tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi. Olabug‘a, cho‘rtan,
dengiz toshboshi kabi
suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va
qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida
bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala
kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib. Gala bo‘lib yuradigan
baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘-ladi. U galadagi
baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum
tomonga suzishlariga yordam byeradi. Bunday nishonlarning shakli turlichadir. CHunonchi,
katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora
yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va elka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan
pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi. Kambala, buqabaliq,
skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega.
SHuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos,
gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari
yo‘qolib ketadi. Tikanbaliq, losos kabilarning yerkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan
iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. SHuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining
o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. CHunonchi, Amazonkada
yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso
dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlardan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish
xususiyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir.
Dostları ilə paylaş: