B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


-rasm. Urg’ochi akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/99
tarix05.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152443
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

2.8-rasm. Urg’ochi akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi: 
l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik so’rg’ichi, 4-chap tuxumdon (o’ng tuxumdon ko’rsatilmagan), 
5-tuxum yo’li, 6-har ikJki tuxum yo’li uchun umumiy voronka, 
7-qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo’li teshigi, 10-qizilo’ngach, 11-jigar, 12-kloaka bo’shlig’i. 
Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft 
tuxum yo’llari (myullyerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarining 
oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy-
lashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda 
bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu 
bo’rtmaning ichiga o’rnashgan. 


Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga 
mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi. Yetilgan iuxumlar tuxumdon 
devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, 
urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana 
bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar 
bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda 
spyermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi 
vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib 
turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga 
chiqariladi. 
Nazorat savollari. 
Topshiriqlar varianti: 
1. Baliqlarning ayirish organlariga nimalar kiradi? 
2. Baliqlarning ayirish organlari haqida ma’lumot byering? 
3. Buyraklar qayerda joylashgan? 
4. Baliqlarda moddalar almashinuvi maxsulotlari qaysi organlardan tashqariga chiqariladi? 
5. Baliqlarda siydik qanday hosil bo‘ladi? 
1.
Jinsiy sistemasi qanday tuzilgan? 
2.
Baliqlar qanday ko’payadi?

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin