Odatda, rasm chizuvchi eng awalo predmetning ikki oMchovi,
ya’ni balandligi va ejiim yaxshi chamalay olishi lozim. Shu bilan
birga, balandligi va eni yaxshi ko‘rinadigan, ya’ni yassi shaklga
ega bo‘lgan predmetlar rasmini chizishni atroflicha o‘rganib olish
zarur. Shu boisdan narsaning o'ziga qarab rasm chizishni ba
landligi va eni asosida yoki yon tomonidan, umuman, bir tomo-
nidan qaraganda predmet haqida to‘la tasawur beradigan narsalar
rasmini chizish bo‘yicha mashq qilishdan boshlash maqsadga
muvofiqdir.
Bunday predmetlar qatoriga daftar varag‘i, daftar muqovasi,
uchburchak chizg‘ich, konvertlar, bayroqcha, kapgir, arra, barg-
lar, belkurak, baliq kabilar kiradi.
Bu predmetlar rasmini chizish bo‘yicha malaka hosil qilin-
gach, hajmli predmetlar rasmini chizishni boshlash mumkin.
Albatta, dastlab geometrik shakllardan hajm birligi sifatida qabul
qilingan kub rasmini chizish maqsadga muvofiq. Chunki, kub
predmetlaming uch o‘lchovini to la ko‘rsatib beradigan yagona
shakldir. Shu boisdan tasviriy san’atdan bilim va malaka berishning
bosh didaktikasi — sistemali, ya’ni osondan qiyinga qarab borish-
dan iboratdir. Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizish o‘quvchiga
rasm chizishni o‘rgatishning va badiiy ijodga yo‘llashning asosiy
omilidir. Ishni rasmdagidek sistemada olib borish keyingi ijobiy
natijalar garovidir (13- rasm).
Rasm chizuvchi malakasining oshib borishi bilan rasmi
chiziladigan predm etlar va postanovkalar murakkablashtirib
boriladi. Natura, naturmort va postanovka uchun qush va hay-
vonlar, hatto odam qomatini tasvirlashni ham tavsiya etish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: