B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/99
tarix05.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152443
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


7- LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu:
Baliqlar tana shakli, bosh va suzgich qanotlari tuzilishi.
 
 
Ishning maqsadi: 
Baliqlarning tana shakllarini o’rganish va taqqoslash. 
 
Asosiy matn. 
Daryolarning tekislik qismida oqim tezligi sekinlashgani sari tanasi
baland, yonidan siqilgan baliq turlari paydo bo‘la boshlaydi. Ularning yashash joylari
qirg‘oqlardagi o‘simlik oraliqlarida bo‘lib turg‘un suvlarni afzal ko‘rishadi (oqcha, kumush 
tovonbaliq, oq ko‘z baliq). SHuningdek bu joylarda juda ko‘p mayda baliq turlarini uchratish
mumkin (qirraqorin, turkiston qumbalig‘i, buqabaliqlar). Daryoning o‘rtasida esa oqimda
yashaydigan, zo‘r suzadigan tipik reofil baliqlar uchraydi (oq sla, do‘ngpeshonalar,qilich
baliq). O‘simliklar orasida g‘aflatda qolgan o‘ljasini tutishga tayyor poyloqchi
yirtqich – cho‘rtan baliq yashaydi. Suv tubidagi chuqurlarda esa o‘z o‘ljasini kutib, laqqa baliq 
hayot kechiradi. Suv havzalariga jo‘shqin daryolar tomonidan olib kelinadigan qattiq jismlar
bo‘lakchalari ularda muhim rol o‘ynaydi, bunday sharoitlarda yashaydigan baliqlarning
ko‘zi kichkina bo‘lib asosan sezgi organlari orqali mo‘ljal olishadi. Asosiy daryolarimiz
o‘zanlariga suv omborlari qurilgandan keyin daryolarimiz tartibi ham o‘zgardi. Suv 
omborlarida suvlar tinib, keyin tiniqlashadi. Bu esa daryolarimizning tipik vakillarining
yo‘qolishiga sababchi bo‘ldi, masalan Sirdaryo soxta kurakburuni, cho‘rtansifat oqqayroq,
parrak shular jumlasiga kiradi.
Baliqlar paykiloterm hayvon sanaladi, ya’ni ularning tana harorati doimiy emas va
baliqlar uchun tashqi muhit xarorati bilan bog‘liq. Kumush tovonbaliqlar ichki bo‘shliq 
suyuqligi muzlamasligi sababli qishda muzlar orasida qolib muz erigach yana yashab 
ketaverishi mumkin. Suv harorati qariyib nolga teng bo‘ladigan tog‘ daryolarida turkiston
laqqasi, osmanlar, marinka yashaydi. 
Haroratning unchalik katta bo‘lmagan o‘zgarishlariga chidamli bo‘lgan organizmlar 
stenotermlar deb ataladi. Bizdagi doimo sovuq suvda yashaydigan baliqlar shularga kiradi va 
ular sovuq suv baliqlari deb ham ataladi. Suv harorati ko‘tarilsa bu baliqlar faolligi keskin
pasayib lanj bo‘lib qoladi. Tog‘ baliqlari shular jumlasidandir. Stenoterm tropik baliqlar 
ya’ni faqat isssiq suvda yashaydigan baliq turlari bizda uchramaydi. Bizda suv issiq va
qishda sovuq (ya’ni suv harorati 10º S dan past) Bunday sharoitda haroratning sezilarli 
o‘zgarishiga chidamli bo‘lgan evriterm baliqlar yashashi mumkin, masalan, zog‘ora, chavoq 
baliq, oqcha va boshqalar. 
Boshqa hayvonlarda bo‘lgani kabi baliqlar modda almashinuvi uchun kislorod zarur.
Suv havzalarda yashayotgan baliqlar suvda erigan kislorod miqdori turlicha bo‘lgan 
sharoitlarda yashaydi va shunga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi: 


1. Suvda erigan kislorod miqdoriga juda talabchan, kislorodning 7-10 sm
3
/litr va undan
bo‘lganda yashaydigan baliqlar. Bunday sharoit sovuq va tez oqadigan tog‘ daryolarida 
bo‘ladi (marinka, osman, forel, toshbuqa, yalangbaliq). 
2. Kislorod miqdoriga talabchan lekin, uning miqdori 5-7 sm
3
/litrgacha pasayganda ham
o‘zlarini yaxshi his qiladigan baliqlar. Bu guruhning tipik vakillari oq sla, qum baliqlar va 
boshqalar. 
3. Unchalik katta bo‘lmagan kislorod miqdorini talab qiladigan uning miqdori 4 sm
3
/litr
bo‘lganda ham faol yashaydigan baliqlar. Bu guruhga tekislik suv havzalari baliqlari 
chavoq baliq va oqcha kiradi. 
4. Suvda erigan kislorod miqdori juda kam bo‘lishiga ham chidamli baliqlar. Ularga suvda
kislorod miqdori 0,5 sm
3
/litr bo‘lgan, turib qolgan ko‘l suvlari va botqoqliklarda yashay 
oladigan zog‘ora va kumush tovonbaliqlar kiradi. Ilonbosh baliqning oyquloq usti qo‘shimcha 
nafas olish organi. SHuni alohida qayd qilish kerakki vaqti-vaqti bilan kislorod miqdori
deyarlik nolga tushadigan suv havzalari ham bor. Ularda yashaydigan ilonbosh baliq oyqulog‘i 
ustidagi maxsus organ yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. Ayrim laqqalar,
eshvoylar atmosfera havosini ichaklari yordamida oladi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin