markazlashgan
(Kanada, Shveystariya va b.) va
markazlashmagan
(AQSh, Germaniya va b.)
Qator mamlakatlarda prognozlarni ishlab chiqishga xos bo’lgan
umumiy belgilarni ko’rib chiqamiz. AQShda prezident apparatida statistik-
siyosiy bo’lim mavjud bo’lib, u davlat boshlig’i uchun prognoz
ma’lumotlarini tayyorlaydi. Amerika kongressida fan-texnika taraqqiyoti
oqibatlarini baholash Byurosi faoliyat yuritadi. Bu erda maslahat-axborot
xizmatlari ko’rsatuvchi muassasa, prognozlarni ishlab chiqishga
ixtisoslashgan ko’plab muassasalar (bo’limlar) tashkil etilgan. Ularni
tashkil etish 60-yillarda avjiga chiqdi. Biroq keyinchalik ushbu
muassasalarning yuztasiga yaqini o’z faoliyatini saqlab qoldi. Mamlakatda
hukumat muassasalari yoki xususiy korporastiyalar uchun prognozlarga
sharnoma buyurtmalari amaliyoti ustunlik qiladi. Bundan tashqari, ayrim
shtatlarda 70-yillardan boshlab shtatlarni rivojlantirishning uzoq muddatli
yig’ma prognozlarini ishlab chiqish uchun maxsus komissiyalar va
markazlar tashkil etilgan. Prognoz axboroti bilan almashish “Kelajak
olami” xilidagi turli ilmiy jamiyatlar orqali amalga oshiriladi.
Prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalari bo’yicha qator
jurnallar
chop
etiladi.
AQShda
60-yillarda
qator
manfaatdor
vazirliklarning birgalikdagi rejali harakatlarini nazarda tutuvchi RDB
(rejalashtirish – dasturlash – byudjetlash) tizimidan foydalanishga urinib
ko’rildi. Keyinchalik hukumat bir necha marta rejalashtirish
imkoniyatlariga murojaat etdi. Biroq mamlakatning antistiklik tartibga
solishdagi muvaffaqiyatsizligi rejaga qarshi kayfiyatning o’sishiga olib
45
keldi. Shuning uchun AQShda davlat yo’li bilan tartibga solishning
zamonaviy nazariyasi oldida quyidagi muhim masalalarni hal etish zarurati
turibdi:
• amaldorlar apparatining byurokratiyasi, korrupstiyasi va
mikrodarajada qarorlar deformastiyasining oldini olgan holda davlatning
iqtisodiyotga o’z vaqtida va samarali ta’sirini qanday qilib ta’minlash
mumkin;
• volyuntarizm, byudjet-soliq bosimi va davlat qarzining ortib
ketishiga yo’l qo’ymagan holda raqobat erkinligi, tashabbus va
tadbirkorlik, mehnat qilish, investistiyalar va innovastiyalarga qiziqtirishni
qanday qilib ta’minlash mumkin.
Buyuk Britaniyada iqtisodiy prognozlashtirish masalalari bilan
shug’ullanuvchi universitetlar qoshida bir necha ilmiy va prognoz
markazlari tashkil etilgan.
Germaniyada prognoz markazlari ichida o’z ahamiyati bo’yicha
Jahon iqtisodiyoti instituti hamda kasaba uyushmalari birlashmalarining
Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti ajralib turadi. Boshqa
mamlakatlarda bo’lgani kabi axborot almashuviga katta e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda jahonda jamiyat hayotining turli sohalarida, shu
jumladan iqtisodiyotda prognozlashtirishni amalga oshiruvchi qudratli
xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan. "Futuribl" xalqaro uyushmasi,
Kelajakni tadqiq etish qo’mitasi, Rim klubi va boshqalar katta nufuzga
ega.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kon’yunktura prognozlari
alohida o’rin tutib, ularda: 1) alohida tovar bozorida, 2) iqtisodiyotning
muayyan sektorida, 3) jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat baholanadi.
Prognozlarda nafaqat rivojlanishning obyektiv yuzaga keladigan
tendenstiyalari, balki bozorni davlat yo’li bilan tartibga solishning
ehtimoliy oqibatlari ko’rib chiqiladi.
Jahon
xo’jalik
yuritish
tizimi
hozirgi
vaqtda
nafaqat
prognozlashtirish, balki rejalashtirish imkoniyatlaridan ham faol tarzda
foydalanmoqda. Rejalarni ishlab chiqishda quyidagi usullar qo’llaniladi: a)
makrorejalashtirish; b) mezorejalashtirish, ya’ni tarmoqlar, kichik
tarmoqlar, hududiy-ishlab chiqarish majmualari, "metakorporastiyalar"dan
hosil bo’luvchi sanoat uzellari, ular jumlasiga tarmoqlararo, mintaqalararo
va xalqaro moliya-sanoat guruhlari kiradi; v) hududiy rejalashtirish, ya’ni
mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarining prognozlari, byudjet
rejalari va dasturlari; g) firma darajasida mikrorejalashtirish. Jahonning
qator mamlakatlarida bir necha o’nlab yillardan buyon samarali
46
foydalanilayotgan indikativ rejalashtirish tajribasi alohida e’tiborga loyiq.
Chet el amaliyotida rejalashtirishning sho’rolar tajribasidan keng
foydalaniladi. Lekin, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatlarning hozirgi
rejalari ko’rsatmali xususiyatga ega emas. Rejalashtirishga nisbatan
munosabat ko’p jihatdan shu bilan bog’liqki, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda (masalan, AQShda 30-yillardagi “Buyuk qatag’ondan”
keyin) takomillashuv va bozor mexanizmlarining o’zini o’zi tartibga
solishiga ishonch yo’qoldi. Mutaxassislar ichida bozor iqtisodiy
muvazanatga
erishishni
qiyinlashtiruvchi
barham
etilmaydigan
nuqsonlarga
ega
degan
fikr
ustunlik
qila
boshladi.
Ularning
hisoblashlaricha, aynan davlatning bozorni tartibga soluvchi institutlarni
ma’lum takomillashtirish yo’li bilan aralashuvi vaziyatni o’nglashi
mumkin. Davlatning iqtisodiyotga bunday aralashuvini insonlar tomonidan
biologik qonunlardan foydalanilishi bilan taqqoslash mumkin: biologiyada
selekstiya tirik mavjudodlar evolyustiyasi jarayonini ko’p marta
jadallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda ham: institutlarni tashkil
etish va davlatning tegishli siyosati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish maqsadlariga erishish vaqtini qisqartirishi mumkin. Shuning
uchun hozirgi vaqtda ko’plab davlatlar prognozlashtirish, byudjetlash,
dasturlash va kontraktastiya (shartnoma asosida davlat xaridlari)dan faol
tarzda foydalanmoqda.
Davlat va firmaning prognoz va reja ishining yo’nalishlari vaziyatni
rivojlantirish va barqarorlashtirish vazifalari bilan belgilanadi. Shuning
uchun tadbirkorlik tuzilmalari bilan davlat hokimiyati o’rtasida
manfaatlarni yaqinlashtirish usullarini topish va indikativ rejalashtirishga
xos bo’lgan shartnoma munosabatlarining imkoniyatlaridan foydalanishga
o’tish kuzatilmoqda. Bir tomondan, tijorat munosabatlari firmaga
rejalashtirishdan faoliyatning samarali yo’llarini tanlash va asoslash
bo’yicha boshqaruv Funksiyasi sifatida foydalanishni belgilab beradi,
ikkinchi tomondan esa, istalgan firma rahbariyati bozor muhitida o’zining
barqaror mavqeiga ega bo’lish uchun butun jamiyatning xo’jalik
munosabatlari rejalarida o’z ishtirokining maqsadga muvofiqligini
tushunadi. O’z navbatida ko’plab mamlakatlar hukumatlari o’z davlat
buyurtmalarini bajarish, davlat dasturlarida aks etgan va mamlakat
indikativ rejasiga kiritilgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziflarni hal etishga eng
ishonchli
tadbirkorlik
tuzilmalarini
faol
jalb
qilishmoqda.
Prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy amaliyoti rivojlangan
matematik-statistik vositalarga tayanadi va yuzlab modellarga hamda turli
hisob-kitoblar usullariga ega. Optimal dasturlash va operastiyalarni tadqiq
47
etish usullari keng qo’llanilmoqda.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari doirasida rejalashtirish
nazariyasi va amaliyoti o’zining dastlabki bosqichlarida turibdi. O’tmishda
orttirilgan tajribani yangi iqtisodiy sharoitda qo’llashning iloji bo’lmay
qoldi. Bozor vazifalarini hal etishda uni yangilash uchun vaqt talab etiladi.
Agar rejalashtirish tamoyillari tubdan o’zgarsa, uslubiy salohiyat kamroq
o’zgaradi. Bir tomondan, bozor muvazanatiga erishish, ikkinchi tomondan,
xo’jalik ichida rejalashtirish qator umumiy belgilar mavjud. Harakatlarni
optimallashtirish algoritmlarining xususiyatlari bozor iqtisodiyotining
ko’plab institustional xususiyatlariga qat’iy nazariy ma’no berish va ularni
matematik ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun bozor sho’ro
rejalashtirish metodologiyasining ishlanmalaridan ijodiy va o’rinli
foydalanishni talab etishi mumkin. Ilgari sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan,
axborot yig’ish va unga ishlov berishning davlat tizimini hisobga olgan
holda EHMdan foydalanish asosida tuzilgan iqtisodiyotning optimal tarzda
faoliyat ko’rsatishi tizimi (IOFKT), mutaxassislar fikriga ko’ra, unga
tegishlicha ishlov berilgach, yangi iqtisodiy tizimda ham samarali bo’lishi
mumkin. IOFKT asosini narxlar va iqtisodiy me’yorlar yordamida makro
va mikrodarajalarda rejalarni kelishish tartibotlari tashkil etadi.
Shunday qilib, iqtisodiy oldindan ko’ra bilishning jahon amaliyoti
o’zining haqiqiy ustunliklarini aniqlaguncha uning imkoniyatlarining tan
olinmasligidan tortib to ma’muriy-buyruqbozlik rejimida rejaning
fetishigacha bo’lgan uzoq evolyustiya yo’lini bosib o’tdi. Insonlarga
rejalashtirishning jamiyat iqtisodiy hodisalarga ta’sir etishining keng
imkoniyatlari oydinlashdi. Sobiq ittifoqning ushbu sohadagi tajribasi
davlat tomonidan rejalashtirishning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga
yordam berdi. Hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlar hukumatlari o’z
vazifalarini hal etish uchun dasturlash va indikativ rejalashtirishdan faol
tarzda foydalanishmoqda. Jahonning sanoati rivojlangan mamlakatlari
rejalashtirish va prognozlardan foydalanish orqali butun jamiyatni
rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun bozor jarayonlariga ta’sir
ko’rsatishga urinishadi. Firma darajasida reja ko’rsatkichlari mulkdor yoki
rahbar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu erda biznes-
rejalashtirish usuli faol qo’llaniladi. Ayniqsa, yirik firmalarda strategik
rejalashtirishning barqaror amaliyoti yaxshi natija bermoqda. Ushbu jahon
tendenstiyalari sobiq sho’rolar tuzumi mamlakatlari iqtisodiyotida ham
amal qila boshladi.
Tegishli
adabiy
manbalar
tahlili
indikativ
rejalashtirish
evolyustiyasining mohiyati va shakllari, uning davlat yo’li bilan tartibga
48
solish va aralash iqtisodiyotning bozor usuli bilan o’zini o’zi tartibga
solishi o’zaro nisbati yuzasidan boshlang’ich fikrlarni shakllantirishga
yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: |