Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 123 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Professor
E.Gulmetov
ushbu
tushunchani
quyidagicha
ta'riflaydi:
―Globallashuv
-
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-huquqiy,
madaniy-ma'naviy
rivojlanishning XX asrga xos hodisasi-jamiyatni barcha jabhalarida ―umumiy
belgilar‖, ―universallashuvning‖ kuchayishi va tig'izlanishidir. Globallashuv jarayoni
– iqtisodiy- texnik taraqqiyot, boshqaruv tizimi, siyosiy-huquqiy qadriyatlar, turmush
tarzining barcha jabhalarini qamrab olayotgan texnologik jarayongina emas, turli
kuch, guruhlar manfaati nazaridan, xilma xil vositalar yordamida ma'naviy-axloqiy
ta'sir, g'oyaviy ustuvorlikka erishishga intilish hamdir. Faylasuf olimlarimizdan yana
biri Abdurahim Erkayev globallashuv va uning yuzaga kelishi haqida quyidagi fikrni
ilgari suradi: ―Globallashuv – jahon taraqqiyotining asosiy tendentsiyalaridan biridir.
Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g'oyat
kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Globallashuv – iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari
intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jahon
miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuv va maishiy turmushda,
iste'molda, shu jumladan, nomoddiy iste'molda umumiy qolip hamda andozalarning
paydo bo'lishidir‖.
―Hozirgi paytda uning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha
sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi
integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital
tovarlar zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan
yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli madaniyat, qadriyatlarning umuminsoniy
negizida uyg'unlashuvi sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi va
bular borasidagi imkoniyatlarning ortishi – tabiiyki, bularning barchasi
globallashuvning natijasidir‖.
Globallashuv dunyo hamjamiyati hayotini, jahon siyosati va halqaro
munosabatlarni belgilab beruvchi yetakchi omilga aylanmoqda va alohida olingan
davlat va hududlar ichki siyosatidan tarkib topgan umumdunyoviy sharoit bilan
muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Xullas, globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom
etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo'lish
xususiyatlari turlicha bo'lib dunyoning o'zgarishiga o'tkazayotgan ta'sirida ham yangi
- yangi imkoniyatlari namoyon bo'lmoqda. ―Globallashuv‖ tushunchasiga mualliflar
tomonidan yuqorida ilgari surilayotgan turli fikrlarga qo'shilish mumkin. Chunki har
bir muallif uning turli sohalariga o'tkazayotgan ta'sirini turlicha
tafakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Shu ma'noda mualliflar
tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar qanchalik turli-tuman bo'lsa,