5.3.
Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda
axborot texnologiyalarining ustunliklari
Hozirgi zamonda kompyuter ko’plab kasblar xodimlari mehnat
vositalarining ajralmas qismiga aylandi. U prognozlashtirish va
rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi iqtisod xodimlari
tomonidan ham faol qo’llaniladi. Informatikaning axborotni olish va
qayta ishlash usullari va vositalari bo’yicha amaliy darajasini aks
ettiruvchi, bilimlarning muayyan sohalarida nazariyani amaliyotda
qo’llash sohasini qamrab oluvchi axborot texnologiyalari iqtisodiy
oldindan ko’ra bilishning ko’plab masalalarini oqilona hal etish imkonini
beradi.
Axborot texnologiyalari – bu boshqaruv obyektining optimal
bozor parametrlariga erishish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni apparat
va dasturiy vositalar yordamida qaror qabul qilish mexanizmining
95
ishonchli va tezkor axborotiga aylantirish usullari majmuidir. Ular
kompyuterlar, lokal va global tarmoqlar, multimediya texnologiyalari va
hokazolarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy
hisob-kitoblarda
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat? Axborot texnologiyalari
jahon evolyustiyasining o’ziga xos katalizatori sifatida ishtirok etadi. Fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish va uning natijalaridan xo’jalik
amaliyotida foydalanish jarayonini aks ettirgan holda axborot
texnologiyalari jamiyatda iqtisodiy o’sishning muhim vositasiga aylanib
bormoqda. Axborot texnologiyalarini iqtisodiy asoslashlarda qo’llash
hisob-kitoblarni tezlashtirish va ularning aniqligini oshirishning garovi
bo’lmoqda.
Davlat, mintaqa yoki firma darajasini prognozlashtirish va
rejalashtirish masalalari ko’plab o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq
omillarni aks ettiruvchi murakkab jarayonni o’zida namoyon etadi.
Axborot texnologiyalari bilimlarning sifat jihatdan yangi darajasini aks
ettirib, buxgalteriya ma’lumotlari hisobini yuritishning zamonaviy
vositalarini, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini namoyon etgan
holda samarali boshqaruv imkoniyati yanada kengaytiradi, ya’ni ular
tadbirkorlikning
muayyan
sharoitida
harakatlarning
maqsadga
muvofiqligi va asosliligi to’g’risida qaror qabul qilishga yordam beradi.
O’z faoliyatining kelgusi natijalarini rejalashtirish bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorning barcha qarorlari xo’jalik yuritishning
samaradorligiga erishishga intilish bilan shartlangan. Ushbu samaradorlik,
odatda, daromadlar va xarajatlar nisbatida o’z ifodasini topadi, bunda
daromadlar xarajatlardan ustunlik qiladi. Daromadlar va xarajatlarning
ijobiy saldosi firmaning har bir bitimida (operastiyada) tegishli
mezonning ishtirok etishini belgilab beradi. Har bir operastiyadan (yoki
ularning aksariyatidan) foyda olish butun tashkilot xo’jalik yuritishi
samaradorligining asosini yaratadi. Mamlakatdagi ko’plab firmalar
ishlashining samaradorligi esa yakuniy iste’molchining manfaatlarini
hisobga olgan holda davlatning butun iqtisodiyoti samradorligi uchun
zamin yaratadi. Lekin, butun ushbu zanjirning asosida iqtisodiy shaxs
xo’jalik yuritishining samaradorligi yotadi. Firmadagi har bir operastiya
(bitim) va ularning butun yig’indisi o’zining umumiy samaradorligining
bir qismi ko’rinishida axborot texnologiyalarini qo’llash samaradorligini
o’z ichiga oladi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishnig muayyan samaradorligi
ularni qo’llashdan olinadigan umumiy daromadlarni kompyuter
96
tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish bo’yicha tegishli
uzoq muddatli investistiyalar bilan taqqoslash orqali belgilanishi mumkin.
Axborot texnologiyalarini qo’llashning yillik samaradorligini ham
aniqlash mumkin. Buning uchun kompyuter tizimining amalda yuzaga
kelgan iqtisodiy samaradorligini 0,32 ga teng bo’lgan normativ
koeffistient bilan taqqoslash tavsiya etiladi. To’g’ri foydalanilganda
axborot
texnologiyalarini
qo’llash
odatda sarmoyaning yuqori
rentabelligiga
olib
keladi
(ba’zan
81%ga
etadi).
Axborot
texnologiyalaridan foydalanish odatda xodimlar sonini kamaytiradi,
mehnatga haq to’lash xarajatlari va tegishlicha vaqt birligiga tushum
hajmining oshishiga ko’maklashgan holda barcha xarajatlarning
tejalishiga olib keladi.
Kompyuter tizimining samaradorligini baholash bir necha tarkibiy
qismlarga, xususan markaziy prostessorga bog’liq. Uning samaradorligiga
tezkor xotira hajmi, jihozni modernizastiyalashni hisobga olgan holda
mulk qiymati, dasturiy ta’minotni tarqatishning avtomatlashtirilganligi va
boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Axborot
tizimiga
nisbatan
qo’yiladigan
umumiy talablar
investistiyalarning barqarorligi va ishonchliligini, himoyalanganligi va
saqlanishini o’z ichiga oladi.
Kompyuter tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish
xarajatlari quyidagilar qiymati bilan aniqlanadi:
1. Apparat-dasturiy vositalar (uzoq muddatli investistiyalar, yangi
tizimlarni listenziyalash, modernizastiyalash va navbatdagi yangilashlar);
2. Ma’muriylashtirish (tarmoq va tizimni ma’muriylashtirish,
jamg’aruvchilar ma’muriylashtirish, mehnat, subpudrat haqi);
3. Qo’llab-quvvatlash (texnik qo’llab-quvvatlash, o’qitish, moddiy-
texnika ta’minoti xizmatlari, xizmat safari xarajatlari, xizmat ko’rsatish
va qo’llab-quvvatlash shartnomasi, qo’shimcha xarajatlar);
4. Ishlanmalar (ilovalarni yaratish, testlash va hujjatlarn tayyorlash);
5. Kommunikastiya vositalari (liniyani ajratish va serverlardan
foydalanish).
Egalik qilish umumiy qiymatini pasaytirish boshqaruvning turli
vazifalari, shu jumladan prognozlashtirish va rejalashtirish uchun
qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborot tizimini tanlashga bog’liq. Biroq
ushbu vazifalar, odatda, buxgalteriya hisobi dasturlari mavjud bo’lgan
taqdirda hal etiladi.
Shunday qilib, iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini
qo’llash oqilona yondashuv chog’ida firmaga jalb etiladigan axborot
97
oqimlari maydonini keraytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish,
zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |