B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


K.D.Ushinskiy. Tanlanganped. asarlar. Т., 1959- у



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

1 K.D.Ushinskiy. Tanlanganped. asarlar. Т., 1959- у.
144


korlikka boshlaydi. 0 ‘quvchilar faolligini oshirish awalo o'qituv- 
chining shaxsiy namunasi va ijodkorligiga bog‘liqdir. 0 ‘qituvchi 
har bir mashg‘ulot uchun dars mavzusiga mos materiallar tanlaydi. 
Shu boisdan o‘qituvehi darsga puxta tayyorlanishi, zaruriy ko‘r- 
gazma va didaktik materiallar tayyorlashi, tanlashi, bu material- 
lardan o‘rinli foydalanishi zarur. Xullas, o‘qituvchining faol va 
ijodkorlik bilan ishlashi o‘quvchilaming darsga bo‘lgan qiziqish- 
larini oshiradi, o‘quvchilar tashabbusi va mustaqilligini ta’minlaydi.
Tasviriy san’atning har bir amaliy m ashg‘ulotida rasm 
chiziladigan natura, obyekt, mavzuni o‘quvchining o ‘zi idrok 
etishi, tasawuri bilan tahlil qilishi, olingan taassurotlar asosida 
rasm chizishi lozim. Buning uchun rasm chiziladigan narsa va 
voqea haqida o‘qituvchi batafsil m a’lumot berishi, rasm chizish 
yo‘llarini ilmiy asosda tushuntirib berishi lozim.
Masalan, ,,0 ‘lkamizda bahor“ mavzusida rasm chiziladigan 
bo‘lsa, dars mashg‘ulotida o ‘qituvchi tuziladigan kompozitsiya 
bo‘yicha suhbat o‘tkazadi. Bu suhbatda bahor fasli haqida umumiy 
m a’lumot beradi. 0 ‘quvchilar bahor fasli haqidagi m a’lumotlar 
asosida xomaki rasmlar chizadilar. So‘ngra bahor fasli haqida 
o‘zlari xohlagan mavzu va sujet bo‘yicha ,,0 ‘lkamizda bahor“ , 
,,Shaftoligulladi“ , ,,0 ‘rik gulladi“, „Hovlimizda b a h o r „ T o g ‘da 
bahor“ , „Bahorgi ishlar“ kabi mavzularda rasm chizadilar. 
0 ‘qituvchi bolalami yanada qiziqtirish uchun bahor faslining 
asosiy elementlaridan namunalar ko‘rsatadi.
35- rasm. Bahor faslida erta uyg‘onadigan daraxtlar va
o'simliidar, ulaming shoxchalari.
10 — B.N.Oripov
145


0 ‘quvchilar kompozitsiya tuzish vaqtida bu elementlardan 
foydalanib rasm chizadilar. 0 ‘quvchilar faolligini oshirishda 
o‘qituvchining qo'lda tayyorlagan ko‘rgazma materiali yaxshi 
samara beradi.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizishda ko‘proq o ‘quvchilarga 
yaxshi tanish narsalardan tanlanadi, ular haqida batafsil m a’lu- 
motlar beriladi. Umuman, darsda o‘quvchilar faolligini oshi- 
rishning juda ko‘p vositalari va usullari mavjud. Bu o'qituv- 
chining tashabbusi va izlanuvchanligiga bog‘liq tarzda yangi 
uslublami qo‘llashi va darsga juda puxta tayyorlanishi jarayonida 
yuzaga keladi. Bu o‘rinda yana shuni aytish joizki, mashg‘ulotlar 
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilaming har bir yutug‘ini rag‘bat- 
lantirishi, o ‘quvchilaming kayfiyatini ko‘taruvchi barcha omfflar- 
dan mohirona foydalanishi lozim.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin