B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/99
tarix05.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152443
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Moddalar almashinuvi
. Barcha tirik mavjudotlardagi singari baliqlar organizmida ham 
xilma-xil va murakkab jarayonlar sodir bo‘lib turadi. Bu jarayonlarning majmuyi moddalar 
almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq
moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar 
organizmning o‘sishi, nasl qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo‘ladi. 
 
2.6-rasm. Baliqlarning ovqat hazm qilish va ayrish sistemasi. 
Jinsiy sistemasi. Yerkak akulaning urug’donlari bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida 
bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga 
o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset 
bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i 
vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, 
qorin yuzasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’llarining 
keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik 
yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi.
 


2.7-rasm. Yerkak akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi:
l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik-tanosil so’rg’ichi, 4-chap urug’don (o’ng urug’don 
ko’rsatilmagan), 5-urug’ chiqaruvchi kanallar, 6-urug’ yo’li, 7-urug’ pufagi, 8-qizilo’ngach, 9-
jigar, 10-qorin juft suzgichiniug kopulyativ o’sig’i, 11-kloaka bo’shlig’i. 
Yerkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan 
spyermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga 
tushadi va bu yyerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ 
pufakchalarining devorlari qisqarib, spyermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yyerdan 
kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin