Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 128 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Afg'oniston nafaqat mintaqaviy, balki dunyoviy xavfsizlik tizimiga ulangan.
Bu mamlakat hududi xalqaro terrorning tayanch markazi, o'ta jangari va buzg'unchi
kuchlarning mashq maydoni, jahon bozoriga narkotik yetkazib beradigan asosiy
hudud bo'lib qoldi. Bu mintaqaviy beqarorlik bir qator muammolarni keltirib
chiqarmoqda.
Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni o'rnatish borasida O'zbekiston
tomonidan ilgari surilayotgan amaliy takliflar quyidagilardan iborat bo'ldi:
-nizolarni hal qilishning bosqichma-bosqichliligi, BMT Bosh kotibining
mahsus vakili vositaligida bugun Afg'onistonda bir-biriga qarshi kurashayotgan ikki
asosiy kuch o'rtasida o't ochishni to'xtatish, harbiy asirlarni ayriboshlash,
Afg'onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun yo'llarni ochish va
ichki to'siqlarni olib tashlash to'g'risida bitimlar tuzish, dastlabki zaruriy bosqich
bo'ldi.
-barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok etishini
ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
Bu jarayonda BMT, YeXHT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol
ishtirok etishi va homiylik qilishni ta'minlash, ular ishtirokida Afg'onistondagi
mojaroni bartaraf etish, qochoqlarni qaytarish, hududni minalardan tozalash,
qurolsizlanish va shu kabi boshqa masalalar to'g'risida qarama-qarshi tomonlar
o'rtasida umumiy bitim qabul qilishga erishish darkor.
Afg'on muammosini hal etish borasidagi O'zbekistonning qat'iy pozitsiyasi
jahon hamjamiyati tomonidan qo'llab quvvatlanmoqda.
O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT 72-sessiyasida so'zlagan nutqida:
―Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global
xavfsizlikni ta'minlashning muhim shartidir‖, deb alohida qayd etgan hamda
Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun quyidagi takliflarni ilgari
surgan edi: Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li — markaziy hukumat
va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart
qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borish, Muzokaralar afg'onistonliklarning
o'zlari hal qiluvchi o'rin tutadigan holda, Afg'oniston hududida va BMT shafeligida
o'tishi lozim, donishmand afg'on xalqi o'z taqdirini o'zi mustaqil hal qilishga haqlidir,
O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika
infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa
qo'shmoqda va bundan keyin ham hissa qo'shadi, Afg'oniston masalasi global
miqyosdagi masalalar markazida bo'lishi lozim [5; 10].
Bugungi kunda O'zbekiston ko'plab xalqaro siyosiy
muammolarni hamjamiyatlikda yechish, mamlakatdagi va