91
qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish;
asosiysini ko’ra olish qobiliyati;
biznes sharoitida tashqi va ichki omillarning
maqbul nisbatini topa
olish.
Ilgari rejalashtirishda asosiy rol deyarli iqtisodchilarga, ya’ni reja-
iqtisodiyot bo’limlari (xizmatlari, boshqarmalari)ning xodimlariga
tegishli edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu holat tubdan o’zgardi.
Rejalashtirishda ayniqsa kundalik rejalarning amalga oshirilishiga
bevosita rahbarlik qiluvchi mutaxassislar, ya’ni o’rta va quyi bo’g’in
rahbarlari, menejerlarning roli ortadi.
Lekin hozirgi vaqtda ham
iqtisodchilarning roli beqiyos. Bugungi kunda kichik korxonada
rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi
mumkin. Katta korxonalarda esa reja ko’rsatkichlarini
iqtisodiy jihatdan
asoslash bilan odatda iqtisodiy xizmatning 2-3 nafar xodimi
shug’ullanadi. Yirikroq firmada, odatda, 4
yoki undan ortiq xodimdan
iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada
xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha
bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil
etilishi mumkin.
Asosiy rejaviy asoslashlarni huddi ilgaridagi kabi iqtisodchilar
bajarishadi. Lekin reja xo’jalik yuritishning barcha vazifalari va
muammolari majmuini aks ettirishi uchun uni ishlab chiqishga o’z
vakolati
masalalariga
muvofiq
ravishda
boshqa
xizmatlar
va
bo’limlarning xodimlari ham jalb etiladi. Ya’ni reja hisob-kitoblarini
amalga oshirishda iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagilar bilan o’zaro
hakorlik qiladi:
rahbariyat bilan – rivojlanish strategiyasining umumiy maqsadlari
va
tashkiliy masalalar yuzasidan;
marketing va sotish bo’limlari bilan – sotish masalalari yuzasidan;
buxgalteriya bilan – hisob yuritish va hisobotlar masalalari
yuzasidan;
moliyaviy bo’lim bilan – moliyalash masalalari yuzasidan;
ta’minot va transport bo’limlari bilan – ta’minot va xomashyoni
etkazib berish masalalari yuzasidan;
bosh muhandis bo’limi, texnologik va ishlab chiqarish bo’limlari
bilan – ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan;
kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi bilan – xodimlar va boshqa
masalalar yuzasidan.
Shubhasiz, bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish bo’yicha
92
asosiy mas’uliyat iqtisodchi-menejerlar zimmasiga yuklatiladi. Agar
iqtisodchilarning vazifasi reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan
asoslashdan iborat bo’sa, menejerlar vazifasi qatoriga ushbu
ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi
harakatlar bilan talqiin etish kiradi. Lekin biri ikkinchisi bilan uzviy
bog’langan. Iqtisodiy bo’lim xodimlari va firma menejerlari o’z
mohiyatiga ko’ra bir xil vazifani, ammo turli vositalar yordamida
bajarishadi.
Menejer boshqaruv sohasida, shu jumladan insonlarni
boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik
yuritish
maqsadlariga
erishish
uchun
mavjud
resurslarni
optimallashtirishga qaratilgan. Menejerlar firma faoliyatining rejalarini
ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Firmaning
yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi
va tegishli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi. Tanlangan
maqsadlarga iqtisodiy ishlov berish iqtisodchilar
tomonidan amalga
oshiriladi, ya’ni ular maqsadni iqtisodiy kategoriyalar bilan asoslaydi.
Biroq rejadagi maqsadlarga erishish bo’yicha asosiy harakatlarni tanlash
menejerlar Funksiyasiga kiradi. Ular har kuni rejalashtirish masalalari
bilan shug’ullanib, firmaning turli xildagi rejalarini ishlab chiqishda
ishtirok etishadi, shuningdek
uning strategiyasini, faoliyat sohasi
siyosatini,
biznes-rejalarni
va
hokazolarni
belgilab
beradi.
Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi
menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Shuning
uchun hozirgi vaqtda iqtisodchi menejer kasbining ahamiyati va unga
nisbatan talab ortib bormoqda.
Iqtisodiy
bo’lim xodimlari
Dostları ilə paylaş: