103
tanglik avj olishining oldini olish uchun mamlakat iqtisodiyoti holatining
monitoringini yuritish zarur.
Mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy vaziyatni aks ettiruvchi asosiy
makroiqtisodiy indikatorlar quyidagi tarzda guruhlanishi mumkin:
Iqtisodiy o’sish sur’atlari:
YaIMning o’sish sur’atlari;
sanoat ishlab chiqarish dinamikasi.
To’lov balansi:
joriy hisobvaraq saldosi;
oltin-valyuta zahiralari;
tashqi qarz;
savdo shartlari (eksport narxlari);
import va eksport;
real samarali kurs;
sarmoyaning oqib chiqishi.
Foiz stavkalari:
real foiz stavkasi;
ichki foiz stavkasi bilan LIBOR stavkasi o’rtasidagi farq;
kreditlar
bo’yicha
stavkalarning
depozitlar
bo’yicha
stavkalarga nisbati.
Pul indikatorlari:
IPЦ;
real ifodadagi ichki kredit dinamikasi;
pul multiplikatori;
real ifodadagi depozitlarning o’sish sur’atlari;
pul massasining oltin-valyuta zahiralariga nisbati;
real ifodadagi pullarning «ortiqcha» taklif etilishi.
Valyuta bozoridagi bosim indeksi.
Iqtisodiy barqarorlik monitoringini yuritish uchun iqtisodiyot holati
haqida oldindan xabar beruvchi indikatorlarni miqdoriy tahlil qilish
metodologiyasi qo’llanilib, uning doirasida indikatorlarning chegara
ko’rsatkichlari tuziladi, shuningdek keyingi davrda moliyaviy
beqarorlikning baydo bo’lish ehtimolini baholash imkonini beruvchi
moliyaviy barqarorlikning jamlama indeksi hisoblab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: