105
• Fond bozorining rivojlanishi;
• Birlashtirilgan byudjet;
• Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi.
Shuningdek, yilning choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
prognozlari ham ishlab chiqiladi.
Davlat prognozlaridan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat
organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar
qo’llanilishida foydalaniladi. Prognoz mavjud bo’lgan taqdirda qarorlar
nafaqat joriy voqealar uchun munosabat bildirish sifatida, balki uning
oqibatlari to’g’risida aniq tasavvurni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Har qanday qaror uning muhmligi va prognozlarning aniqligiga qarab
qabul qilinadi.
Prognozlar xulosalari belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda
rivojlanishning obyektiv tarzda mumkin bo’lgan variantlari sifatida
dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham
zarur. Prognoz korxonalarga noxush natijalarni, masalan, bankrotlikni
oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: