biyot, tarix kabi fanlarning dasturi, darslik va ko‘rgazmali mate-
riallardan baza tgshkil etish zarar. Tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z
ish rejasini tu'zadi, har bir darsning qaysi fan bilan bog‘lanishini
ko‘rsatadi.
Tasviriy san’at fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi
turlicha
xarakter, mazmun va shakllarda amalga oshiriladi. Bu
bog‘lanish o'tiladigan dars mavzusining maqsadi, vazifasi va
mazmuniga ko‘ra amalga oshiriladi. Awalambor,
qalamtasvir
yoki narsaning o‘ziga qarab rasm chizish, tematik kompozitsiya
tuzish, badiiy bezash,
haykaltaroshlik, amaliy san’at mashg‘u-
lotlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi. So‘ngra tasviriy san’atning
bu mashg‘ulotlari botanika, zoologiya, matematika,
chizma-
chilik, adabiyot, geografiya, mehnat kabi fanlar bilan bog‘liq
holda olib boriladi.
Bunda olma, anor, nok, qovun, tarvuz, rediska, sabzi,
turp, terak, tol, o ‘rik va o ‘t-o ‘lanlar kabi narsalar rasmi chizil-
ganda albatta botanikaning materiallaridan foydalaniladi.
Darsda qush va hayvonlar — qo‘y, echki, tovuq, kaptar,
qarg‘a, hakka, bo‘ri, tulki, sher, fll, ilon,
toshbaqa va boshqalar-
ning rasmi chizilganda dars zoologiya fanining materiallari asosida
tashkil etiladi.
Aksariyat tasviriy san’at darslarida geometrik shakllar, priz-
matik buyumlar rasmi chiziladi.
Kub, prizma, ko‘pyoqli piramida, konus, silindr,
shar va
shu kabi shakllardagi predmetlar rasmi chizilganda o ‘qituvchi
matematika va chizmachilik fani bilan bog'lanishi zarur.
Texnika vositalari, mexanik o‘yinchoqlaming rasmi chizil
ganda esa darsda fizika fani materiallaridan foydalaniladi.
R o‘zg‘or buyumlari, m ehnat qurollari rasmi chizilganda
o‘qituvchi mehnat fani bilan bog‘lanadi, uning ko‘rgazma va
o ‘quv materiallaridan foydalanadi va hokazo.
Ayniqsa, san’at asarlarini o ‘rganish darslarida adabiyot, tarix,
geografiya, biologiya, fizika, mehnat, astronomiya kabi fan mate-
riallariga murojaat etiladi.
0 ‘.Tansiqboyevning „Jonajon o‘lka“ , ,,Issiqko‘l oqshomi“ ,
V.Kaydalovning „Hosil m o‘l bo‘ldi“, L.Abdullayevning ,,Cho‘lni
150
o‘zlashtirish“, Y.Yelizarovning „Paxta teruvchilar“, „Terimchi
qiz“ , A.Abdullayevning „Nazarali Niyozov“ asarlarini o‘rga-
nishda mana shu fanlarga ko‘proq murojaat etiladi.
Chunki unda
o ‘t-o ‘lanlar, daraxtlar, tog‘-adirlar, tarixiy voqealar, hayvonlar,
qush-parrandalar, texnik vositalar tasviri mavjud bo‘lib, ular
haqida suhbat o‘tkazish uchun bulami o‘rganadigan
fanlar bilan
bog‘lanish zarur.
Xullas, tasviriy san’atning barcha turlari bo‘limlari, mavzulari
predmetlararo bog Man ish asosida o‘qitiladi.
Ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan dars va predmetni o‘qitishdagi
samaradorlik bugungi milliy maktablarimizning maqsad-maz-
munidir.
Dostları ilə paylaş: