H -← H
Ca NH4
(TSK) +(NH4)2SO4→(TSK) NH4 + CaSO4
Ca ← Ca
NH4+ kationlar tuproqqa yutiladi va singdirish kompleksidagi birikmalarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Shu bilan birga uning tuproqdagi harakatchanligi va ko’p namlanish sharoitida yuvilib ketish havfi kamayadi. Ammoniyli o’g’itlarni kuzgi shudgorlash paytida solish mumkin. Ular asosan, ekishgacha asosiy o’g’it sifatida solinadi.
Qatorlarga yoki uyalarga ammoniyli o’g’itlar solishning unchalik yaxshi emasligiga sabab shuki, yosh navdalarga ammoniyli azotning ko’plab kelishi ortiqcha ammiakning zaxarli ta’siri tufayli salbiy natija beripsh mumkin, bundan tashqari ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaganligi uchun ammoniyli . azotdan foydalanish qiyinroq bo’ladi, chunki u tuproqda sekin siljiydi.
Katorlarga va uyalarga solingan nitratli o’gitlar yaxshi samara beradi. Vaqt o’tishi bilan nitratli va ammoniyli o’gatlarning harakatchanligi orasidagi farq yo’qolib boradi, chunki ammoniy azoti asta- sekin nitrifikasiyaga uchraydi va nitrat shaklga o’tadi.
Sug’orish paytida, ayniqsa bostirib sug’oriladigan sharoitda o’stiriladigan sholiga ammoniy sulfat solnsh juda samaralidir, chunki bunda kislorod kam bo’ladi, nitrifikasiya jarayoni sekinlashadi.
Ammiakli selitra- NH4NO3 tarkibida-34,6% azot bo’ladi Nitrat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali olinadiu
NH3 + HNP3 = NH4NO3
Selitra oq yoki sarg’ish kristallar holida va katgaligi 1-3 mm keladigan turli shakldagi donachalar holida ishlab chiqiladi. Donador selitrada gigroskopiklik kamroq, u kam mushtlashab qoladi, yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bu o’g’itni barcha ekinlarga va har qanday tuproqda ishlatish mumkin.
Namligi kamroq hududlarda azotning yuvilib ketipsh, havfidan qo’rqmay uni kuzda solish mumkin.
Tuproqda NH4 NO3 tuproqning singdirish kompleksi bilan o’zaro ta’sirlashadi. Kation NH4+ tuproq kolloidlariga yutiladi, NO3 anion tuproq eritmasida qolib, yuqori harakatchanligini saqlaydi.
Asoslarga to’yingan tuproqlarda (bo’ztuproq, qoratuproqda) eritmada neytral tuzlar - kalsiy (yoki magniy) nitrat hosil bo’ladi va katta dozalarda o’g’it sistemali ravishda solib turilganda ham tuproq eritmasi kislotali bo’lmaydi.
Mochevina (karbamid)-CO (NH2 tarkibida- 46% azot.
bo’ladi.
Ammiak va karbonat angidridni yuqori bosim va tempera-turada sintezlash yo’li bilan olinadi: 2NH3+CO2(NH2)2+H2O
Suvda yaxshi eriydi, donadorlashtirilgan mochevina yaxshi fizik xossalarga ega, deyarli mushtlashib qolmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi.
Mochevina tuproqqa solingandan keyin dastlabki kuplarda . ammonifakasiyalapadi, bunda ammoniy karbonat (NH4)CO3 hosil bo’lishi tufayli tuproq vaqtincha ishqoriylashadi va ammoniy karbonat nitrifikasiyalangan sari tuproqning ishqoriylashuvi kamayib, tuproq ma’lu m darajada kislotali bo’lib qoladn. Mochevinani sabzavot va mevali ekinlarga ildizdan tashqari : s oziqlantdrish uchun, shuningdek bug’doyga dondagn oqsil miqdorini oshirish maqsadida uning etilipsh vaqtida kechki oziqlantirish uchun ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |