B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

. R n R  I TASVIRIY SAN’AT
l nuts
| NAZARJyASI
San’at tabiat va jam iyatdagi voqea-hodisalarning badiiy 
tasvirlarda ifodalanishidir. San’at o‘zida moddiy olamning umumiy 
holatini ham da rivojlanishini aks ettirish, odamlarga uni bildi- 
rishda muhim vosita b o ‘lish bilan birga, insonni siyosiy, axloqiy 
va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili b o ‘lib xizmat 
qiladi. San’at voqelikni ifodalash uslubi, xarakteri, mazmuniga 
ko‘ra, 
tasviriy san ’at, me ’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, teatr,
kino, radio-televideniya
kabi turlarga b o ‘linadi.
S an’atning ijobiy va eng m uhim xususiyati shundaki, u 
fandan farqli o ‘laroq, voqea-hodisalarni tushunchalarda emas, 
balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik badiiy 
obrazlarda ifodalaydi.
M a’lumki, har bir jamiyat o ‘zining m a’lum iqtisodiy-siyosiy 
holatidan kelib chiqib, san’at rivojiga muayyan darajada sharoit 
yaratadi. Shu boisdan har bir jam iyat san’ati o ‘z davri uchun 
xizmat qiladi.
H ar bir jamiyatdagi san’at erkinlik asosida vujudga kelsa, 
bu san’at o ‘zida insonparvarlik, vatanparvarlik va milliylik kabi 
ilg‘or g‘oyalami ilgari suradi. San’at xalqning maqsadi, orzu- 
umidlarini aks ettiradi.
San’at insoniyatning ezgu niyatlarini, ulaming orzu-um id- 
larini to ‘la ifoda etadi. Shu boisdan xalqimiz o‘z san’atini qanchalik 
ardoqlab, unga hurm at va ehtirom bildirsa, jahon xalqlari ham
bugungi o ‘zbek san’atiga ana shunday ixlos va ehtirom bilan 
qaraydilar.
0 ‘zbek rassomlari o ‘z asarlarida ana shu talab va prinsiplardan 
kelib chiqqan holda o ‘zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan narsa- 
lar, voqealarni milliylik asosida aks ettirmoqdalar.
Mustaqil 0 ‘zbekiston tasviriy san’atining milliyligi undan, 
avvalo, realistik pozitsiyada turishni, moddiy olamning obyektiv 
qonuniyatlarini e’tirof etgan holda tasvirlashni talab qiladi. Bu esa 
rassomdan narsa va voqealarni aniq, o ‘ziga o ‘xshatib, real holda
6


ifodalashni va jamiyatning m uhim jihatlarini aniq maqsad sari 
yo‘naltirilgan, badiiy jihatdan yuksak talablarga javob beradigan 
san’at asarlari yaratishni talab qiladi.
Jahon realistik tasviriy san’ati — jahon xalqlarining o ‘tmishi, 
hozirgi kuni va kelajakdagi hayotini ifoda etuvchi, shuningdek
tabiat va jam iyatni tasvirlovchi haqiqiy k o ‘zgudir. Biz unda 
o ‘tm ishni, bugunni va kelajakni k o ‘ramiz. Shu boisdan ham
realistik tasviriy san’at ustalari o ‘tmish tarixini ham , materiya va 
taraqqiyotni ham , matematika, tabiiyot, geografiya va biologiyani 
ham yaxshi bilishlari lozim.
San’at uzoq tarixga ega bo ‘lib, u jamiyatda m ehnat faoli- 
yatining rivojlanishi, takom illashuvi va ijtim oiy faoliyatning 
taraqqiyoti asosida shakllandi. U moddiy ishlab chiqarish, jam i- 
yatning iqtisodiy tuzum i va m ehnat munosabatlari ham da qurol- 
larining takomillashuvi tufayli jam iyat ongining evolutsion taraq­
qiyoti jarayonida vujudga keldi va rivojlandi.
Sinfiy jam iyatning vujudga kelishi bilan san’at ham sinfiy 
tus oldi. H ar b ir jam iyatda turli sinflar mavjud b o ‘lganidek, 
o ‘sha jamiyatning san’atida ham turli sinflar manfaati, siyosati, 
dunyoqarashi va axloqi aks etadi.
San’atning sinfiy xarakteri — uning qaysi sinf vakilini qanday 
m azm unda ifodalashga va qaysi sinfning iqtisodiy ham da siyosiy 
m a n fa a tin i, h a y o tin i h im o y a q ilish ig a q arab b e lg ila n ad i. 
I.Repinning „Volga burlaklari“ asarini kuzatar ekanmiz, unda 
m ehnatkashlar ommasining hayoti, ularning og‘ir turm ushi va 
m ehnati ifodalanadi va ular manfaati himoya qilinadi.
Tasviriy san’atning m uhim xususiyatlaridan biri — inson 
uchun faqat borliqni, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodjsalar va 
narsalarni bildiribgina qolmay, odamlarga yangi bilim, tasaw ur 
va tushunchalar berib, m a’naviy boyituvchi, ijodiy yuksalishga 
boshlovchi qudratli omil bo‘lib xizmat qiladi. Yoki bir so‘z bilan 
aytganda, V .G.Belinskiy ta ’rificha, „S an ’at — obrazli tafak- 
kurdir“ .‘ (1—2 - rasmlar).
1 V.G. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin