0 ‘quvchilar kompozitsiya tuzish vaqtida bu elementlardan
foydalanib rasm chizadilar. 0 ‘quvchilar faolligini oshirishda
o‘qituvchining qo'lda tayyorlagan ko‘rgazma materiali yaxshi
samara beradi.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizishda ko‘proq o ‘quvchilarga
yaxshi tanish narsalardan tanlanadi, ular haqida batafsil m a’lu-
motlar beriladi. Umuman, darsda o‘quvchilar faolligini oshi-
rishning juda ko‘p vositalari va usullari mavjud. Bu o'qituv-
chining tashabbusi va izlanuvchanligiga bog‘liq tarzda yangi
uslublami qo‘llashi va darsga juda puxta tayyorlanishi jarayonida
yuzaga keladi. Bu o‘rinda yana shuni aytish joizki, mashg‘ulotlar
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilaming har bir yutug‘ini rag‘bat-
lantirishi, o ‘quvchilaming kayfiyatini ko‘taruvchi barcha omfflar-
dan mohirona foydalanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: