169
Agar Iqtisodiyot vazirligi tomonidan dastur loyihalarini ishlab
chiqishning umumiy mexanizmi va rivojlanishi yangicha bo’lmasa
(ammo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qisqa muddatli prognozlarini
ishlab chiqishda faol foydalaniladi), tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning
vakolati va faoliyati ancha aniq belgilangan bo’lishi shart. Tashkilotlararo
iqtisodiy kengash xususiy biznes va tadbirkolrlik tuzilmalarini jalb
qilishni alohida e’tiborga olgan holda iqtisodiyotning barcha manfaatdor
sektorlarini indikativ rijelashtirish jarayoniga jalb etish uchun tashkil
etilishi kerak deb, qaraladi.
Bular Kengash tomonidan ikkita asosiy vazifalarni bajarish uchun
muhim:
Birinchidan
,
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatayotgan “iqtisodiyot o’yinchilari”, yoki ularning vakillarini
fikrini hisobga olish keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqilgan
indikativ reja, direktiv rejalarni tuzishning usuliga xos bo’lgan xatolardan
holi bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan, “iqtisodiyot o’yinchilari” hukumatning strategik rejalari
va iqtisodiyot rivojlanishining (ilmiy texnik taraqqiyot, demografiya)
prognozi haqida keng axborot berishi mumkin. Bu biznes va aholini
hisobga olgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlariga yangi sharoitlarga
tezroq moslashishga va o’z faoliyatini optimallashtirishga olib keladi.
Misol uchun, Yaponiyada rejalashtirish amaliyoti ko’p yapon
kompaniyalari (asosan yirik) umumdavlat rejasini amalga oshirilishiga
yordam ko’rsatdilar va o’z faoliyatini uning ko’rsatkichlari hamda
yo’nalishlaridan kelib chiqib rejalashtirdilar.
Tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning yuqorida keltirilgan ikkala
vazifasi ham iqtisodiy nuqtai nazardan, ham mamlakatda fuqarolik
jamiyat qurishda ahamiyatli.
O’zbekistonning murakkab hududiy-ma’muriy bo’linishini hisobga
olgan holda umumdavlat indikativ rejalarini ishlab chiqish bilan bir
vaqtda har bir hududning iqtisodiy rivojlanishining indikativ rejalarini
ishlab borish juda ahamiyatli hisoblanadi (bunday tajriba Yaponiya,
Malayziya, Rossiya va boshqa davlatlarda qo’llaniladi). Bu jarayonni
institustional ravishda xokim huzuridagi iqtisodiy kengash, shuningdek
Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari boshqa hududiy iqtisodiy
organlari va tadbirkorlik sektori bilan hamkorlikda ta’minlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: