B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
indikativ rejalashtirish

 
2.3. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish 
konsepsiyasi 
O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishgach mamlakatda sodir 
bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan tartibga solish 
zarurati muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni birtaraf etishning 
yo’llari va choralari” nomli asarida ta’kidlaganidek, “O’zbekistonda qabul 
qilingan o’ziga xos islohot va modernizastiya modeli orqali biz o’z 
oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish 
vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan 
usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor 
iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi 
tasavvurlardan voz kechdik.”
15

Shu jumladan O’zbekiston hukumati shunga mos ravishda 
iqisodiyotni 
markazlashgan 
tarzda 
boshqarish 
hamda 
an’anaviy 
rejalashtirish tartibotlaridan voz kechdi. 
Hozirgi vaqda indikativ rejalashtirish konsepsiyasini amalga oshirish 
uchun O’zbekistonda “Davlat tomonidan prognoz qilish va O’zbekiston 
Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari to’g’risida”gi 
qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Unda reja ishining maqsad va 
vazifalari, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ishlab chiqiladigan tizim, 
ushbu tizimga kiruvchi tarkibiy unsurlarning umumiy tavsifi nazarda 
tutilishi erak. Qonun mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish 
bo’yicha ko’rsatmalarni amalga oshirish, ya’ni milliy iqtisodiyot rivojining 
global muammolari bo’yicha strategik qarorlarni chuqur va har tomonlama 
asoslash; istiqboliy rivojlanishning muhim vazifalarini hal etish uchun 
zarur bo’lgan resurslarni rejali jamlash; dasturni amalga oshirish 
ishlarining butun stikli vazifalarini muvofiqlashtirish va ularning hal 
etilishini ta’minlash; oldinga qo’yilgan vazifalarni hal etishda xo’jalik 
15
Каримов И.А. “Жаҳон молиявий – иқтисодий инқрози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009 й, 7-бет.
 


49 
yurituvchi subyektlar, respublika mintaqalari va markaziy hokimiyat 
organlarining faoliyatini uyg’unlashtirish. 
Indikativ rejalashtirish tizimi – hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga mos keluvchi iqtisodiyot holatini va rivojlanishini tavsiflovchi 
indikatorlarni (ko’rsatkichlarni) shakllantirish hamda ushbu indikatorlarga 
erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan 
tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi. 
Haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatni baholashdan tashqari, indikatorlar 
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim: 

iqtisodiyotning samarali rivojlanishi va aholining ijtimoiy 
farovonligi darajasini belgilash; 

ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini rejalashtirish; 

rejalashtirilgan natijalarga erishish ustidan nazorat qilish; 

tartibga soluvchi ta’sir etish choralarini ko’rish; 

ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlari faoliyatining samaradorligini baholash. 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning turli 
darajalariga muvofiq indikatorlarning quyidagi tizimi belgilanishi 
mumkin: 
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (1-
daraja – «Respublika»). U umumlashtirilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
va respublika ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi (yalpi hududiy 
mahsulot, iqtisodiyotda ko’zda tutilayotgan tarkibiy siljishlar, iqtisodiyot 
real sektori tarmoqlarining rivojlanishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar va 
ijtimoiy 
ko’rsatkichlar) bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
2. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi indikatorlari tizimi (2-daraja – «Tarmoq»). Iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari 
tizimi tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar, shuningdek respublika aholisiga 
xizmatlar ko’rsatish sohasi rivojlanishining muhim yo’nalishlarini aks 
ettiradi. 
3. Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi indikatorlari tizimi respublika mahalliy tuzilmalari hududlari 
iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining rivojlanishini tavsiflaydi (3-daraja –
«Hudud»). U hudud tumanlari (shaharlari), aholi punktlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkichlar o’z 
ichiga oladi. 
4. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 


50 
indikatorlari tizimi (4-daraja – «Xo’jalik yurituvchi subyekt»). Mazkur 
tizim iqtisodiyot real sektorining nodavlat va davlat korxonalari hamda 
ijtimoiy soha tarmoqlari byudjet tashkilotlari (muassasalari)ning 
rivojlanish indikatorlarini o’z ichiga oladi. 
Indikatorlar tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak. 
Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga 
solishning ushbu darajasi uchun indikatorlarning yagonaligi va 
majburiyligi. Ikkinchidan, indikatorlar yiriklashish va maydalashish 
qobiliyatiga ega bo’lishi, qiyoslanadigan bo’lishi lozim. Indikatorlar aniq 
o’lchovga ega bo’lishi, ya’ni aniq va o’lchanadigan bo’lishi kerak. 
Umuman olganda indikatorlar tizimi ijtimoiy-iqtisodiy soha faoliyatining 
barcha jihatlari yalpi tavsiflanishini ta’minlashi zarur. Shuningdek, 
indikatorlar tizimi ixcham, moslashuvchan, boshqaruvning har bir 
darajasida sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlarni aks ettirishga qodir 
bo’lishi lozim. 
Indikatorlar manzilli bo’lishi hamda vazirliklar va idoralar, mahalliy 
o’zini o’zi boshqarish organlarining Funksional faoliyati bilan bog’liq 
bo’lishi kerak. Indikatorlar ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy 
o’zini o’zi boshqarish organlarini, xo’jalik yurituvchi subyektlarni 
iqtisodiy o’sishni ta’minlashga va respublika aholisining turmush 
darajasini oshirishga yo’naltirishi lozim. Boshqaruvning har bir darajasi 
uchun indikatorlar soni cheklangan bo’lishi kerak. 
Indikativ rejalashtirishni joriy etishdan maqsad davlat hokimiyat 
organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini va xo’jalik 
yurituvchi subyektlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish va 
respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan sa’y-
harakatlarining uyg’unligini ta’minlashdan iborat. 
Indikatorlarni shakllantirish vaqtga ko’ra bog’langan jarayon. Ushbu 
holatda boshqaruv obyektining holatini tavsiflovchi yagona indikatorga 
erishish maqsadi qo’yiladi. 
O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish tizimining joriy 
etilishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim. 
1-bosqich - «Tayyorgarlik». U indikativ rejalashtirish tizimini joriy 
etishga doir normativ-huquqiy bazani shakllantirish, uslubiy tavsiyalarni 
va respublika, tarmoqlar, tumanlar, shaharlar hududlari va xo’jalik 
yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari 
tizimini ishlab chiqish, indikatorlar chegara qiymatlariga erishish 
monitoringini yuritishni tashkil etish tadbirlarini o’z ichiga oladi. 


51 
2-bosqich - «Indikativ rejalashtirish tizimi». 2-bosqich tadbirlari 
rejalashtirishning asosiy unsurlarini ishlab chiqishga qaratilgan, bular: 
prognozlashtirish jarayonini takomillashtirish, byudjet va investistiya 
jarayonlarini, davlat buyurtmalarini boshqarish, tarmoqlar, hududlar va 
xo’jalik yurituvchi subyektlarning respublika dasturlari va indikativ 
rejalarini shakllantirish.
3-bosqich - «Indikativ boshqarish tizimi». Indikativ boshqarish 
tizimining to’liq stiklini joriy etish. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi 
indikatorlari tizimini shakllantirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
indikatorlarining ro’yxati va chegara qiymatlari aniqlanishi kerak. 
Iqtisodiy o’sish konsepsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari 
ro’yxatini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Indikatorlar 
ro’yxati respublika Hukumati tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq har yili qayta ko’rib chiqilishi 
mumkin. 
O’zbekiston uchun optimal hisoblangan indikativ rejalashtirish 
tizimini asoslash uchun uslubiy asoslarni indikativ rejalashtirish tizimining 
asosiy unsurlarini ko’rib chiqish lozim. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin