landi. Jahon rangtasvir san’atining uyg‘onish davri o ‘zining ilg‘or
a n ’analari, fikr va g‘oyalari san’at asarlarida realistik uslubda o ‘z
ifodasini topishi bilan butun san’at tarixiga
alohida m uqaddim a
b o ‘lib kirdi. Uyg‘onish davri tasviriy san’ati uyg‘onish davrining
m onum ental tarixini yaratdi, desak mubolag‘a b o ‘lmaydi. Bu
davrda ijod qilgan M azachcho, Franchesko, Bottichelli, Leonardo
da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Titsion, Behzod kabi rassomlar
va X V III—XIX
asrlarda ijod qilgan Rubens, Loren, Velaskes,
R e m b ra n d t, K a rav a d jo , S h a rd e n , L u i D av id , D e lo k u ri,
Konstabel, Kurbe, M ane kabi rassomlar ijodida rangtasvir san’ati
muhim o ‘rin tutadi.
0 ‘zb ek isto n h u d u d id a n (T esh ik to sh g ‘o ri, Z a ra u tso y ,
Chust,
Sopollitepa, Qizilqir, Yaraxsha kabi) topilgan buyumlar,
sopol idishlar va devoriy rasmlaming b o ‘yoqlar bilan ishlangan-
ligini ko‘rish mumkin. Xolchayonda qazib topilgan saroy devor-
laridagi, Zarautsoy qoyalaridagi rangtasvirlar orqali m iloddan
aw algi va milodning boshlarida shakllangan rangshunoslikka oid
m a’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Eramizning boshlarida va Arab istilosigacha o ‘zbek rangtasvir
san’ati ancha shakllangan bo‘lib,
unda hayvonlar, odam lar va
tabiat tasviri o ‘z ifodasini topgan. Bu Gavr qal’asi, Afrosiyob,
Yaraxsha devorlariga ishlangan rangtasvir san’ati nam unalarida
ham m ohirona aks ettirilgan.
Islom dinining 0 ‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan o ‘zbek tasviriy
san’atida jonli zotlam i tasvirlash qat’iyan m an etiladi. Shu boisdan
VII asrdan boshlab, o'zbek rangtasvir san’atida
portret va ana-
malistik janrlar rivojlanmay qoldi. Rangtasvir amaliy va m e’morlik
san’ati asosida rivojlandi. M a’lumki, V II—X asrlarda Samarqand
va Buxoro qog‘ozi shuhrat qozondi. Bu rangtasviming rivojlani-
shida m uhim ahamiyat kasb etdi. Ammo m o ‘g‘il istilosi (XIII
asr), eng aw alo, 0 £rta Osiyo san’ati, m adaniyati va fanining
rivojiga salbiy ta ’sir ko‘rsatdi. O lsha davming eng go‘zal, jahonga
m ashhur Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva, 0 ‘tror kabi sha-
harlarining kulini ko‘kka sovurdi.
XIV—XVII asrlarda, ya’ni temuriylar davrida o ‘zbek tasviriy
san’ati
qayta shakllanib, unda rangtasvir san’ati alohida e’tiborga
16
ega bo ‘ldi. Rangtasvir amaliy va m e’morlik san’ati ham da kitob
grafikasi bilan birgalikda taraqqiy topdi. K.Behzod, M .M uzahhib,
A.Buxoriy, M .S am arqandiy kabi tan iq li m u saw irlar o ‘zbek
rangtasvir san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. 0 ‘zbek
rangtasvir san’ati tarixiga nazar tashlar ekanmiz, undagi portret
ham da anamalistik janm ing m an etilishiga qaramay, o ‘ziga xos
yo‘nalishda rivojlanganligi kitob grafikasida va devoriy rangtasvir
asarlarida yaqqol ko ‘rinadi.
Sho'rolar davrida o ‘zbek rangtasvir san’ati yangi yo‘nalishga
kirdi va u o ‘ziga xos tarzda rivojlandi. Uning barcha janrlari:
portret, manzara,
naturm ort, maishiy, tarixiy janrlar, jum ladan,
amaliy san’at ham yangi m azm un, mohiyat va xarakterda taraqqiy
etdi. 0 ‘zbek rangtasvir san’atining shakllanishi va rivojlanishida
L.Bure, A.Nikolayev, P.Benkov, 0 ‘.Tansiqboyev, S.Abdullayev,
A.Abdullayev, N .K araxan, Ch.Ahmarov, M .Nabiyev, R .Cho-
riyev, R.Ahmedov, B.Jalolov, J. Umarbekov, M.Saidov, Z.Ino-
g‘omov kabi rassomlaming xizmatlarini alohida ta ’kidlash joiz.
M ustaqillik yillarida o ‘zbek rangtasvir san ’atining
keksa
ijodkorlari R.Choriyev, R.Ahmedov, M.Nabiyev, N .Q o‘ziboyev,
B.Boboyev kabilar bilan bir qatorda, B.Jalolov, J.Umarbekov,
I.Turg‘unnazarov, Y.Taldikin, V.Burmakin, S.Alibekov, Akmal
N u r, L .Ibrohim ov, T .Q uryozov, A .Ikrom jonov, V.Oxunov,
O.Qozoqov kabi yuzlab yosh rassomlar ham ijod qilmoqdalar.
Rangtasvir asarlari o'zining yaratilish uslubi, m aqsadi va
vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga b o ‘linadi.
Dostları ilə paylaş: