130
Xulosalar
Yillar o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish omillarining iqtisodiy
rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi
uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Hududiy
notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. U, bir
tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat hududi bo’ylab
joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan, alohida omillarning
iqtisodiy rivojlanishdagi rolining dinamikasi bilan bog’liq. Shuning uchun
davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning muayyan hududiy-
ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Davlat o’z navbatida
ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga, zarur
holatlarda – ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam
beradi. Mintaqalar muayyan iqtisodiy yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum
darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur. Hozirgi vaqtga kelib
mintaqaviy
dasturlashtirish jahon amaliyotida nazariy tadqiqotlar borasida katta
tajriba to’plangan bo’lib uni milliy iqtisodiyotda joriy etishning ayni
vaqti.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
1.
Davlatning mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan maqsad
nima?
2.
Mintaqaviy siyosatga doir qanday xorijiy tajribalar e’tiborga
loyiq.
3.
Mintaqaviy
rejalashtirishni
ishlab
chiqarishning
asosiy
yo’nalishlari qanday.
4.
Mintaqaviy rivojlanish muammolarini qanday yo’l bilan hal etish
mumkin.
5.
O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti qanday tashkil
etilgan.
Dostları ilə paylaş: