Xulosalar Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab
chiqishda mamlakat aholisining farovonligini oshirish, hayot kechirish va
mehnat faoliyatini yuritish uchun qulay muhitni shakllantirish asosiy
vazifa hisoblanadi. Ayrim maqsadlar bir vaqtning o’zida turli
xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin, ushbu holatda ular ichidan hozirgi
vaziyat nuqtai nazaridan eng asosiylarini e’itborga olish lozim.
Rejalashtirishda iqtisodiyotga ta’siri ko’lamlari va xarajatlarning
miqdoriy parametrlari, institustional, moliyaviy va kadrlar bilan
ta’minlash imkoniyatlari bo’yicha ham farq qiladi.
Davlat yo’li bilan tartibga solish tartibga soluvchi vositalarni
qo’llash shartlarini, ularning maqsadlarga mos kelishini, alohida
vositalarning birgalikda mavjud bo’lishi darajasini, ularni qo’llashning
qo’shimcha t’sirlarini, tartibga solish vositalarining samaradorligini va
ularni qo’llash zaruratini asoslash zarur.
Tayanch tushunchalar Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, o’rta muddatli indekativ reja, prognoz,
kompleks tahlil, iqtisodiy organlar, Funksional hamkorlik, makroiqtisodiy
prognoz; qatnashish, xabar qilish, me’yorlashtirish, moliyalashtirish,
davlat maqsadli dasturlari, investistiya dasturi, baho siyosati, tashqi
savdo.
Nazorat va muhokama uchun savollar. 1. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini indikativ rejalashtirishning
ahamiyatini tushuntiring?
2. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o’rta muddatli indikativ rejasini
ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini bilasizmi?
3. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning Funksional hamkorligi
nimada?
4. Davlat darajasida ijtimoiy jarayonlar qanday tartibga solinadi?
5. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari qaysilar?