Azzamova azizaning jismoniy tarbiya va sport metrologiyasi fanidan tayyorlagan



Yüklə 20,16 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü20,16 Kb.
#211631
1   2   3   4   5
JISMONIY TARBIYA VA SPORT METROLOGIYASI O\'LCHASH NATIJALARIGA STATISTIK QAYTA ISHLOV BERISH USULLARI.

Sportda baholash shkalalari. Sport natijalari, odatda, absolyut sonlarda ifodalanadi (metr, soniya, kilogramm va h.k.). Turli sportchilarning ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash yoki bir sportchining har xil sport turlari bo‘yicha (masalan: ko‘pkurash) jamlanma natijasini baholash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, bunday ko‘rsatkichlar nisbiy sonlarga (ochkolar, ballar va boshqalar) o‘tkaziladi. Absolyut kattaliklarni nisbiyga o‘tkazish jarayoni baholash, olingan nisbiy sonlar baholar deyiladi.
3. Sportda jismoniy rivojlanganlikni aniqlash
Fiziologiya fanida «Bolaning jismoniy tarbiyasi» sog‘likni saqlash va mustahkamlash, mushak kuchini rivojlantirish, harakat tezligi, chidamlilik, moslashuvchanlik, yepchillik, muvozanati, organizmning tashqi noxush ta’sirlarga chidamliligini oshirish, shuningdek, maktabdagi aqliy hamda jismoniy yuklamalardan kengi zo‘riqishlar ta’siri tushunchasini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish- organizmning ma’lum hayot bosqichida insonning jismoniy kuchi va samaradorligi zaxirasini belgilovchi morfologik va funksional xususiyatlari majmuasi. Jismoniy rivojlanishni baholash uchun odam tanasi va uning alohida qismlarini o‘lchashdan iborat tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometrik1 o‘lchash ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Somatometriya -bo‘y uzunligi (tik va o‘tirish), ko‘ndalang o‘lchamlari, tana og‘irligi, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi, oyoq-qo‘llar, yelka va to‘sh suyagi kengligini o‘lchash; Somatoskopiya -tana tuzilishi va umumiy o‘z-o‘zini his qilishni tashqi belgilar bilan baholash (tashqi integument holati, suyak skeleti, muskullarning rivojlanishi, yog‘ning cho‘kish darajasi, qad-qomatning xususiyatlari, oyoqlarning shakli, balog‘atga yetish darajasi); Fiziometriya -tana funksiyalarini o‘rganish (o‘pkaning hayotiy sig‘imi, qon tomir yurish tezligi, artiral bosim, qo‘l va tik kuch va boshqalar.) fizik asboblar yordamida (tonometr, spirometr, qo‘l va tana kuchi va boshqalar.).

Yüklə 20,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin