B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Kulolchilik. 
Kulolchilik ganchkorlikning bir turi b o ‘lib, tabiiy 
loydan turli buyumlar yasash va uni bezatishdan iboratdir. San’at­
ning bu turi kishilik jamiyatining neolit davridayoq (er.aw . 5 
minginchi yillardan) paydo b o ‘lgan. Dastlab idishlam i loydan 
tayyorlab, uni oftobda quritib, so‘ngra maxsus pechlarda pishirilgan.
27


Kulolchilik buyumlari qadimda q o ‘lda tayyorlangan b o ‘lsa, 
ko‘p o ‘tmay kulolchilik dastgohi — charx yaratilgan. Charx dastlab 
er.aw . 4 minginchi yillarda Mesopotamiyada, keyinchalik Misrda 
ishlatilganligi m a’lum. Charx yaratilgach, bu san’at turi bilan 
erkaklar shug‘ullana boshladilar. Kulolchilikning dastlabki ish 
uslublari Osiyoning tog‘li hududlarida haligacha saqlanib keladi.
0 ‘zbek kulolchiligi ham juda qadim dan shakllangan. Qadimgi 
Xorazm, Chust, Ayritom, Zamonbobo, Jonbos qal’a, Farg‘ona, 
Oshqoltepa, Dalvarzin, Kaltam inor va keyinchalik K o‘hna U r- 
ganch, Xorazm, Xiva, Afrosiyob, Buxoro, Q o‘qon, Shahrisabz 
kulolchiligi jahonga dong taratdi.
0 ‘zbek klassik kulolchiligi o ‘zining pishiqligi, nozikligi, chi- 
royli, go‘zal kompozitsiyasi, ranglarining o'ziga xos uyg‘unligi, 
tozaligi va takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Chust 
madaniyatida eramizdan aw al yashagan xalqlaming kulolchilik 
san’ati yuksak san’at nam unalari sifatida nam oyon bo ‘ladi. U nda 
takom illashgan kulolchilik, gulli sopollar, naqshinkor buyum - 
lam ing nodir nam unalari yaratilganligi kuzatiladi.
Feodalizm davriga oid mageriallar Afrosiyob, Buxoro, ko‘h- 
na U rganch, Xorazm, Xiva, Sam arqand, Q o‘qon, Shahrisabz 
kabi shaharlarda kulolchilikning nodir nam unalari yaratilgan- 
ligidan dalolat beradi. Yuksak m ahoratli xalq ustalarining nafis 
san’ati tufayli o ‘zbek klassik tasviriy san’atining kulolchilik sohasi 
ham o ‘ziga xos yo‘nalishda takomillashib bordi. 0 ‘zbek kulol- 
chiligida turli xildagi ornam ent va naqshlar, o ‘simlik va daraxtlar, 
qush ham da hayvonlar tasviri asosida yaratilgan bezaklar, turli 
xildagi ranglar o ‘z aksini topgan b o ‘lib, bu o ‘zbek san’atining 
o ‘ziga xos yo ‘nalishini belgilab beradi.
XX asrga kelib, o ‘zbek kulolchiligi o ‘zining yangi uslublari 
va san’atning nozik qirralari bilan boyib, yanada rivojlanib, 
yuksalib bordi. 1930—3 2 - yillarda S am arqand va T oshkent 
keramika zavodlari ishga tushdi, 1943- yilda Shahrisabz keramika 
o ‘quv-ustaxonasi ishlay boshladi. So‘nggi yillarda esa G ‘ijduvon, 
R ishton, F a rg ‘ona, N am angan shaharlarida q ator keram ika 
zavod-fabrikalari ishga tushdiki, bular o ‘zbek kulolchiligining 
yangi rivojlanish davrini boshlab berdi. Hozirgi kunda o ‘zbek


ku lolch ilari jah o n g a m ash h u r, noyob va n o d ir buyum larni 
yaratm oqdalar. U lar xalqaro ko'rgazm alarda yuqori baholan- 
moqda.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin