Gidroinshootlar va baliq xo‘jaligi. Volga, Don, Dneprda va boshqa daryolarda
gidroinshootlar qurilishi bilan baliqchilikda o‘ziga xos katta vazifalar paydo bo‘ladi. Umumiy
maydoni 3 mln ga bo‘lgan katta suv omborlari qurilmoqda. Fan bu suv omborlarida foydali baliq
turlarini ko‘paytirib, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishi kerak.
To‘g‘onlar urchish joylari (suv oqimi bo‘ylab) ancha yuqorida bo‘lgan qimmatbaho
baliqlar (losossimonlar va osyotrsimonlar) yo‘lini to‘sadi. SHuning uchun ham baliq o‘tish
yo‘llari (inshootlar) qurish masalasi kelib chiqdi. Bular ikki xil bo‘ladi: zinapoya shaklidagi baliq
o‘tish yo‘li va baliq ko‘targichlar.
Tulom gidroelektrstansiyasida qurilgan zinapoya 57 pog‘onadan iborat bo‘lib, pog‘onalar
balandligi 30 sm. Mana shu suv yo‘li orqali quyi b’efdan 16-19 m yuqoriga semga, kumja, xarius
tuxum tashlash uchun ko‘tariladi. Bu zinapoya ostonalaridagi suv oqimining tezligi 2,5 m/s.
Losossimonlar tabiiy holatda yo‘lda bundan tezroq suv oqimini engib o‘tishi tufayli bu tezlikni
ham osonlik bilan o‘tadi.
Kanada o‘tkinchi baliqlar dam olishi uchun zinapoyalarda dam olish kameralari ham
quriladi. Bu kameralar bir-biridan 300 m zoqda bo‘ladi.
Ostyortsimon baliqlar to‘siqlardan yaxshi o‘ta olmaganligi tufayli zinapoya shaklidagi
o‘tish yo‘llaridan ular muvoffoqiyatli o‘ta olmaydi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘p o‘tkinchi
ostyorlar birinchi to‘g‘onga etmasdanoq tabiiy urchish joylaridan uzoqda urchiydi. Bu tabiiy
chegarada tuxum tashlash uchun optimal sharoit yaratish yo‘li bilan uning ahamiyatini oshirish
mumkin.
Nihoyat, o‘tkinchi baliqlarni o‘tish yo‘llaridan o‘tkazmasdan to‘g‘on pastidan ovlangan
baliqlar tuximini sun’iy urug‘latish va yoshlarini parvarish qilib, dengizga o‘tishi uchun daryoga
qo‘yib yuborish imkoniyati borligini nazarda tutish lozim. To‘g‘ondan pastdan tutilgan o‘tkinchi
baliqlarning tuhumi hali etilmagan bo‘ladi. SHuning uchun ularga miya ortig‘i-gipofizning
oldingi pallasidan tayyorlagan preparat purkash yo‘li bilan jinsiy mahsuloti etilishini tezlashtirish
mumkin. Qonda gipofiz gormoni konsentratsiyasining oshishi jinsiy mahsulot tez etilishiga
sabab bo‘ladi va uvildiriq olib, uni sun’iy urug‘lantirishni tezlashtirish imkonini beradi.
Albatta ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda suv havzalarining mahsuldorligi yanada ortishi
muqarrardir.