O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JISMONIY MADANIYAT,SPORT VA MAKTABGACHA TAʼLIM FAKULTETI “MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TAʼLIM JISMONIY TARBIYA VA SPORTI” YO‘NALISHI 1-KURS 104 - GURUH TALABASI AZZAMOVA AZIZANING JISMONIY TARBIYA VA SPORT METROLOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN Taqdimot ishi MAVZU: JISMONIY TARBIYA VA SPORT METROLOGIYASI O'LCHASH NATIJALARIGA STATISTIK QAYTA ISHLOV BERISH USULLARI.
Kirish O‘zbekiston Respublikasida aholisining moddiy va ma’naviy hayot darajasi oshib bormoqda, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy–texnik bazasini mustahkamlash borasidagi sa’y harakatlar amalga oshirilmoqda va yuqori malakali pedagog va murabbiy kadrlar mavjud, ayniqsa, bolalar va ayollar sportini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz aholisi uchun, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishlari uchun yoshi, jinsi, kasbi, tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barcha imkoniyatlar mavjud.
Sport murabbiylari, pedagoglar va sohaning boshqa mutaxassislari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishlarida, sportchi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar to‘g‘risida doimiy axborot bo‘lgan taqdirdagina o‘z faoliyatlarining samarasini oshirishlari mumkin. Bunday ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash, trenirovka mashg‘ulotlarining asosiy yo‘nalishlarini tanlash, tayyorgarlik ishlarini sifatli rejalashtirish va dasturlash imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda sport metrologiyasi ham ilmiy, ham o‘quv fani sifatida rivojlanishda davom etmoqda. Shuning uchun, o‘quvchilar – odamning harakat imkoniyatlarini testlashning nazariy asoslarini, sport–pedagogik o‘lchashlarning nazariyasini hamda sport–pedagogik o‘lchashlarni tahlil qilishning matematik statistika usullarini va baholash nazariyasini, jismoniy tarbiya va sportda qo‘llaniladigan ma’lumotlarini o‘lchash va tahlil qilish tizimlari va usullarini, texnik prinsiplarini pedagogik nazorat masalalarini bilishlari va amaliy ishlarida qo‘llashlari zarur.
1. Sport metrologiya fani va uning vazifalari Metrologiya so‘zi yunon tilidan tarjima qilinganda «o‘lchash haqidagi fan» degan ma’noni anglatadi, ya’ni «metron» – o‘lchash, «logos» – fan.
Umumiy metrologiyaning asosiy vazifasi – o‘lchovlarning birligi va aniqligini ta’minlash. Sport metrologiyasi ilmiy fan sifatida umumiy metrologiyaning bir qismi hisoblanadi va uning vazifalari – sportdagi ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va o‘lchashdan iborat.