerali d) yuragiga keluvchi qon tomir arteriya deyiladi e) tana skeleti suyakdan iborat g) suzgich pufagi ichagining ustida joylashgan j) suyakli baliqlar sinfiga mansub k) xordalilar sinfiga mansub v) jabrasi orqali nafas oladi.
A) 1.v 3.e 4.j 6.k B) 1.v 2.g 5.e 6.j
C) 2.v 3.e 4.b 5.e D) 2.v 4.c 5.b 6.k
10. Oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig’ichga o’xshab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadigan hayvonlar qaysi turkumga mansub?
A) tangachaqanotlilar B) ninachilar
C) ikkiqanotlilar D) to’g’riqanotlilar
11. Bir necha million tuxum qo’yadigan hayvonga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) o’pkasi orqali nafas oladi 2) juft suzgichlari to’rtta 3) mo’ylovi tuyg’u vazifasini bajaradi 4) yuragi uch kamerali 5) jabrasi orqali nafas oladi 6) umurtqasiz 7) nasliga g’amxo’rlik qilmaydi 8) toq suzgichlari uch juft 9) ko’zlari qovoqsiz 10) erkaklarida ikkita urug’don, urg’ochisida bir juft tuxumdon bo’ladi 11) eshitish organi ichki quloqdan iborat 12) boshqa umurtqali hayvonlardan skeleti tuzilishi jihatdan kamar suyaklari umurtqa pog’onasiga birikkanligi bilan farq qiladi
A) 2.5.9.12. B) 3.5.7.11. C) 2.4.8.10. D) 3.4.8.12.
12. Boshko’krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan va muskullari organlar atrofida to’p-to’p bo’lib joylashgan hayvonni murakkab ko’zlari nechta?
A) 8 B) 2 C) bir nechta D) 4
13. Zog’ora baliqning qon aylanish doirasida qon harakati qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yurak bo’lmasi-qorincha-qon aortasi-jabra arteriya-kapillyar-orqa vena-vena-yurak bo’lmasi
B) yurak bo’lmasi-qorincha-qon aortasi-jabra arteriya-kapillyar-orqa aorta-arteriya-kapillyar-vena-yurak bo’lmasi
C) yurak qorinchasi-qon aortasi-jabra arteriya-kapillyar-orqa vena-vena-yurak bo’lmasi
D) yurak qorinchasi-qon aortasi-jabra arteriya-kapillyar-orqa aorta-arteriya-kapillyar-vena-yurak bo’lmasi
14. Lansetni teri ostida nerv nayi bo’ylab bir tekis joylashgan hujayralar nima vazifani bajaradi?
A) kimyoviy va mexanik ta’sirini sezadi
B) yorug’lik va haroratni, issiqlik, mexanik ta’sirni sezadi
C) ko’rish
D) eshitish
15. Gidrani ektoderma hujayralari qanday vazifa bajaradi juftlab ko’rsating.
1) otuvchi 2) bezli 3) oraliq 4) teri muskul 5) xivchinli 6) nerv a) hazm qilish b) regeneratsiya c) o’ljani falajlash d) shira ishlab chiqarish e) ta’sirlanish g) harakatlanish
A) 1.c 3.b 5.a 6.e B) 1.b 3.d 4.g 6.e
C) 2.a 4.g 5.c 6.b D) 1.c 3.b 4.g 6.e
16. Urg’ochilarida bir juft tuxumdon, erkaklarida bir juft urug’donlari bo’lmagan hayvonlarni ko’rsating.
1) zog’ora 2) zorka 3) chigirtka 4) askarida 5) treska 6) kulrang satir 7) gijja 8) ninachi 9) losos 10) gorbusha 11) qandala 12) nematoda 13) burga 14) qo’ng’iz
A) 1.5.9.10. B) 3.6.8.14.
C) 2.4.7.13. D) 1.3.9.11.
17. Tanasi kichik boshko’krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa ega bo’lgan hayvonni qon aylanish doirasida qon va gazlar harakatiqaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Yurak-O2-arteriya-O2-to’qima-CO2-vena-CO2-jabra-O2-yurak bo’shlig’i
B) Yurak-O2-arteriya-O2-to’qima-CO2-vena-CO2-o’pka-O2-yurak bo’shlig’i
C) Yurak-CO2-vena-O2-to’qima-CO2-vena-CO2-jabra-O2-yurak bo’shlig’i
D) Yurak-CO2-vena-O2-to’qima-CO2-vena-CO2-o’pka-O2-yurak bo’shlig’i
18. Ishchi arilarga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1) voyaga yetgan urg’ochi 2) oddiy ko’zlari uchta 3) ko’zlari sariq va ko’k ranglarni yaxshi farq qiladi 4) ko’zlari qizil nurlarni sezmaydi 5) voyaga yetmagan urg’ochilar 6) murakkab ko’zlari ikki juft 7) uyani tozalaydi 8) uyani qo’riqlaydi 9) tangachaqanotlilar turkumiga mansub 10) pardaqanotlilar turkumiga mansub
A) 2.3.7.10. B) 1.4.6.9.
C) 1.3.6.8. D) 2.5.6.8.
19. Nerv hujayralari tananing oldingi tomonida to’planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladigan hayvon qaysi tip vakillari bilan oziqlanadi?
A) bo’g’imoyoqlilar, ko’p tukli halqalilar
B) o’rgimchaksimon, hasharotlar
C) halqali chuvalchanglar, ko’p hujayralilar
D) bo’g’imoyoqlilar, halqali chuvalchanglar
20. Nozema pashshasi parazitlik qiladigan hayvonlar qaysi turkumga mansub?
A) ikki qanotlilar, to’g’riqanotlilar
B) pardaqanotli, ikki qanotlilar
C) tangachaqanotlilar, to’g’riqanotlilar
D) pardaqanotli, tangachaqanotlilar
21. Uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko’p tuxum qo’yadigan hayvonga xos xususiyatni aniqlang?
1.qon aylanish sistemasi yopiq 2.bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub 3.ayirish sistemasi yashil bez va va ularning naychalaridan iborat 4.nerv tugunlari bir necha juft 5.qon aylanish sistemasi ochiq 6.traxeyasi orqali nafas oladi 7.suv o’tlari, bakteriyalarni qirib olib oziqlanadi 8.tanasi boshko’krak va qorindan iborat 9.o’pkasi orqali nafas oladi 10.jabrasi orqali nafas oladi
A) 2.6.8 B) 1.2.9
C) 4.7.9 D) 2.5.9
22. To’g’ri fikrni aniqlang?
A) Krab jabralari orqali nafas oladi, daryoda yashaydi
B) O’rgimchakni qon aylanish sistemasi ochiq
C) Chayonni ustki jag’i qisqichga aylangan
D) Qoraqurt zahar bezi ot va tuyalarga ta’sir ko’rsatmaydi
23. Qaysi hayvonlar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan, tropik dengizlarda ayniqsa ko’p uchraydi?
A) dafniya, siklop B) boshoyoqli molyuska
C) to’garak cho’valchang D) oq planariya
24. Quyidagi hayvonlarga xos to’g’ri fikrni juftlab ko’rsating?
1) nereida 2) odam askaridasi 3) qutb meduzasi 4) exinokokk
5) triponosoma 6) qoramol tasmasimon chuvalchangi 7) aktiniya 8) zubr
a) ingichka ichakda yashaydi b) dengizda yashaydi s) qon zardobida yashab uyqu kasalligini keltirib chiqaradi d) tanasi uchta qismdan iborat j) finnasi orqali odam yuqtirib oladi g) diametri 0.5 mm z) yo’qolib ketish xavfi ostida e) qora dengizda uchraydi k) og’iz atrofida paypaslagichlari bir qator bo’lib joylashgan
A) 1b 2a 5s 7k B) 2a 5s 6d 8z
C) 1b 3e 4j 6d D) 2a 4j 7k 8z
25. Chuvalchang, qisqichbaqasimon va hasharotlar lichinkalari bilan oziqlanadigan hayvonni og’zi qayerda joylashgan?
A) boshining osti B) soyabon markazi
C) tanasining yon tomoni D) qorni
26. Meduzalar nimalar bilan oziqlanadi. Shu oziq bilan oq planariya ham oziqlansin.
A) baliq chavoqlari, chuvalchang
B) hasharot lichinkasi, qisqichbaqasimon
C) chuvalchang, qisqichbaqasimon
D) hasharot, baliq chavoqlari
27. Havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda beso’naqay qadam tashlaydigan hayvon qaysi turkumga kiradi?
A) yapaloqqush B) g’ozsimon
C) kunduzgi yirtqich D) chumchuqsimon
28. To’g’ri fikrni aniqlang.
A) xongul va to’ng’iz bilan oziqlanadigan hayvon Uzoq Sharq va O’rta Osiyoda uchraydi
B) Amudaryo etaklari va Zarafshonni quyi oqimlarida uchraydigan hayvon o’simlik bilan oziqlanadi
C) tanasi suyri shaklda bo’lgan hayvonlar 90000 turni o’z ichiga oladi
D) yovvoyi o’rdak erkagining boshi yashil, bo’yni oq, urg’ochisining tumshug’i qizg’ish, dumi yashil rangda bo’ladi
29. Tog’ o’rmonlari, to’qay va dashtlarda yashaydigan hayvonga xos xususiyatlarni aniqlang?
1) kunduzi ovga chiqadi 2) yirtqichlar turkumiga mansub
3) oyoqlari kalta, tanasi ingichka 4) ter bezlari rivojlangan
5) tangachalar o’zgarib yog’ qatlamini hosil qilgan 6) qoziq tishi bo’lmaydi 7) inlarini jarliklar va tepaliklar yonbag’riga quradi
8) uchinchi qovog’i bo’lmaydi 9) ter bezlari bo’lmaydi
10) ayiqsimonlar oilasiga mansub 11) xordalilar tipiga mansub 12) kechasi ovga chiqadi
A) 2.5.7.12 B) 3.4.7.11
C) 1.2.3.8 D) 1.5.6.8
30. Uzunligi 120 sm, vazni 45 kg keladigan hayvonni qanotlari qanday tuzilgan?
A) uzun va ingichka bo’lib, eshkakka aylangan
B) qanotlari bo’lmaydi
C) kalta va yo’g’on bo’ladi
D) kalta va ingichka bo’lib, eshkakka aylangan



Yüklə 361,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin