Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 129 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal umuman mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun jahon
hamjamiyatida faol ishtirok etish bilan birgalikda ko'plab nufuzli xalqaro tashkilotlar
bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirmoqda.
Ushbu hamkorlikni asosiy maqsadi a'zo davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va
yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta'lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni
muhafaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat.
Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, terrorizm, ekstremizm va
ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham hamkorlikni asosiy vazifalari sirasiga
kiradi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, hozirgi paytda globallashuvning o'tkir va keng qamrovli
ta'sirini barcha sohalarda namoyon bo'layotganligi, ayniqsa, bu davlatlar va xalqlar
o'rtasidagi
integratsiya
va
hamkorlik
masalalarining
kuchayishi,
xorijiy
investitsiyalarning tez kirib kelishi, kapital va tovarlar, ishchi o'rinlarining yaratilishi
unda ishchi kuchining erkin qulayliklarning vujudga kelishi, turli qadriyatlarning
umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi, bu imkoniyatlarning ortishi – tabiiyki,
bularning barchasiga globallashuv ta'siri natijasida erishilmokda. Globallashuv
jarayonining yana bir o'ziga xos jihati shundaki, zamonaviy axborot texnologiya va
kommunikatsiyaning, ilm-fan yutuqlarining tez tarqalishi ham taraqqiyotga xizmat
qilmoqda, shu bilan birgalikda yovuz kuchlar o'z g'arazli maqsadlariga erishishda
internetda qulay mafkuraviy ta'sir o'tkazishning o'tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy
kuchlar va markazlar mafaatiga xizmat qilayotganini kuzatish mumkin. Bunday
sharoitda yoshlarni ma'naviy xavfsizligini ta'minlashda axborot va kiberxavfsizlik
xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi [6; 11].