Toshkent Moliya instituti
Moliya va moliya texnologiyalari yo’nalishi – 98-2 guruh talabasi Musayev Axrorning Iqtisodiy tahlilfanidan tetragon taqdimoti
Mavzu.
Iqtisodiy tahlilning metod va usullari
Mavzu.
Iqtisodiy tahlilning metod va usullari.
Reja:
Iqtisodiy tahlil mohiyati hamda ahamiyati.
Iqtisodiy tahlil metodlari.
Iqtisodiy tahlil usullari.
Iqtisodiy tahlil - bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ulami ko‘p qirrali aloqa va bog'liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlami paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablami vujudga kelishidir.
Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, msonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘mini topganidan dalolat beradi.
“Tahlil” so‘zi grekcha “analysis” so‘zining o‘zbek tilidagi tatjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qisimini o‘rganish tushiniladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishda faqat tahlilning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan foydalanishga ham juda ko‘p hollarda katta zarurat tug‘iladi. Ushbu ma’noda tahlilga juda yaqin keluvchi “sintez” usuli bo‘lib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zoro bog‘liqliklar aniqlanadi. “Sintez” atamasi grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi.
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Iqtisodiy tahlilning turi deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, sirtqi qiyofasi, bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Turlarni
Zamon
Qamrovi
Mazmuni
Makon
Tarmoq
Kompyuterlashtirish
Ijtimoiy
IQTISODIY TAHLILNING METODI
Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiyiqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ко‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlaming o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ulaming o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisobkitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o'ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkomi - inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg‘or oqeliklaming paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari ho‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli jihatlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealami tahlil qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi. Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ulaming turi hamda miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida awaldan mo‘ljallanmagan yangi ко‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni >o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlami bir - biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma’lumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. 0 ‘z navbatida har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ulaming mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha mahsulot).
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar
Iqtisodiy tahlil qilish jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarining kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.
Tahlil usullarini qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlaming birbiriga bog‘liqligi, o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo‘shimcha sabablami aniqlashga yordam beradi. Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda.
Iqtisodiy
Oddiy
Iqtisodiy
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ulaming tarkibiga mutloq va nisbiy farqlami aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, indeks, foizlar va hokazo usullami kiritishimiz mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy-matematik usullar tarkibiga esa odatda korrelyatsion va regratsion tahlil, integral usuli, matematik yoki chiziqli programmalashtirish usuli, determinantlar usuli, iqtisodiy tashxis qo‘yish usuli, logarifmlar usuli, nazariy o‘yin usuli va hokazolami kiritishimiz mumkin.
Fan metodologiyasi o‘zida predmetini anglashga yo‘naltirilgan tamoyillar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish faoliyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash nazariyasidan metodologiya shunisi bilan farq qiladiki, u anglash metodlariga ko‘proq diqqatni qaratadi. Agar fan nazariyasi o‘zida bilish jarayoni natijasini aks ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiruvchi asos sanaladi. Fan metodologiyasining asosiy tarkibiy qismlari - bu predmetni o‘rganish yondashuvining umumiy tamoyillarini va uni tadqiq qilishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir.
Turli fanlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘z predmetini o‘rganishga yondashuv usullari (jumladan, iqtisodiy tahlil ham) bilishning umumiy dialektik metodiga asoslanadi.
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan bevosita shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalaming sabab-oqibat aloqalarini kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Tahlilda tizimli bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vaziyat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyatni baholash va uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur. Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlilning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, eng dolzarb omillami ajratadi, qo'yilgan maqsadlarga yanada samarali usullar bilan erishish mumkin boiganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli yondashuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya va metodikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi.
Xulosa.
Korxona, firma va kompaniyalaming iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ulami oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo'yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum 3 bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisob-kitoblaming puxtaligiga, pul oqimlarini oqilona boshqarishligiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o ‘z vaqtida qabul qilinishligiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir.