VI bob. ZAMONAVIY BIOLOGIYA
6.1. Hayotning paydo bo‘Iishi konsepsiyasi
Hozirgi zamon tabiatshunoslik fani oldida turgan eng murakkab
va ayni paytda eng qiziqarli masala - bu hayotning vujudga kelish
masalasidir. X o‘sh, tiriklik nima va tirikmas
tizimdan qanday farq
qiladi? Ashyoviy, strukturaviy va funksionallik nuqtayi nazaridan bir
necha fundamental farqlar bor:
• Ashyoviy unsurlar sifatida solishtirilsa, tirik tabiat tarkibiga
albatta yuqori darajada tartiblangan makromolekulali
organik birik-
malar, ya’ni biopolimerlar deb ataluvchi oqsil va nuklein kislota
(DNK va RNK)lar kiradi.
• Strukturaviylik bo’yicha taqqoslansa, tirikmaslardan hu-
jayraviy tuzilishi bilan farq qiladi.
• Funksionallik bo'yicha taqqoslansa, tirik tanalarda o ‘z-
o ‘zidan ko'payish qobiliyati mavjudligi m a’lum b o iad i.
Barqarorlik
va ko'payish tirikmas tabiatga ham xos. Lekin tirik tanalarda o ‘z-
o ‘zini ko‘paytirish jarayoni bor. Ya’ni ularni nimadir ko‘paytirmaydi,
balki ularning o ‘zlari bu vazifani erkin bajaradilar. Bu mutlaqo yangi
prinsipial holat hisoblanadi.
Shuningdek, tirik tizimlarda modda almashinuvi, o ‘sish va rivoj-
lanish
xususiyati, o ‘zining tarkibini, bajaradigan funksiyalarini faol
boshqarish va takomillashtirish qobiliyati,
harakat qilish imkoniyati,
ta ’sirlanish muhitga moslashish xususiyatlari mavjud bo’ladi.
Biroq, tirik va tirikmasni ilmiy jihatdan aniq chegara bilan ajratish
mushkul ish hisoblanadi. Masalan, boshqa organizmning hujayradan
tashqarida mavjud boMgan viruslari hech qanday tiriklik xususiyatiga
ega emas. Ularda meros sifatida o ‘tuvchi apparat bor, lekin modda
almashinuvini amalga oshiruvchi - fermentlar mavjud emas.
Shu sa-
babli ular boshqa organizmdagi fermentlar tizimidan parazitlarcha
foydalanib o ’sishlari va ko‘payishlari mumkin. Shularni e ’tiborga ol-
gan holda viruslami tirik yoki tirikmas deyish muammoli ko‘rinadi.
Ularni oraliq tizim deb olish mumkin.
67
Hayotning paydo bo'lishi masalasini oydinlashtirish bo‘yicha
Dostları ilə paylaş: