9-MA’RUZA
Mavzu: Tog‘ay-suyakli baliqlar. Osyotrsimon baliqlar va Shu’laqanotli baliqlar.
Ularning biologiyasi.
Reja:
1.Osyotrsimon
baliqlarning sistematik, biologik, ovlanish xususiyatlari.
2. MDH mamlakatlari va qo‘shni mamlakatlar suv havzalaridagi vakillari.
3. Shu’laqanotli baliqlarning umurtqali hayvonlar va baliqsimonlarning eng gullab yashayotgan
guruhi sifatidagi sistematik holati.
Tayanch iboralar
: Chavoq, protein, polietelen, artemia, tubifextrubochnik , granula,
segoletka,
intensiv, uvildiriq, chavoq, malki, molod, sadok, ekstinsiv, bentos,
plankton,
bonitirovka, inkubatsiya, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya,
xorda fitoplankton,
ekotizim, biokatalizator, primiks,
Osetrasimonlar turkumi. Osetrasimonlar oilasi. Osetrasimonlar t
og‘ay-suyakli
baliqlar (
Chondros
) hisoblanadi. Bu kenja sinfi o‘z
ichiga faqat Osyotrsimonlar
(
Acipenseriformes
) turkumini oladi.
Osyotrsimon baliqlar xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho
go‘sht va qora ikra olinadi.
SHuning uchun osetrasimonlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
Osetrasimonlar tuzilishlarida qadimgi belgilar saqlanib qolgan. Tanasida beshta bo‘ylama
qator rombsimon suyak plastinlar mavjud. Suyak plastin ganoidli tangachalarning rudiment
organi hisoblanadi. Ganoidli tangachalar - fulkr asosan dum suzgichlarining yuqori qismda
saqlangan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining
uchida qazg‘ichi (rostrumi) bor, uning tagida og‘iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum
suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi.
Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar
gavdasi
bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi.
Ichki sklet tog‘aydan iborat.O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan
o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yo‘llari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog‘aydan
tashkil topgan, lekin uning qopqog‘i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi
suyaklardan iborat. SHuning uchun bular tog‘ay-suyakli baliqlar yoki tog‘ay-gonoidli
baliqlar
deyiladi. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor.
Dostları ilə paylaş: