65
4-bob.
REJALASHTIRISH BOSHQARUV VOSITASI SIFATIDA
4.1. Rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadlari.
4.2. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari.
4.3. Korxonada rejalashtirishning tarkibiy qismlari.
4.4. Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning
ahamiyati.
4.1. Rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadlari
Iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lgan
jamiyatda
rejalashtirish vositasi boshqaruv jarayonida muqarrar yordamchi
hisoblanadi.
Ham davlat, ham xususiy tashkilotlar murakkab vaziyatda o’z
maqsadlari va o’z faoliyatini rejalashtirishi lozim. Davlat ijtimoiy
xavfsizlik,
transport,
mudofaa,
xalqaro
munosabatlar
sohasidagi
rejalashtirish, shuningdek umumiy davlat soliqlarini
rejalashtirish bilan
shug’ullanadi. Xususiy korxonalarda sotish, ishlab chiqarish, saqlash,
ta’minot, investistiyalar va xodimlar rejalashtiriladi. Va,
nihoyat uy
xo’jaligi darajasida rejalashtirish predmeti sifatida o’z daromadi, iste’mol,
mablag’larni tejash, ta’lim, qarilikni ta’minlash, mol-mulk, uy qurish va
sayohatni tanlash mumkin.
Rejalashtirish muddati,
aniqligi, kiritiladigan tuzatishlar va
muvofiqlashuv darajasiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Quyidagi
belgilar umumiy hisoblanadi:
- tartibga
solingan jarayon,
- axborotga ishlov berish,
- loyihani ishlab chiqish,
- muayyan maqsadlarga erishishga yo’naltirilganlik,
- kelajakka nisbatan munosabat.
Rejalashtirishning
oliy
maqsadi
korxonaning
maqsadlariga
erishishning amaliy vositasi bo’lish, ya’ni mablag’lar,
muqobil variantlar,
shuningdek maqsadlarga erishish imkoniyatlari va xatarlarini o’z vaqtida
aniqlash va tegishli tadbirlarni tanlashdan iborat.
Ushbu asosiy maqsaddan rejalashtirishning qator alohida maqsadlari
kelib chiqadi. Rejalashtirishning quyidagi maqsadlari ajratiladi: