B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Naqqoshlik 
— naqsh chizish va yaratish san’ati bo‘lib, xalq 
amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan biridir. Naqsh arabcha 
gul
va 
tasvir
so‘zidan olingan b o ‘lib, m a’lum tartibda takror- 
lanadigan geometrik shakllar, tabiat materiallarining badiiylash- 
tirilgan tasvirining m a’lum qoidalar asosida kompozitsion tuzilishi- 
dan tashkil topgan san’at asaridir.
Naqshlami ham boshqa san’at asarlari kabi yetuk, professional 
rassomlar yaratadilar. Ular o ‘zlari yaratgan naqshga nom beradilar. 
Naqshlarda foydalaniladigan materialiga ko‘ra kompozitsiya, rang 
va uni ishlash usullari tanlanadi.
N aqshlar ganch, yog‘och, loy, mis, tosh, paxta, gazmol- 
m ato va qog‘oz kabi m ateriallarga b o ‘yoqlar, tushlar bilan, 
shuningdek, qirqish, kesish, tikish uslubida ishlanadi. N aqsh 
ish lay d ig an rasso m lar 
naqqoshlar
deyiladi. N a q sh va u n i 
o ‘rganadigan fan 
naqqoshlik
deyiladi. 0 ‘zbek naqqoshligi jahon 
xalqlarining e ‘tiborini o ‘ziga tortm oqda. Chunki, o ‘zbek naq- 
qoshligida ranglar, hoshiyalar, simmetriya, ritm va motivlaming 
g ‘oyat nozikligi, kompozitsiyadagi jilolarning jonliligi ham da 
elem entlarning odam lar tabiatiga mos kelishi, his-hayajonini 
q o ‘zg‘ata olishi bu naqshlamxng o ‘ziga xos jozibasini ifodalaydi.
0 ‘zbek naqshlari bir-biriga juda yaqin tursa-da, ular o ‘zlari- 
ning kompozitsiyasi, ranglaming q o ‘llanishi va tabiat elem ent- 
laridan foydalanish uslubiga ko‘ra ajralib turadi. Farg‘ona naqqosh- 
lari o ‘z asarlarida bodomguli, atirgul, anor va m ajnuntolning 
novdalaridan, guli hamda mevalaridan keng, juda mohirlik bilan 
foydalanadilar. Toshkent naqshlarida esa ranglaming g‘oyat nafisligi 
va ,,bodom“ , ,,shobarg“ , ,,oygul“ , ,,madohil“ kabi naqshlaming 
ustalik bilan bir-biriga moslab ishlatilishi ko'zga yaqqol tash- 
lanadi.
Xiva naqshida yulduz shaklidagi girihlar orasiga o'sim lik va 
gullardan iborat naqshlar ko‘proq joylashtiriladi. Naqshlarda barg 
shaklidagi bezaklaming ko‘pligi, naqsh elementlarining tig‘izligi 
bilan o‘ziga xos kompozitsiya va joziba kashf etadi.
29


Buxoro naqshi 
a n c f r a
murakkab naqshlar turidan b o ‘lib, bu 
naqshda simmetriya, ritm , girihlar g ‘oyat aniq o ‘lcham lar asosida 
tashkil topgan. Buxoro naqshlari ko‘proq ,,mashrafa“ , ,,vaza“ , 
,,kosa“ , ,,guldonlar“ uslubida yaratilib, ularda gul, barg, meva 
va gul butalarining tasvirlaridagi ritmlariga alohida e’tibor bilan 
qaralishi, by naqshlarning o ‘zbek naqqoshlik san ’atining eng 
takomillashgan darajasiga ko'tarilganligidan dalolat beradi. Buxoro 
naqshlari faqat bezak elementlari b o ‘libgina qolmay, u predm etlar 
va m e’morlik san’atining ham ajralmas bir qismiga aylanib ketgan. 
0 ‘zbek naqqoshligi g‘oyat nozik, jozibali, ranglaming tanlanishi, 
asosan, ko‘k (lojuvard), zangori (osmon rangi), yashil, sariq, qizil, 
oq ranglar bilan ishlanishi o ‘ziga xos mayinlik, joziba, go'zallik 
kashf etadi. 0 ‘zbek naqshlarining yana bir o ‘ziga xos xususiyati 
har bir rangdan takrorlanmaydigan tuslar yaratilishidir. Shuning- 
dek, yonm a-yon qo‘yiladigan ranglaming g‘oyat yuksak did bilan 
tanlanishi o ‘zbek naqshining takrorlanm aydigan go‘zalligi va 
nafosatini to ‘la ta ’minlay oladi. Naqshlar yuzasidagi sayqal esa 
odam lar kayfiyatini oshirishda, ehtirosini uyg‘otishda va naqsh 
chiroyini ochishda yana bir samarali omil b o ‘lib hisoblanadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin